|
O’zbekistondagi erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari
|
bet | 32/38 | Sana | 24.09.2024 | Hajmi | 316,67 Kb. | | #272313 |
Bog'liq 8-12 темалар
O‘zbekistonda ham mazkur sohada bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 24 ta erkin iqtisodiy zona mavjud bo‘lib, ulardan ayrimlarining faoliyati ancha jadallashgan. Xususan, “Navoiy”, “Angren”, “Jizzax”, “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarida umumiy qiymati 486 million dollarga teng 62 loyiha amaliyotga tatbiq etilgan, qolaversa, 4 ming 600 dan ortiq ish o‘rni yaratilgan. Shuningdek, “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo- farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm”, “Parkent-farm” singari farmatsevtika sohasiga ixtisoslashgan 7 yangi erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish bo‘yicha ham barcha chora-tadbirlar ko‘rilyapti. Shu bilan birga, erkin iqtisodiy zonalarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish, xorijdan yuqori texnologik uskunalar xarid qilish uchun O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘i hisobidan 100 million $ miqdorida chet el valyutasidagi kredit liniyasi ochilgan. Bundan tashqari, kichik sanoat zonalaridagi direksiyalar kredit olish va bank xizmatlaridan foydalanishda har bir zonaga biriktirilgan tijorat banklari bilan hamkorlikda ish olib borayotganligi ham muammolarni bartaraf etishda ayni muddao bo‘lmoqda. Bozor talablari va import nomenklaturasini o‘rganish asosida tadbirkorlaruchun takliflar, istiqbolli loyihalar ro‘yxati shakllantirilgan.
Imtiyozlardan yana biri shuki, kichik sanoat zonasida ishlaydigan subyektlar 2 yil barcha soliqlardan ozod etilgan.
11.6. Erkin iqtisodiy zonalardagi muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari.
Lekin shu o‘rinda tabiiy savol tug‘iladi: mazkur yo‘nalishda mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanilyaptimi? Agar kichik sanoat zonalarining sarmoyalarni jalb qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishdagi o‘rnini tahlil qiladigan bo‘lsak, ularda hamon tashabbuskorlik yetishmasligi, faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish darajasi sustligi ko‘zga tashlanadi. Masalan, mas’ul vazirlik va idoralar tomonidan loyihalarni ko‘rib chiqish hamda muvofiqlashtirish jarayoni hamon murakkabligicha qolib, rasmiy xarakter kasb etmoqda.
Afsuski, erkin iqtisodiy zona qatnashchilariga yer uchastkalari ajratish masalalarini hal etishda hanuz byurokratizm asoratlari saqlanib qolmoqda.
Ayniqsa, “Urgut”, “Qo‘qon”, “G‘ijduvon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalari, shuningdek, farmatsevtika yo‘nalishidagi erkin iqtisodiy hududlarda yangi korxonalar tashkil etish uchun xorijiy sarmoyalarni jalb qilish ishlari sust. Elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv va boshqa kommunikatsiya tarmoqlari bilan barqaror ta’minlashda ham muammolar kuzatilmoqda. Vaholanki, mazkur hududlarda investor va tadbirkorlarga yanada keng imkoniyatlar yaratishga oid kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqishni davr taqozo qilmoqda. Avvalo, ushbu zonalar faoliyatiga doir me’yoriy-huquqiy bazani qayta ko‘rib chiqish, zarur bo‘lsa davr talablariga moslashtirish, barcha uchun ochiq va tushunarli mexanizm yaratish zarur. Qolaversa, yer uchastkalari, bo‘sh turgan binolarni ajratish tartibini ham soddalashtirish lozim. Masalan, erkin iqtisodiy zonalarda amalga oshiriladigan loyihalar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ma’muriy kengash tomonidan ko‘rib chiqiladi. Shu paytgacha bu kengash 17 vazirlik va idoradan iborat edi. Prezident ko‘rsatmasiga muvofiq, ularning soni 4 ta etib belgilandi. Shu bilan birga, yangi tizim — hududiy komissiyalar tashkil etilib, ularning loyihalarni ko‘rib chiqish va ruxsat berish huquqlari kengaytirildi. Bundan tashqari, hukumat tomonidan imtiyozlar yaratiladi. Iqtisodiy zonalarda joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish mezoni qayta ko‘rib chiqilib, ishtirokchilarga kredit ajratishni yaxshilash hamda muhandislik ta’minoti vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinadi. Boshqa qator muammolar ham mavjudki, ular ishda qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Masalan, ayrim erkin iqtisodiy zonalarda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish va ishlab chiqarish infratuzilma obyektlarini qurish bilan bog‘liq masalalar haligacha oxiriga yetkazilmagan. Bu investorlarni jalb qilishda qiyinchiliklar tug‘diryapti.
