O’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi modeli




Download 5,59 Mb.
bet5/20
Sana15.01.2024
Hajmi5,59 Mb.
#137761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Mavzu 1-4

Mavzu №1: O‘quv ustaxonasida mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi qoidalari.
Reja:

  1. O‘quv ustaxonasida mehnatni muhofaza qilish

  2. Texnika xavfsizligi

  3. Yong‘in xavfsizligi qoidalari

Kasb-hunar kollejlaridagi o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalari tegishli tikuvchilik ixtisosiga oid kiyim tikishdagi o‘ziga xos ishlar va texnologik jarayonlarning ko‘pgina qismini tashkil etish va xuddi o‘ziday aks ettirish imkonini beradi. Yangi o‘quv ustaxonalarini loyihalayotganda o‘quv guruhlaridan alohida, lekin ular o‘rtasida issiq o‘tish yo‘li bor binolar qurish nazarda tutiladi. Ustaxonalarni loyihalashtirish yakka tartibda va ommaviy tarzda kiyim tikish uchun tayanch korxonadagi kiyim tikish sharoitiga mumkin qadar yaqinlashtirilgan bo‘lishi kerak. malaka xarakteristikasiga muvofiq ishlab chiqarish ta’limi dasturini birinketin va to‘liq egallashni ta’minlash O‘quv tikuvchilik ustaxonalari quyidagi o‘quv va ishlab chiqarishtexnika maqsadlariga mos bo‘lishi kerak: kasb mahorati asoslarini yalpi va yakka tartibda o‘rgatish imkoniyatini yaratish. Ustaxona xonasi keng (bir kishiga kamida 14 m2 to‘g‘ri keladigan), shiplari baland (kamida 3,25 m), havo almashuvi yaxshi, harorati me’yorda (qishda kamida 16°S, yozda 20°S dan ortmaydigan), yaxshi yoritilgan, uskunalar qulay joylashgan, o‘tish yo‘llari etarlicha keng, usta bilan o‘quvchilarning ish o‘rinlari qulay joyda, kerakli rang berilgan, mehnat xavfsizligi me’yorlariga javob beradigan bo‘lishi kerak. Ko‘makchi xizmat joylari (o‘quv atelelari, kiydirib ko‘rish joyi, bichikchilik xonasi, omborxonalar, katta usta, texnolog, mexanik va h. k. larning xonalari) ular bilan o‘quv ustaxonalarining aloqa qilishi qulay bo‘ladagan qilib joylashgirilishi kerak. O‘quv ustaxonalarida o‘qitish vazifalari va ularning jihozlanishiga qo‘yiladigan talablar o‘quvchilarning kasb-hunar ta’limi asoslarini tizimli eng qulay shartsharoitlar yaratish maqsadida kasb-hunar kollejlarida o‘quv xonalari va boshqa ishlab chiqarish ob’ektlari tashkil etiladi. Ularning eng muhim pedagogik ishlarni ta’lim-tarbiya vazifalarini hal qilishga to‘la-to‘kis buysindirishdan iboratdir. Kasb-hunar kollejlarning o‘quv ustaxonalari bir qancha vazifalarni: kasb-hunar ta’limining xilma-xil tashkiliy shakllari va metodlaridan foydalanish; texnikaviy ma’lumotlarni ma’lum qilish; tadqiqotchilik xarakteridagi ishlarni amalga oshirish; kasb-hunar ko‘nikmalari hamda malakalarini tarkib toptirish; texnikaviy bilimlarni, mehnat usullarini va bajarilayotgan amaliy topshiriqlarning sifatini tekshirish; o‘quvchilarda estetik didni va mustaqil ishlash


malakalarini tarkib toptirish hamda konstruktorliktexnologik xarakterdagi ijodiy vazifalarni hal qilish uchun kasb madaniyati malakalarini tarbiyalash; yuksak mehnat intizomiga va mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya qilish kabi vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun yaxshi shart-sharoitlar yaratishi lozim. Kasb-hunar kollejlarining o‘quv ustaxonalari quyidagi asosiy sanitariya-gigiena va tashkiliy metodik talablarga javob berishi lozim:

