• Bilaman Bilishni xohlayman Bilib oldim
  • 4-ilova 5-ilova
  • Bajariladigan ishlar mazmuni Moslamalar, asboblar va xom-ashyolar Eskizlar, chizmalar, rasmlar
  • O’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi modeli




    Download 5,59 Mb.
    bet14/20
    Sana15.01.2024
    Hajmi5,59 Mb.
    #137761
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
    Bog'liq
    Mavzu 1-4

    2-ilova



    Klaster
    3-ilova Klаstеrni tuzish qоidаsi



    B/B/Busulidanfoydalanibmavzunikengroqyoriting.


    Bilaman

    Bilishni xohlayman

    Bilib oldim



















    4-ilova



    5-ilova uyga vazifa

    Yo`riqli texnologik xarita


    Kasb kodi va nomi: 40720705 Tikuv buyumlarini konstruksiyalash, modellashtirish texnologiyasi


    O`quv amaliyot nomi: Tikuv buyumlariga texnologik ishlov berish

    1. Mavzu: Qo‘lda bajariladigan ishlar.






    Bajariladigan ishlar mazmuni

    Moslamalar, asboblar va xom-ashyolar

    Eskizlar, chizmalar, rasmlar

    Bajarish tartibi

    1

    Qo‘Lda bajariladigan ishlar haqida 
    ma’lumot

    Qo‘l ishlari ikki guruhga bo‘linadi: tik turib bajariladigan 
    ishlar va o‘tirib bajariladigan ishlar.




    Tik turib bajariladigan 
    ishlarda kiyim yoki detal stol ustiga qo‘yiladi, o‘tirib 
    bajariladigan ishlar esa kiyim yoki detalni ham stol ustiga, ham 
    ishchining tizzasiga qo‘yib qilinishi mumkin. Shunga ko‘ra ish 
    jihozlari va ish o‘rnining tashkil qilinishi har xil bo‘lishi 
    mumkin. Ish o‘rnining to‘g‘ri tashkil qilinishi har bir 
    operatsyada mehnat unumdorligini oshirishga yordam beradi va ishning yuqori sifatli chiqishini ta’minlaydi. 
    Kiyim tikishda qo‘l ishlari uchun mo‘ljallangan ish o‘rnida 
    stol (3.1-rasm), stul va oyoq qo‘yiladigan taglik (3.2-rasm) 
    bo‘lishi lozim. Stulning konstruktsiyasi har xil bo‘lishi mumkin

    2

    Qo‘l ishlarini bajarishda quyidagi talablar qo‘yiladi

    Qo‘l ishlarini bajarishda quyidagi talablar qo‘yiladi: 
    . bir detaldan ikkinchi detalga bo‘r chiziqlarini o‘tkazish 
    uchun solqi qaviq bilan yoki yordamchi andaza bilan bo‘rlanadi; 
    -detallarni bir-biriga vaqtincha qaviqqator bilan ulashda 
    ipning rangi asosiy detal rangidan ancha farq qilishi kerak;




