• 1. Elektr tokining inson organizmiga ta’siri
  • Mavzu №2: Elektr xavfsizligi. Yong‘in odini olishning asosiy vazifalari. Yong‘ining muhofazasi qoidalari bilan tanishish




    Download 5,59 Mb.
    bet10/20
    Sana15.01.2024
    Hajmi5,59 Mb.
    #137761
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
    Bog'liq
    Mavzu 1-4

    Mavzu №2: Elektr xavfsizligi. Yong‘in odini olishning asosiy vazifalari. Yong‘ining muhofazasi qoidalari bilan tanishish
    .
    Reja:
    1. Elektr xavfsizligi
    2. Yong‘in odini olishning asosiy vazifalari
    3. Yong‘ining muhofazasi qoidalari bilan tanishish
    Sanoatda elektr energiyasidan keng ko’lamda foydalanish yo’lga qo‘yilganligi sababli elektr toki' ta’sirida ro‘y berishi mumkin bo’lgan baxtsiz hodisalar va ulardan saqlanish muhim masalalar qatoriga kirib bormoqda. Elektr toki ta’sirining eng xavfli tomoni shundaki, bu xavfni oldinroq sezish imkoniyati yo‘q. Shuning uchun ham elektr toki xavfiga qarshi tashkiliy va texnik chora-tadbirlar belgilash, to‘siq vositalari bilan ta’minlash, shaxsiy va jamoa muhofaza tizimlarini o'rnatish nihoyatda muhim. Umuman elektr toki ta’siri faqat birgina biologik ta’sir bilan chegaralanib qolmasdan, balki elektr yoyi ta’siri, magnit maydoni ta’siri va statik elektr ta’sirlariga boMinadiki, bularni bilish har bir kishi uchun kerakli va zaruriy ma’lumotlar jumlasiga kiradi.
    1. Elektr tokining inson organizmiga ta’siri
    Elektr tokidan inson organizmida termik (ya’ni issiqlik), elektrolitik va biologik ta’sir kuzatiladi. Elektr tokining termik ta’siri inson tanasining ba’zi joylarida qo‘yish, qon tomirlari, nerv va hujayralaming qizishi sifatida kuzatiladi. Elektrolitik ta’sir esa qon tarkibidagi yoki hujayralar tarkibidagi tuzlaming parchalanishi natijasida qonning fizik va kimyoviy xususiyatlarining o'zgarishiga olib keladigan holat tushuniladi. Bunda elektr toki markaziy asab tizimi va yurak-qon tizimini kesib o‘tmasdan tananing ba’zi bir qismlarigagina ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Elektr tokining biologik ta’siri — bu tirik organizm uchun xos bo‘lgan xususiyat hisoblanadi. Bu ta’sir natijasida muskullarning keskin qisqarishi tufayli inson organizmidagi tirik hujayralar to‘lqinlanadi, bunda asosan organizmdagi bioelektrik jarayonlar buziladi. Ya’ni inson organizmi asosan bioelektrik toklar yordamida boshqariladi. Bunda tashqi muhitdan yuqori kuchlanishdagi elektr tokining ta’siri natijasida biotoklar rejimi buziladi va oqibatda inson organizmida tok urish holati vujudga keladi. Ya’ni boshqarilmay qolgan organizmda hayot faoliyatining ba’zi bir funksiyalari bajarilmay qoladi: nafas olishning yomonlashuvi, qon aylanish tizimining ishlamay qolishi va h.k. Elektr tokining inson organizmiga ta’sirining xilma-xilligidan kelib chiqib, uni ikki gruppaga bo‘lib qarash mumkin: mahalliy elektr ta’siri va tok urishi. Mahalliy elektr ta’siri natijasida kuyib qolish, elektr belgilari hosil boMishi, terming metallashib qolishi hollarini ko'rsatish mumkin. Elektr ta’siridan kuyish, asosan organizm bilan elektr o'tkazgichi o‘rtasida volta yoyi hosil bo‘lganda sodir boMadi. Elektr
    o‘tkazgichdagi kuchlanishning ta’siriga qarab bunday kuyish
    turlicha boMishi mumkin. Yengil kuyish faqat yalligManish bilan
    chegaralanadi, o'rtacha ogMrlikdagi kuyishda pufakchalar hosil
    boMadi va ogMr kuyish - hujayra va terilar ko‘mirga aylanib, og‘ir
    asoratlarga olib kelishi mumkin. Elektr belgilari — bu terming ustki
    qismida aniq kulrang yoki och-sargMsh rangli 1—5 mm diametrdagi
    belgi paydo boMishi bilan ifodalanadi. Bunday belgilar odatda xavfli
    emas. Terming metallashib qolishda, odatda erib mayda zar-
    rachalarga parchalanib ketgan metall teri ichiga kirib qoladi. Bu
    holat ham elektr yoyi hosil boMganda ro‘y beradi. Ma’lum vaqt
    o'tgandan keyin bu teri ko‘chib tushib ketadi va hech qanday
    asorat qoldirmaydi.