1. Ustaxonalar uchun mo‘ljallangan bino o‘quv-pedagogika,sanitariya-gigiena va ishlab chiqarish, texnik talablarini qondirishi kerak. 2. O‘quv ustaxonalarining jihozlanishi texnikaning hozirgi darajasiga, yuksak kasb madaniyatiga muvofiq kelishi hamda ularga kasb-hunar ta’limi dasturining barcha mavzularini o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lishi lozim. 3. O‘qituvchining o‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan


o‘quv ishlab chiqarish ishlari uchun ham zveno tarzidagi ishlar uchun ham shart-sharoitlar yaratilgan bulishi kerak. 4. Har bir o‘quvchi uchun mustaqil ish joyi ajratilgan bo‘lib,u tegishli asbob-uskunalar, moslamalar bilan jihozlangan bo‘lishi zarur. 5. O‘qituvchi uchun na’munaviy ish joyi ajratilgan bo‘lib, u tegishli asbob-uskunalar, moslamalar bilan jihozlanishi va pol ustidan 250-300 mm balandlikda bo‘lishi kerak. 6. Ustaxonalarda o‘quvchilarning qulay va xavf-xatarsiz mehnat qilishi uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratilishi lozim. 7. O‘quv ustaxonalari hajmdor yassi ko‘rsatma qo‘llanmalar bilan, shuningdek, ta’limning texnikaviy vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi zarur. 8. YOrdamchi xizmat xonalari (asboblar saqlanadigan xona va omborxonalar) o‘quv ustaxonalariga yaqinroq joylashgan bo‘lishi kerak. 9. Ustaxonalarda o‘quvchilarning diqqatini ishdan
chalg‘ituvchi va mehnat jarayonini buzuvchi shovqinga va tashqi ovozlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak. O‘quv ustaxonalarida xavfsizlik texnikasi qoidalari Kasb-hunar ta’limining moddiy bazasini tubdan yaxshilash uchun barcha shart-sharoitlarni inobatga olish zarur. O‘quv ustaxonalarining maydoni, mavjud loyihalarga ko‘ra, 70-90 m2 ni tashkil etadi. Ustaxonalar bir qavatli alohida binoga joylashgan bo‘ladi. Ular ta’lim muassasasida ortiqcha shovqin bo‘lmasligi uchun kollejning asosiy binosidan bir oz nariroqda quriladi. O‘quv ustaxonalari materiallar, yarim fabrikatlar, tayyor buyumlar, shuningdek asboblar va moslamalarni saqlash uchun zarur yordamchi xonalarga ega bo‘ladi. Ustaxonalarning poli taxtadan tayyorlanishi, ular yaxshi tabiiy va sun’iy shamollatiladigan bo‘lishi me’yorda tabiiy va sun’iy yoritilgan ish o‘rni bo‘lishi, havo temperaturasi qishda 14-16°S, yoz davrida esa 20°S dan oshmasligi kerak. Yoritish uchun tabiiy yorug‘likdan yoki sharoitga qarab kunduzgi yorug‘lik lampalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. O‘quv ustaxona devorlari silliq bo‘lib, yorqin bo‘yoqlar bilan shipi oq bo’yoqlar bilan bo‘yalishi kerak. Bular xonaning yaxshi yoritilishini ta’minlaydi. Ustaxonadagi jihozlarning rang jihatdan bezatilishiga ham e’tibor berish kerak. Yorqin, fiziologik jihatdan asoslangan buyoqlar jihozlarning turli qismlari, ishlanuvchi ob’ektlar bilan ustaxonaning umumiy foni o‘rtasida yaqqol farq bo‘lishini ta’minlaydi. Ustaxonalardagi shovqin va tebranishning kamayishiga shovqin yutuvchi va tebranishni yo‘qotuvchi jihozlardan, eng to‘g‘ri kasb-hunar usullaridan foydalanish yo‘li bilan erishilishi mumkin. O‘quv ustaxonalaridagi asbob-uskunalarni joylashtirish vaqtida yong‘inga qarshi choralarga, mehnatni muhofaza qilish va sanoat sanitariyasi talablariga rioya qilish zarur, ustaxonalar asbob-uskunalar bilan to‘ldirilib yubormasligi kerak. Tikuv mashinalar va ularning orasidagi o‘tish yo‘llari belgilanganme’yorlar darajasida bo‘lishi lozim. Dastgohlar, tikuv mashinalarning oxirgi qatorlari bilan ustaxona devorlari orasidagi masofa kamida 0,5 m bo‘lishi kerak. Ustaxonada qo‘l yuvish, ustki va maxsus kiyim-kechaklar saqlanishi uchun sanitariya-gigienik talablariga rioya qilgan holda shart-sharoit yaratilgan bo‘lishi kerak. Ustaxonalarning maydonidan oqilona foydalanish, ularning toza bo‘lishi, asbob-uskunalarning to‘g‘ri turishi, estetika talablariga rioya qilish va na’munali tartib – bularning hammasi o‘quvchilarni intizomlilik va davlat mulkini ehtiyot qilish ruhida tarbiyalash uchun katta ahamiyatga egadir



Download 5,59 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Download 5,59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi modeli

Download 5,59 Mb.