    - qaviqlarni detallarga tushirishda qaviq yirikligi o‘ng 
    tomonida ham, teskari tomonida ham bir xil bo‘lishi kerak; 
    -detallarni ko‘klashda qaviqqator shu detaldagi solqi 
    qaviqqator ustidan yoki bo‘r chizig‘i stidan tushiriladi. Ko‘klab 
    bo‘lgandan keyin solqi qaviq iplari olib tashlanadi; 
    -qo‘l qaviqqatorini bajarishda ishlatiladigan ip nomeri qaysi 
    qaviq qayerda bajarilishiga qarab tanlanadi; 
    -qaviq yirikligi va qaviqqator zichligi gazlama qalin- 
    yupqaligiga va shu qaviqqa qo‘yilgan talablarga bog‘liq bo‘ladi
    -doimiy qaviq va qaviqqatorlar uchun ishlatiladigan ipning 
    rangi asosiy gazlama rangiga mos bo‘lishi shart; 
    -qo‘l ishlarini bajarishda tikilayotgan kiyimning sifati va 
    mehnat unumdorligi asbob va moslamalarning 
    to‘g‘ri tanlanganligiga, ularning sifatiga va ish o‘rnida ratsional  joylashtirilganligiga ko‘p darajada bog‘liq bo‘ladi. Qo‘lda bajariladigan ishlar uchun zarur asboblarga: qo‘l 
    ignalari, angishvona, qaychi, santimetrli lenta, moslamalarga esa maneken, andaza, pichoqli xalqa, qoziqcha, to‘nog‘ich va 
    boshqalar kiradi (3.3-rasm). Bajariladigan operatsiya va 
    tikiladigan material turiga qarab turli nomerdagi igna va 
    angishvonalar ishlatiladi.
    Qo‘l ignalari o‘tkir, elastik, sinmaydigan, silliq, teshigidan 
    ip bemalol o‘tadigan bo‘lishi lozim. Ignalarning yo‘g‘onligi va 
    uzunligi, teshiklarning kattaligi har xil bo‘ladi. Ignalar uzunligi 
    va diametri bo‘yicha 1 dan 12 gacha nomerlarga bo‘linadi. Toq 
    nomerli ignalar juft nomerli ignalardan uzunroq bo‘ladi.



    3

    Angishvona ignani gazlamaga qadash paytida barmoqni 
    ignadan asrash uchun xizmat qiladi. 


    Angishvona ignani gazlamaga qadash paytida barmoqni 
    ignadan asrash uchun xizmat qiladi. U o‘ng qo‘lning o‘rta 
    barmog‘iga taqiladi. 





    Ishlatiladigan iplarning nomeri ham ignalar va gazlamalarga 
    moslab tanlanadi. Yupqa ip gazlamalardan kiyim tikishda 50-80 nomerli iplar, chit, satin, flanel kabi ip gazlamalardan yengil 
    ko‘ylaklar tikishda 50-60 nomerli iplar ishlatiladi. Yupqa shoyi 
    gazlamalar, masalan, shifon, krepjorjet 65, 75 nomerli shoyi 
    iplar va 80 nomerli paxta iplar bilan, yupqa va уengil shoyi 
    gazlamalar 60-80 nomerli iplar bilan, jun ko‘ylaklar 50-60 
    nomerli iplar bilan tikiladi.
    Bichish operatsiyalarini va qirqish, detallarni aniq qirqish 
    singari yordamchi operatsiyalarni bajarishda ishlatiladigan 
    qaychining shakli va o‘lchamlari har xil bo‘lishi mumkin. Detal 
    chetlarini titilishdan saqlash uchun tig‘i tishli qilib kertilgan 
    maxsus qaychi ishlatiladi.
    Pichoqli halqa ish oxirida ipni uzish uchun ishlatiladi. 
    Halqa chap qo‘lning ko‘rsatgich barmog‘iga taqiladi. Ipni 
    qirqish uchun ish o‘rniga maxsus moslama ham o‘rnatilishi 
    mumkin. U burchaklikdan iborat bo‘lib, unga plastinka va vintlar 
    vositasida piska mahkamlab qo‘yiladi. Barmoqlarni kesib 
    olishdan saqlash uchun ikkita ilgak o‘rnatilgan. Pichoqli halqa va 
    statsionar moslamadan foydalanish natijasida ishchining vaqti 
    tejaladi va ish unumi oshadi.
    Ko‘klangan iplarni so‘kib tashlash va detal burchaklarini 
    to‘g‘rilash uchun dukcha ishlatiladi, u bir tomoni uchli qilingan 
    metall, plastmassa yoki suyakdan iborat ingichka sterjen tarzida 
    bo‘ladi. 
    Cho‘ntak qopqoq chetlari namlab – isitib ishlov berish 
    jarayonida shablon tipidagi maxsus moslama yordamida 
    tekislanadi. Xlyastik va belbog‘larni ag‘daradigan moslama






    Download 5,59 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




    Download 5,59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi modeli

    Download 5,59 Mb.