• Erkin savdo hududlari (ESH)
  • Sanoat ishlab chiqarish hududlari
  • Erkin iqtisodiy hududlarning turlari




    Download 316,67 Kb.
    bet24/38
    Sana24.09.2024
    Hajmi316,67 Kb.
    #272313
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38
    Bog'liq
    8-12 темалар

    11.2. Erkin iqtisodiy hududlarning turlari.


    Erkin iqtisodiy zonalar tashkil qilishda ikkita konseptual yondashish qo’llaniladi: hududiy va funksional (nuqtali). Birinchi holatda hududdagi barcha rezident korxonalar xo‘jalik faoliyatida imtiyozlardan foydalanadilar.
    Erkin iqtisodiy hududlarning eng oddiy ko‘rinishlaridan biri erkin bojxona (bojsiz) hududlari (EBX) hisoblanadi. Bu hududlar erkin savdo hududlari kabi birinchi avlod hududlariga kiradi. Ular XVII-XVIII asrlardan buyon mavjud. Bunday hududlarni ko‘pincha bond omborlari yoki erkin bojxona hududlari deb ataladi. Erkin bojxona hududlari tovar olib kirish va olib chiqishda bojdan ozod qilinadi. Ular ko‘plab mamlakatlarda mavjud.
    Erkin savdo hududlari (ESH) ham dunyoda keng tarqalgan. Erkin savdo hududlari AQShda eng ko‘p rivoj topgan. Ularni tashkil qilish 1934 yildagi maxsus qonunda nazarda tutilgan. Uning maqsadi savdoni rag‘batlantirish, savdo operatsiyalarini tezlashtirish, savdo harajatlarini kamaytirishdan iborat. Oddiy erkin savdo hududlari qatoriga yirik xalqaro aeroportlardagi maxsus «dyuti fri» magazinlarini kiritish mumkin. Rejim nuqtai nazaridan ular davlat chegaralaridan tashqarida deb hisoblanadi. Erkin savdo hududlari qatoriga imtiyozli holatga ega bo‘lgan an’anaviy erkin portlarni kiritish mumkin.
    Sanoat ishlab chiqarish hududlari ikkinchi avlod hududlari hisoblanadi. Ular erkin savdo hududlariga faqat tovar emas, kapital ham olib kiritilishi va ularda faqat savdo bilan emas, balki ishlab chiqarish faoliyati bilan ham shug‘ullanilishi oqibatida erkin savdo hududlarining evolyutsiyasi natijasida vujudga keladi. Sanoat ishlab chiqarish hududlari maxsus boj rejimiga ega bo‘lgan hududlarda tashkil qilinadi. Ularda eksport uchun yoki import o‘rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqiladi. Bu hududlar sezilarli soliq va moliyaviy imtiyozlarga ega bo‘ladilar.
    2020-yilda sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi jami – 17155,2 mlrd. so‘mni tashkil qildi, shundan: MIZda – 8597,5 mlrd. so‘mni, KSZda – 1697,8 mlrd. so‘mni, texnopark – 133,2 mlrd. so‘mni va klasterlarda – 6726,8 mlrd. so‘mni tashkil qildi; Eng yuqori ko‘rsatkich MIZlar tarkibidagi korxonalar hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lib, 8597,5 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

    Download 316,67 Kb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38




    Download 316,67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Erkin iqtisodiy hududlarning turlari

    Download 316,67 Kb.