Erkin iqtisodiy hudud –keng iqtisodiy imkoniyatlar makoni




Download 316,67 Kb.
bet26/38
Sana24.09.2024
Hajmi316,67 Kb.
#272313
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38
Bog'liq
8-12 темалар

11.3. Erkin iqtisodiy hudud –keng iqtisodiy imkoniyatlar makoni.


Mamlakatimizda yuqori texnologiyali yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, hududlarni raqobatdosh va eksportga yo`naltirilgan zamonaviy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni o`zlashtirishga yanada faol jalb qilish, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yo`l-transport, ijtimoiy infratuzilma va logistika xizmatlarini jadal rivojlantirishni ta`minlash uchun to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

Hozirgi kunda mazkur vazifalarni amalga oshirishda erkin iqtisodiy hududlar muhim ahamiyatga ega. Chunki bunday erkin iqtisodiy zonalar mintaqani ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirishuchun mamlakat va chet el kapitalini jalb etish orqali uning sanoat salohiyatini, ishlabchiqarish, transport-tranzit va ijtimoiy sohani rivojlantirish barobarida, zamonavi bozor infratuzilmalarini tashkil etishga imkoniyat yaratadi. Shu boisdan bugungi kunda dunyoning aksariyat davlatlari, xususan Xitoy, AQSH, Fransiya, Koreya Respublikasi, Meksika, Vengriya, Bolgariya kabi mamlakatlarda hududning geografik va boshqa qulayliklaridan kelib chiqqan holda, maxsus iqtisodiy hududlarni (MIH) tashkil etish an`anaga aylangan. Birgina o`tgan asrning 90-yillar o`rtalarida dunyoda 1200 ga yaqin maxsus iqtisodiy hududlarning har xil turlari, jumladan, eksportga mo`ljallangan 300 dan ortiq ishlab chiqarish hamda 400 ga yaqin erkin ilmiy texnikaviy hududlar faoliyat ko`rsatgan. Chunki bunday hududlarni tashkil etishdan asosiy maqsad mintaqani jadal ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya hamda boshqaruv tajribasini jalb etish orqali uning sanoat salohiyatini, ishlab chiqarish, transport – tranzit va ijtimoiy sohani rivojlantirish barobarida, zamonaviy bozor infratuzilmalarini tashkil etishdan iboratdir.
Erkin iqtisodiy hududlar eksportga yo`naltirilgan strategiyaning muhim tashkiliy qismlaridan biri hisoblanadi. Ular mahalliy va xorijiy kapitalni jalb qilish uchun, eksportni kengaytirish, valyuta daromadini o`stirish, yangi texnologiyalarni qo`llash imkoniyatini yaratish, to`lov balansi holatini yaxshilash va umuman milliy itisodiyotni rivojlantirish va uni jahon iqtisodiyotiga samarali integratsiyalash uchun yaratiladi. Tarixiy jihatdan olganda dastlabki erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) XIV-XVI asrlarda paydo bo`la boshlangan. O`rta asrlarda erkin portlarni tashkil etish g`oyasi O`rta dengizning sharqiy va janubiy sohillarida joylashgan shahar davlatlarida keng tarqalgan edi. “Erkin portlar” maqomi Genuya (1595 yilda), Venetsiya (1661 yildan)shaharlaridagi portlarga berilgan. Keyinchalik Rossiyada 1817 yilda Odessa, 1862-yilda Vladivostok hamda 1878 yilda esa Batumi shaharlariga “erkin port” maqom berilgan. Davlatlarda bozorning monopollashuvi va proteksionizm siyosatining kuchayishi bilan “erkin portlar” o`rniga “erkin iqtisodiy zonalar” tashkil etila boshlangan va unda asosiy maqsad resurslarni qayta ishlashga qaratilgan.Erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) tashkil etishning asoschilari sifatida angliyalik P.Xall va S.Xouv hamda amerikalik S.Butler hisoblanadi. Ularning fikricha mamlakatda vujudga kelgan iqtisodiy inqirozlar oldini olishda davlatning aralashuvi hech qanday yordam bermaydi, aksincha iqtisodiyotda davlat aralashuvini kamaytirish, ya`ni uni erkinlashtirish lozim. Erkin iqtisodiy zonalar mohiyatini yoritishdan avval unga berilgan izohlarga to`xtalib o`tsak. Dastlab erkin iqtisodiy zona erkin va boj to`lovlarisiz xorij tovarlarini olib kelish va olib chiqish uchun bojxona hududlaridan ajratilgan (katta dengiz portlari, temir yo`l uzellari va aeroportlar) maxsus hududlar hisoblangan. Erkin iqtisodiy zonalarning vujudga kelishi 1973 yilda imzolangan Kioto konvensiyasi bilan bog`lib bo`lib, ushbu konvensiyaga muvofiq bunday zonalar tashqi savdoning maxsus shakli sifatida tan olindi. 1973-yildagi Kioto konvensiyasiga ko`ra EIZ tushunchasiga quyidagicha ta`rif berilgan: “EIZ – bu davlat territoriyasining bir qismi bo`lib, unda xorijdan keltirilgan tovarlarga odatda soliq va bojxona hududidan tashqarida joylashgan tovar sifatida qaralib ular bojxona nazoratiga olinmaydi”. Kioto konvensiyasidan so`ng erkin iqtisodiy zonalar jahonning ko`plab mamlakatlarida keng rivojlandi.
Erkin iqtisodiy hududlar hozirga kelib to`xtovsiz rivojlanmoqda. Rivojlanish oddiydan murakkabga, arzon va tez sotiladigan variantdan ko`p tarmoqli va kapital talab qiluvchiga o`tib bormoqda. Zamonaviy jahon tajribasida 25 ga yaqin erkin iqtisodiy hududlarning turlari mavjud bo`lib, ulardan ko`p ulushga ega bo`lganlar bu bojxona hududlari, to`lovlar olib tashlangan hududlar, bojxona erkin hududlari, erkin eksport hududlari, erkin eksportga mo`ljallangan ishlab chiqarish hududlari, erkin ishlab chiqarish hududlari, iqtisodiy barqarorlik hududlari, o`zaro tadbirkorlik hududlari, texnika-iqtisodiy rivoljantirish hududlari, fan-sanoat parklari va boshqalar iqtisodiyotda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Jahon tajribasidan ma`lumki, sanoat salohiyatini yuksaltirish, ichki bozorni qo`shimcha qiymatga ega mahsulotlar bilan to`ldirish, eng muhimi, yangi savdo yo`laklari ochishda erkin iqtisodiy zonalar muhim o`rin tutadi. Shu bois mamlakatimizda ana shunday hududlar tashkil etishga alohida e`tibor qaratilmoqda. O`zbekistonda ham iqtisodiyotni yuqori darajada rivojlantirish maqsadida mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish va ular faoliyatiga doir munosabatlar esa 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Erkin iqtisodiy zonalar to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinuvchi, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016- yil 26-oktabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoniga asosan 2008 yilda tashkil etilgan “Navoiy” erkin industrialiqtisodiy zonasi, “Angren” va “Jizzax” maxsus industrial zonalari nomini birxillashtirish maqsadida ularni “Navoiy”, “Angren” va “Jizzax” erkin iqtisodiy zonalar deb atash to`g`risidagi taklifi qabul qilindi. Ushbu Farmonning 3-bandida ko`zda tutilgan imtiyozlar kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab 3-yildan 10-yil muddatgacha, jumladan:

