|
8-bob. Xalqaro va transmilliy kompaniyalar. Ularni boshqarish tizimi. Reja
|
bet | 27/38 | Sana | 24.09.2024 | Hajmi | 316,67 Kb. | | #272313 |
Bog'liq 8-12 темалар 11.4. Erkin iqtisodiy hududlar tasnifi.
Biz quyida turli xil yo’nalishdagi erkin iqtisodiy zonalarni ko’rib chiqamiz:
№
|
EIZ nomi
|
EIZning normativ- huquqiy asosi
|
1
|
“Navoiy” EIZ
|
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 2-dekabrdagi PF-4059-sonli “Navoiy viloyatida erkin iqtisodiy zona tashkil etish tog’risidagi ”
Farmoni
|
2
|
“Angren” EIZ
|
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil
13-apreldagi PF-4436-sonli” “Angren” erkin iqtisodiy zona tashkil etish tog’risidagi” Farmoni
|
3
|
“Jizzax” EIZ
|
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil
18-martdagi PF-4516-sonli ““Jizzax” erkin iqtisodiy zona tashkil etish tog’risidagi “ Farmoni
|
4
|
“Urgut” EIZ
|
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi PF-4931-sonli “ “Urgut”, “G’ijduvon ”, “ Qo’qon” va “Xozarasp” erkin iqtisodiy zona tashkil etish tog’risidagi ” Farmoni
|
5
|
“G’ijdiuvon”EIZ
|
6
|
“Qo’qon” EIZ
|
7
|
“Xozarasp” EIZ
|
8
|
“Sirdaryo” EIZ
|
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PF-5412-sonli “ “Sirdaryo” erkin
iqtisodiy zona tashkil etish tog’risidagi ” Farmoni
|
|
“Namangan” EIZ
|
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi PF-5517-sonli “ “Namangan” erkin
iqtisodiy zona tashkil etish tog’risidagi ” Farmoni
|
10
|
“Termiz”EIZ
|
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil
18-sentabrdagi PF-5540-sonli “ “Termiz” erkin iqtisodiy zona tashkil etish tog’risidagi ” Farmoni
|
Yuqorida ko’rsatilgan jadvaldan “Qo’qon” EIZ ni batafsil yoritadigan bo’lsak unda quyidagilar aks etadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi “Urgut”, “G’ijduvon”, “Qo’qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to’g’risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasi A, B, V sanoat zonalariga bo’lindi. Viloyat hokimining shu yil 15-maydagi “O’zshaharsozlikLITI” DUK tomonidan ishlab chiqilgan “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasining bosh rejasini tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi. “O’zshaharsozlik “O’zGAShKLITI” DUK Farg’ona viloyati filiali tomonidan jami 709,3 gektar er maydoni tapoxaritasi tayyorlanib, geologiya xulosalari olindi. Bugungi kunda V hududida tadbirkorlar tomonidan umumiy qiymati 658 mlrd.so’m va 81,2 ming dollarlik 145 ta loyihalar amalga oshirish hamda ularni 215 gektar er maydoniga joylashtirilishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, logistika markazi, bojxona posti, kommunikatsiya tarmoqlari, ichki va tashqi yo’llar, temir yo’l hamda infratuzilma ob’ektlari uchun ham er maydoni ajratiladi. Hozirda tijorat banklari bilan birgalikda ushbu loyihalarning biznes rejalarini tayyorlash ishlari yakunlanayapti. O’zbekiston Respublikasi Investitsiya Davlat qo’mitasiga quyidagi murojaatlar hujjatlari taqdim etildi:
