• Erkin iqtisodiy zona
  • 8-bob. Xalqaro va transmilliy kompaniyalar. Ularni boshqarish tizimi. Reja




    Download 316,67 Kb.
    bet22/38
    Sana24.09.2024
    Hajmi316,67 Kb.
    #272313
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38
    Bog'liq
    8-12 темалар

    investitsiya loyihasi - iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa foyda olish uchun investitsiyalarni amalga oshirishga yoxud jalb etishga qaratilgan, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tadbirlar majmui;
    investor - foyda olish maqsadida investitsiya faoliyati obyektlariga o‘zining mablag‘larini va (yoki) qarz mablag‘larini yoxud jalb qilingan boshqa investitsiya resurslarini investitsiya qilishni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati subyekti;
    maxsus iqtisodiy zona - tegishli hududni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun chet el investitsiyalari va mahalliy investitsiyalarni, yuqori texnologiyalar hamda boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida maxsus ajratilgan, belgilangan chegaralarga va maxsus huquqiy rejimga ega bo‘lgan hudud;
    maxsus huquqiy rejim - maxsus iqtisodiy zonalar hududida investitsiya faoliyatini va boshqa tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun alohida shart- sharoitlarni belgilaydigan huquqiy normalar majmui;
    Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining reyestri - maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchilari va investitsiya loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlarning axborot bazasi;
    maxsus iqtisodiy zonaning bosh rejasi - maxsus iqtisodiy zonaning ma’muriy kengashi yoki maxsus sanoat zonasini boshqaruvchi kompaniya tomonidan tasdiqlangan loyiha hujjati bo‘lib, uning asosida maxsus iqtisodiy zona hududini rejalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va shaharsozlik jihatidan o‘zlashtirishning boshqa turlari amalga oshiriladi.
    Ushbu qonunning 9-moddasiga binoan Maxsus iqtisodiy zonalar quyidagi turda tashkil etilishi mumkin:

    • erkin iqtisodiy zonalar;

    • maxsus ilmiy-texnologik zonalar;

    • turistik-rekreatsion zonalar;

    • erkin savdo zonalari;

    • maxsus sanoat zonalari.

    Erkin iqtisodiy zona - yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, yuqori texnologik ishlab chiqarishni rivojlantirish, zamonaviy raqobatbardosh, import o‘rnini bosuvchi, eksportga yo‘naltirilgan tayyor sanoat mahsulotini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga faol jalb etish tashkil etiladigan hudud.

    Download 316,67 Kb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38




    Download 316,67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    8-bob. Xalqaro va transmilliy kompaniyalar. Ularni boshqarish tizimi. Reja

    Download 316,67 Kb.