Erkin iqtisodiy zonalar direksiyalari tomonidan tijorat banklariga yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish yuzasidan taklif kiritish bo‘yicha yetarlicha tashabbus ko‘rsatilmayapti. Ba’zi viloyatlar hokimliklari tomonidan erkin iqtisodiy zonalarda loyihalar aniq hisob-kitoblarsiz joylashtirilishi oqibatida ayrim faoliyat turlari uchun sun’iy imtiyoz berilishiga va bu, o‘z navbatida, bozordagi raqobat muhitining buzilishiga olib kelmoqda. Shu bois, mavjud erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat, shuningdek, farmatsevtika zonalarida faoliyat yuritayotgan, eksportga mahsulot chiqarayotgan, innovatsion, yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni tashkil qilgan biznes subyektlari va tadbirkorlarga berilayotgan qo‘shimcha imkoniyatlar, imtiyoz va preferensiyalarning tashkiliy- huquqiy asoslarini mustahkamlash ham muammolardan biridir.
Xulosa o’rnida shularnin aytib o’tish kerakki, birinchi navbatta bu islohotlarning hammasi xalqimiz yashash tarzini yaxshilash , mamlakarimiz rivojlanishi va raqobatbardosh mahsulotlarni yetishtirib chiqarish uchun olib boorilayotgani bejiz emas. Keyingi paytlarda mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va ularni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Masalan, 2008-2016- yillar davomida mamlakatimizda atigi 3 ta erkin iqtisodiy zonalar faoliyat olib borgan bo’lsa, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmon va qarorlari asosida keyingii qisqa vaqt mobaynida ularning soni 22 taga yettdi. Bugungi kunda Respublikamzida 10 ta erkin ishlab chiqarish zonasi, 8 ta farmasevtika, 1 tadan turizm , baliq xo’jaligi hamda agrosanoat sohasini rivojlantirish yo’nalishidagi erkin iqtisodiy zonalar faoliyat yuritmoqda. Erkin iqtisodiy zonalarda umumiy qiymati 3660.5 million doolarga teng (ulardan tog’ridan to’g’ri xorijiy investitsiya 1544 million dollar ) 629 ta loyiha maqullangan. Mazkur loyihaning 158 tasi hayotga tadbiq etilgan, 431 tasi amalga oshirilmoqda , yana 40 tasi istiqbolli loyihadir. Loyihalar doirasida nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham xaridorgir bo’lgan yengil sanoat , kimyo, oziq-ovqat mahsulotlari, elektr texnikasi buyumlari, zamonaviy qurilish materiallari, mebel va boshqa tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Korxonalar tomonidan jami 194 million dollarlik mahsulot eksport qilindi.
Davlatimiz rahabarining 2016-yil 26-oktyabridagi farmoniga muvofiq, erkin iqtisodiy zonalar uchum yanada qulay shart-sharoitlar yaratildi. Ularning ishtirokchilari bir qator to’lovlardan ozod qilindi.
Erkin iqtisodiy zonalar hududlarda ishlab chiqarish hamda resurs salohiyatlaridan kompleks va samarali foydalanish, shu asosda yangi ish o`rinlari ochish, pirovardida aholi daromadi va turmush farovonligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga chetga ketib ishlab keluvchilar sonining kamayishiga olib keldi.
|
| |