  1. 300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha hajmdagi investitsiyalar - 3 yil muddatga;

  2. 3 million AQSh dollaridan 5 million AQSh dollarigacha hajmdagi investitsiyalar - 5 yil muddatga;

  3. 5 million AQSh dollaridan 10 million AQSh dollarigacha hajmdagi investitsiyalar - 7 yil muddatga;

  4. 10 million va undan ko`p AQSh dollari hajmidagi investitsiyalar so`nggi 5- yilda amaldagi stavkalardan 50 foiz kam hajmdagi daromad solig`i va yagona soliq to`lovi stavkalari qo`llangan holda 10-yil muddatga beriladi.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi “Urgut”, “G`ijduvon”, “Qo`qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to`g`risida”gi farmoniga asosan Samarqand viloyatining Urgut tumani, Buxoro viloyatining G`ijduvon tumani, Farg`ona viloyatining Qo`qon shahri va Xorazm viloyatining Hazorasp tumanlarida “Urgut”, “G`ijduvon”, “Qo`qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalari tashkil etiladi.


“Urgut”,“G`ijduvon”, “Qo`qon” va “Hazorasp” EIZ faoliyat ko`rsatish muddati, keyinchalik uni uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil qiladi. Bu davr mobaynida mazkur EIZlar hududlarida alohida soliq, bojxona va valyuta rejimi amal qiladi va bu hududlarida logistika markazlari va bojxona postlarining ham tashkil etilishi maqsad qilib qo`yilgan. Mazkur yangi erkin iqtisodiy zonalarda meva-sabzavot va qishloq xo`jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, to`qimachilik, gilam to`qish, poyabzal va charm-galantereya, ekologik jihatdan xavfsiz kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari va boshqa yo`nalishlarda zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etiladi. Erkin iqtisodiy zonalar hududlarda ishlab chiqarish hamda resurs salohiyatlaridan kompleks va samarali foydalanish, shu asosda yangi ish o`rinlari ochish, pirovardida aholi daromadi va turmush farovonligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Bu yerda faoliyat ko`rsatadigan tadbirkorlik subyektlariga turli imtiyoz va qulayliklar taqdim etilishi xususiy sektor vakillariga o`z tashabbuslari, loyihalarini ikkilanmasdan, qat`iyat bilan ro`yobga chiqarish, biznesini rivojlantirishda hal qiluvchi omil bo`lishi muqarrar.

Davlatimiz rahbarining mazkur farmoni mamlakatimiz investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirishning mantiqiy davomi sifatida iqtisodiyotimizni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi bilan beqiyos ahamiyat kasb etadi.



Download 316,67 Kb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38




Download 316,67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Erkin iqtisodiy hudud –keng iqtisodiy imkoniyatlar makoni

Download 316,67 Kb.