|
8-bob. Xalqaro va transmilliy kompaniyalar. Ularni boshqarish tizimi. Reja
|
bet | 21/38 | Sana | 24.09.2024 | Hajmi | 316,67 Kb. | | #272313 |
Bog'liq 8-12 темаларErkin iqtisodiy zona (EIZ)-bu tadbirkorlik va boshqa xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanish uchun shart-sharoitlarni odatdagiga qaraganda qulayroq qilib, aniq belgilangan chegara va maxsus huquqiy rejim (tizim)dagi suveren mamlakatning maʼlum bir hududidir.
EIZ-investitsiyalarni alohida mintaqalar va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, resurslarni kam chiqindili va chiqindisiz qayta ishlovchi yanada progressiv texnologiyalarni joriy qilish, xalqaro aloqa va hamkorlikka taʼsir oʻtkazish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida soliqqa tortish, valyuta, bojxona va shu kabilarni tartibga solishdagi alohida tartib va shart-sharoitlar oʻrnatadigan huquqiy normalar yigʻindisidir.
EIZ- jahon amaliyotida 50- yillar boshi va 60-yillar oxirida paydo boʻlgan xoʻjalik faoliyatini tashkil etishning nisbatan yangi shakli. Ular, ayniqsa, Xitoy, Bolgariya, Italiya, Vengriya, Polshada faol yaratilmoqda va amal qilmoqda. Erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) dunyoning ko‘plab davlatlarida keng yoyilgan. XX asrning oxirlarida dunyoda turli xildagi 4 mingdan ortiq EIZ lar mavjud edi. G‘arb mutaxassislarining fikricha 2004 yilga kelib jahon tovar aylanmasining 30%i turli erkin iqtisodiy hududlarda ro‘y berdi. Xalqaro korporatsiyalar o‘z faoliyatlari uchun imtiyozli sharoitlarni qidirib, EIZlarni ko‘p foyda olish mumkin bo‘lgan joy sifatida ko‘rishadi. Yirik xalqaro korporatsiyalar erkin iqtisodiy hududlarda o‘z ishlab chiqarishlarini tashkil qilishni ekspansiyalarining muhim yunalishi deb hisoblaydilar. Erkin iqtisodiy zonalar mamlakatning boshqa qismlarida ishlatilmaydigan imtiyoz va rag‘batlantirishning o‘ziga xos tizimi qo‘llaniladigan milliy iqtisodiy hududning bir qismidir. Odatda EIZlar jug‘rofiy jihatdan u yoki bu darajada alohida hududdir. Erkin iqtisodiy zonalar ularni tashkil qiluvchilar tomonidan ochiq iqtisodiyot tamoyillarini amalga oshirishdagi muhim bosqich sifatida ko‘riladi. Ularning faoliyat ko‘rsatishi tashqi iqtisodiy faoliyatni faollashtirish va erkinlashtirish bilan bog‘lanadi. Erkin iqtisodiy zonalarning iqtisodiyoti tashqi dunyoga ochiqligi katta darajada bo‘ladi. Bojxona, soliq va investitsion rejimi esa tashqi va ichki investitsiyalar uchun qulaydir.
EIZ larni barpo qilishda quyidagi masalalarni hal qilish koʻzda tutadi:
EIZlar tashkil qilishning asosiy maqsadi muayyan mintaqa rivojlanishini ragʻbatlantirish yoki iqtisodiyotning alohida sohalarini tez oʻsishini taʼminlash ekanligini koʻrishimiz mumkin.
Ma’lumki, jahon standartlariga javob beradigan va dunyo bozorlarida talab qilinadigan mahsulot ishlab chiqarish uchun xorijiy investitsiyalarni, birinchi galda, to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalarni jalb etish bo`yicha qulay shart – sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur vazifalarni amalga oshirishda esa erkin iqtisodiy zonalar etakchi o`ringa ega. Shu boisdan bugungi kunda dunyoning aksariyat davlatlari, xususan Xitoy, AQSH, Fransiya, Janubiy Koreya, Meksika, Vengriya, Bolgariya kabi mamlakatlarda hududning jug`rofiy va boshqa qulayliklaridan kelib chiqqan holda, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish an’anaga aylangan. Birgina o`tgan asr 90-yillarining o`rtalarida dunyoda 1200 ga yaqin erkin iqtisodiy zonalarning har xil turlari, jumladan, eksportga mo`ljallangan 300 dan ortiq ishlab chiqarish hamda 400 ga yaqin erkin ilmiy texnikaviy zonalar faoliyat ko`rsatgan. Chunki bunday zonalarni tashkil etishdan asosiy maqsad mintaqani jadal ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya hamda boshqaruv tajribasini jalb etish orqali uning sanoat salohiyatini, ishlab chiqarish, transport – tranzit va ijtimoiy sohani rivojlantirish barobarida, zamonaviy bozor infratuzilmalarini tashkil etishdan iboratdir.
17.02.2019 yildagi O‘RQ-604-sonli «Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qiilindi. Ushbu Qonunning maqsadi maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu Qonunning 3- moddasida quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
|
| |