|
8-bob. Xalqaro va transmilliy kompaniyalar. Ularni boshqarish tizimi. Reja
|
bet | 25/38 | Sana | 24.09.2024 | Hajmi | 316,67 Kb. | | #272313 |
Bog'liq 8-12 темаларTexnika kiritish hududlari uchinchi avlod hududlari hisoblanadi (70-80- yillar). Ular stixiyali tarzda hosil bo‘ladi yoki maxsus ravishda davlat yordamida yirik ilmiy markazlar atrofida tashkil qilinadi. Ularda yagona soliq va moliyaviy tizimdan foydalanuvchi milliy va xorijiy tadqiqotchilik, ilmiy ishlab chiqarish firmalari jamlanadi. EIHlar turli xil yoʻnaltirilganlikka ega, ammo eng koʻp tarqaganlari quyidagilar hisoblanadi:
Ilmiy texnologik hududlar (texnologik parklar, texnopolislar, ilmiy parklar, texnologik markazlar va boshqalar).Ular material va mehnat resurslarini harakatlanishini taʼminlash maqsadida sanoat uchun yuqori darajali yangi texnologiyalarni yaratishi va kiritishini tezlashtirish uchun yuqori darajali yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida tashkil qilinadi.
Import ishlab chiqarish hududlari- importni joylashtirish boʻyicha hudud. Ular qabul qiluvchi mamlakatlarni yangi tovarlar bilan, mahalliy korxonalarni esa zamonaviy texnologiyalar bilan taʼminlashga moʻljallangan.
Savdo-ombori hududlari — xorij tovarlari bojxona boji tqlovlarisiz saqlanishi, sotilishi va sotib olinishi mumkin.
Bunday hududlar quyidagi xususiyatlarga ega bqlishi mumkin:
ularni jahon bozoriga xizmat koʻrsatishi uchun tashkil qilish;
mamlakatning qolgan hududlarida amalda boʻlgan koʻpgina soliq normalari va bojxona cheklovlarining bu hududda amal qilmasligi; tashqi iqtisodiy aloqalarda davlat tartibga solishining tarqalishi.
Eksport ishlab-chiqarish hududlari. Eksport ishlab chiqarish hududlarini tashkil qilish mantiqi rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti bilan belgilangan edi. O‘tgan asrning 60-yillari o‘rtalarida bu yerda sanoat eksportini rag‘batlantirish va xorijiy kapital oqimi yordamida bandlik darajasini oshrish zaruriyati tug‘ilgan edi. Bu zonada sanoat korxonalari import xom-ashyolar, materiallar, yarim tayyor mahsulotlardan foydalanish yoki mahalliy xom-ashyoni ishlatgan holda, xorijiy texnologiya, uskuna va boshqa ishlab chiqarish omillaridan foydalanish orqali eksport mahsulotlari ishlab chiqaradilar.
Faoliyat yuritish shakli boʻyicha EIH larni quyidagi turlarini koʻrishimiz mumkin:
sugʻurtaviy
bank
sayyohlik va boshqalar.
|
| |