|
8-bob. Xalqaro va transmilliy kompaniyalar. Ularni boshqarish tizimi. Reja
|
bet | 20/38 | Sana | 24.09.2024 | Hajmi | 316,67 Kb. | | #272313 |
Bog'liq 8-12 темалар Nazorat savollari:
Ko’p millatli kompaniyalar haqida tushuncha?
Xodimlar xizmat safaridan qaytganidan so’ng qanday muammolar kelib chiqishi mumkin?
Xalqaro kompaniyada mehnatga haq to’lash qanday xususiyatlarga ega?
Nima uchun mehnat bozoridagi tafovutlarni hisobga olish zarur?
Milliy va xalqaro darajalarda inson resurslarini boshqarish xususiyatlari qanday farqlarga ega?
Xorijiy filial boshqaruvchisini tayinlashda qanday qiyinchiliklar mavjud?
Mahalliy boshqarish xodimlaridan foydalanish qanday ijobiy va salbiy tomonlarga ega?
Ekspatriantlar deganda kimlar nazarda tutiladi?
11-BOB. JAHON IQTISODIYOTIDA ERKIN IQTISODIY ZONA, MOLIYAVIY GURUHLARI FAOLIYATI.
REJA: 11.1. Erkin iqtisodiy zonalar va maxsus iqtisodiy zonalarning turlari haqida umumiy tushncha. 11.2. Erkin iqtisodiy hududlarning turlari.
11.3. Erkin iqtisodiy hudud – keng iqtisodiy imkoniyatlar makoni.
11.4. Erkin iqtisodiy hududlar tasnifi.
11.5. Erkin iqtisodiy zonalar: jahon tajribasi va O’zbekistindagi ahvol.
11.6.Erkin iqtisodiy zonalardagi muammolar va ularni bartaraf etish
yo’llari.
Tayanch iboralar: Erkin iqtisodiy zonalar, erkin iqtisodiy hududlar, tashqi va ichki investitsiyalar, sanoat EIZlari, erkin iqtisodiy zonalardagi muammolar, erkin iqtisodiy hududlar tasnifi.
11.1. Erkin iqtisodiy zonalar va maxsus iqtisodiy zonalarning turlari haqida umumiy tushuncha.
Mamlakatimizda yuqori texnologiyali yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, hududlarni raqobatdosh va eksportga yo`naltirilgan zamonaviy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni o`zlashtirishga yanada faol jalb qilish, ishlab chiqarish,muhandislik-kommunikatsiya, yo`l-transport, ijtimoiy infratuzilma va logistika xizmatlarini jadal rivojlantirishni ta`minlash uchun to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Hozirgi kunda mazkur vazifalarni amalga oshirishda erkin iqtisodiy hududlar muhim ahamiyatga ega. Chunki bunday erkin iqtisodiy zonalar mintaqani ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini jalb etish orqali uning sanoat salohiyatini, ishlab chiqarish, transport-tranzit va ijtimoiy sohani rivojlantirish barobarida, zamonaviy bozor infratuzilmalarini tashkil etishga imkoniyat yaratadi. Shu boisdan bugungi kunda dunyoning aksariyat davlatlari, xususan Xitoy, AQSH, Fransiya, Koreya Respublikasi, Meksika, Vengriya, Bolgariya kabi mamlakatlarda hududning geografik va boshqa qulayliklaridan kelib chiqqan holda, maxsus iqtisodiy hududlarni (MIH) tashkil etish an`anaga aylangan.
Iqtisodiy zonalarni tashkil qilish to’g’risida O’zbekiston Respublikasining Rivojlanishining 2017-2021-yillar uchun “Harakatlar strategiyasida” ham aytib o’tilgan. Unga ko’ra :
soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag’batlantiruvchi choralarni kengaytirish;
faoliyat ko’rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish;
yangi sanoat korxonalari va servis markazlarini tashkil etish, kichik sanoat zonalarini tashkil qilish, yirik xo’jalik birlashmalarining mablag’larini, banklarning kreditlarini va xususiy xorijiy investisiyalarni jalb qilish hisobiga kichik shaharlar va shaharchalarni jadal rivojlantirish;
kabi erkin iqtisodiy zonalarni tashkil qilishga doir strategiyalar belgilangan.
Albatta buning hammasi xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo’lidagi barcha to’siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to’liq erkinlik berish, “Agar xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va kuchli bo’ladi” degan tamoyilni amalga oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyati davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qat’iy oldini olish, sanoat korxonalari va boshqa ishlab chiqarish ob’ektlarini joylashtirishga qulay shart-sharoitlar yaratish, xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish hamda aholining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida hududlarning ishlab chiqarish, muhandis-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarini yanada rivojlantirish va modernizasiya qilish kabi chora tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan.
|
| |