Suvli buyoq va shpaklyovka ishlab chiqarishga mo’ljallangan loyiha qiymati 2,5 mlrd. so’mni tashkil etadi. “Avalon prizma” MChJ tomonidan amalga oshiriladigan ushbu loyiha 25 ta ish o’rni yaratilishi bilan ahamiyatli. “Atlant delta” MChJ tomonidan meva va sabzavotlarni chuqur qayta ishlab chiqarishni tashkil etishga doir qiymati 1,4 mlrd. so’mlik loyiha amalga oshirilsa, 30 ta ish o’rni yaratiladi. “Kokand Bicycles” xususiy korxonasi tomonidan esa velosiped tayyorlanadi. Bu loyihaning qiymati 2,5 mlrd. so’m, natijada 75 ta yangi ish o’rni yaratiladi. “NAMANGAN EVRO QURILISH DIZAYN” MChJ tomonidan quriq qorishma va gipsokarton ishlab chiqarish yo’lga qo’yilib, 60 ta ish o’rni yaratilishiga erishiladi. Uning qiymati 5 mlrd. so’mni tashkil qiladi. “Ziyodbek” xususiy korxonasida esa gul etishtirish uchun 25 ta ish o’rni yaratish barobarida issiqxona tashkil etilib, 2,8 mlrd. so’mlik loyiha ishlari amalga oshiriladi. “Ipchi ziyo baraka” MChJ shaklidagi qo’shma korxona poliporpilen (sintetik) mahsulotlaridan ip ishlab chiqaradi. Shuningdek, bu erda lentali to’qima matolar ham tayyorlanadi. Buning uchun 1,6 mlrd. so’m sarf qilinib, 35 ta ish o’rni yaratiladi. “Masrur nur” MChJ tomonidan poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarilib, 35 nafar farg’onalik muqim ish joyiga ega bo’ladi.
“Qo’qon” EIZ tomonidan yana 7 ta loyiha bo’yicha hujjatlar tayyorlandi, – deydi viloyat hokimligining tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, eksportga ko’maklashish va qo’llab-quvvatlash bo’limi bosh mutaxassisi Husanboy Xoldorov. – Ular – “Evro parket” pol parketlari, "MAXPRIME" MChJ erkaklar ko’ylagi va boshqa tikuvchilik mahsulotlari, “Mavzunim-Arus” MChJ avtomobillarga butlovchi kismlar, "Los Gigants tekstayl" MChJ to’kimachilik dastgohlari va tayyor gazlamalar, "Beton Plita" MChJ tibbiyot qo’lqoplari, "Metan" MChJning gipsokarton ishlab chiqarishiga va "Parvoz" MChJning meva- sabzavotni qayta ishlashiga doir hujjatlardir. Shuningdek, viloyat Aloqa va axborotlashtirish boshqarmasi hamda viloyat “Kompyuterlashtirish markazi” DUK bilan birgalikda “Qo’qon” EIZning ingliz, rus, o’zbek tillaridagi VEB sayti loyihasi ishlab chiqildi. Chet el investorlarini jalb etish bo’yicha ham ishlar boshlab yuborildi. Xitoy Xalq Respublikasi “I-Yan” korporatsiyasining farmatsevtika va boshqa sohalarda xamkorlik qilish haqidagi taklifi yuzasidan ushbu yo’nalishda faoliyat yuritish istagini bildirgan mahalliy tadbirkorlarga takliflar berilmoqda. Xitoyning “Sintszyan” kompaniyasining “Qo’qon” EIZ hududida elektr energiyasi ishlab chiqarish va uning qurilishini yo’lga qo’yish bo’yicha bergan murojaati “O’zbekenergo” AJ tomonidan o’rganib chiqilyapti. Hindistonning “Tritiya grupp PVT” MChJ hamkori “Sherxan” xususiy firmasi tarkibi 100 foiz tabiiy giyohlardan tayyorlanadigan 70 turdagi qadoqlangan dori vositalarini “Qo’qon” EIZ hudida ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish bo’yicha taklif bermoqda.
Ammo “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonada tadbirkorlik sub’ektlariga faoliyat ko’rsatishdagi imkoniyat, imtiyoz, qulaylik va yaratib beriladigan shart- sharoitlar qanchalik keng targ’ib kilinmasin, hamon Marg’ilon shahri, Beshariq, Qo’shtepa, Rishton, Farg’ona va Quva tumanlarida mas’ullarning e’tiborsizligi oqibatida tadbirkorlardan murojaatlar kelib tushmaganligi achinarlidir.
|
| |