|
Farmatsevtika tarmog’idagi EIZlar
|
bet | 28/38 | Sana | 24.09.2024 | Hajmi | 316,67 Kb. | | #272313 |
Bog'liq 8-12 темалар Farmatsevtika tarmog’idagi EIZlar
Respublikamizning farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirishga yo‘naltirilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni faol jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, dorivor o‘simliklar xomashyosini yetishtirishning noyob sharoitlarini inobatga olgan holda mahalliy dorivor vositalar bozorini o‘zimizda ishlab chiqarilgan yuqori sifatli dori vositalari bilan to‘ldirish, ularni chuqur qayta ishlash hamda yuqori qo‘shilgan qiymatli farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Toshkent viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanish asosida yangi ish o‘rinlarini yaratish va respublikamiz aholisi daromadlarini oshirish maqsadida:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, “O‘zfarmsanoat” DAK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Toshkent viloyatlari hokimliklarining “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun- farm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini (keyingi o‘rinlarda “Nukus-farm” EIZ, “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boysun-farm” EIZ, “Bo‘stonliq-farm” EIZ va “Parkent- farm” EIZ deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilish to’g’risida Farmon e’lon qildi. Farmga binoan quyidagilar “Nukus-farm” EIZ, “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boysun-farm” EIZ, “Bo‘stonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilanishini:
dorivor o‘simliklar xomashyosini o‘ziga xos tabiiy sharoitlarda yetishtirish va keyinchalik qayta ishlash borasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Toshkent viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatlaridan kompleks hamda samarali foydalanishni ta’minlash;
yuqori qo‘shilgan qiymatli zamonaviy farmatsevtika mahsulotlari va dori vositalarini ishlab chiqarishni, birinchi navbatda belgilangan tartibda tashkil etilgan plantatsiyalarda yetishtirilgan dorivor moddalar (substansiyalar) hamda dorivor o‘simliklar xomashyosi negizida tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investorlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini jalb etish;
dorivor o‘simliklar xomashyosini qayta ishlash va dori vositalari, tibbiyot buyumlari, yordamchi va qadoqlash materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi zamonaviy ishlab chiqarish va quvvatlarni tashkil etish;
mustahkam kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish va erkin iqtisodiy zonalar tashkilotlari hamda respublikamizning boshqa korxonalari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida mahalliy dorivor o‘simliklar xomashyosi va materiallari negizida farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;
dorivor o‘simliklar xomashyosi introduksiya va kultivatsiyasini o‘rganish bo‘yicha tajriba-eksperimental laboratoriyalari bo‘lgan ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etish.
“Nukus-farm” EIZ, “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo- farm” EIZ, “Boysun-farm” EIZ, “Bo‘stonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZning faoliyat ko‘rsatish muddati, keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30- yilni tashkil qilishi belgilandi. Faoliyat ko‘rsatish muddati mobaynida “Nukus- farm” EIZ, “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boysun-farm” EIZ, “Bo‘stonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ hududlarida alohida soliq, bojxona va valyuta rejimlari amal qiladi.
|
| |