    Elektr urishi (yoki tok urishi deb ham yuritiladi) to‘rt darajaga
    boMib qaraladi.
    I muskullar keskin qisqarishi natijasida odam tok ta’siridan
    chiqib ketadi va hushini yo'qotmaydi.
    II muskullar keskin qisqarishi natijasida > odam hushini
    yo‘qotadi, ammo yurak va nafas olish faoliyati ishlab turadi.
    III hushini yo'qotib, nafas olish tizimi yoki yurak urishi
    to'xtab qoladi.
    IV klinik oMim holati, bunda insonda hech qanday hayot alo-
    matlari ko'rinmay qoladi.
    Klinik oMim holati bu hayot bilan oMim oraligM boMib, ma’lum
    vaqtgacha inson ichki imkoniyatlar hisobiga yashab turadi. Bu
    vaqtda unda hayot belgilari: ya’ni nafas olish, qon aylanish
    boMmaydi, tashqi ta’sirlarga farqsiz boMadi, og‘riq sezmaydi, ko‘z
    qorachigM kengayadi va yorugMikni sezmaydi. Ammo bu davrda
    hali undagi hayot butunlay so‘nmagan, hujayralarda ma’lum
    modda almashinuv jarayonlari davom etadi va bu organizmning
    minimal hayot faoliyatini davom ettirishiga yetarli boMadi. Kuning
    uchun tashqi ta’sir natijasida hayot faoliyatini yo'qotgan or-
    ganizmning ba’zi bir qismlarini tiklash natijasida, uni hayotga qay-
    171
    tarish imkoniyati bor. Klinik o‘lim holati 5—8 minut davom etadi.
    Hech qanday yordam bo'lmagan taqdirda eng oldin bosh miya qo-
    big'idagi hujayralar parchalanadi va klinik o‘lim holati biologik
    ulim holatiga o'tadi.
    Biologik o‘lim-qaytarib bo'lmaydigan jarayon bo'lib, or-
    ganizmdagi biologik jarayonlar butunlay to‘xtashi bilan xarakterla-
    nadi, shuningdek, organizmdagi oqsil parchalanadi. Bu klinik o‘lim
    vaqti tugagandan keyin ro‘y beradi. Tokning inson organizmiga
    ta’siri bir necha omillarga bog‘liq. Asosiy omillardan biri insonga
    tok ta’sirining davomliligi, ya’ni odam tok ta’sirida qancha ko‘p
    qolib ketsa, u shuncha ko'p zararlanadi. Ikkinchi omil sifatida
    odam organizmining shaxsiy xususiyatlari va shuningdek, tokning
    turi va chastotasi katta rol o'ynaydi.
    Inson organizmining tok ta’siriga ma’lum qarshiligi, shuning­
    dek, tokning kuchlanishi ma’lum ta’sir darajasini belgilaydi, chunki
    inson organizmining qarshiligi o‘zgarmagan holda, kuchlanish
    ko'payishi natijasida: organizmdan oqib o'tgan tok miqdori oshib
    ketadi.
    Inson organizmining qarshiligi teri qarshiligi va ichki organlar
    qarshiliklari yig'indisi sifatida olinadi.
    Teri, asosan quruq va o'lik hujayralaming qattiq qatlamlaridan
    tashkil topganligi sababli katta qarshilikka ega va u umuman inson
    organizmining qarshiligini ifodalaydi.
    Organizm ichki organlarining qarshiligi uncha katta emas.
    Odamning quruq, zararlanmagan terisi 2.000 dan 20.000 Om gacha
    va undan yuqori qarshilikka ega bo‘lgani holda, namlangan, zarar­
    langan teri qarshiligi 40—5000 Om qarshilikka ega bo‘ladi va bu
    qarshilik inson ichki a’zolari qarshiligiga teng hisoblanadi. Aytil-
    ganlami hisobga olgan holda umuman texnik hisoblar uchun inson
    organizmi qarshiligi 1000 Om deb qabul qilingan.
    Inson organizmi orqali oqib o‘tgan tokning miqdori uning
    asoratini belgilaydi, ya’ni oqib o‘tgan tok qancha katta bo'lsa,
    uning asorati ham shuncha katta bo'ladi.
    Inson organizmi orqali 50 Gs li sanoat elektr tokining 0,6—1,5
    mA oqib o'tsa, buni u sezadi va bu miqdordagi tok sezish chegara-
    sidagi elektr toki deb ataladi.
    Agar inson organizmidan oqib o'tgan tokning miqdori 10—15
    mA ga yetsa, unda organizmdagi muskullar tartibsiz qisqarib, inson
    o'z organizmi qismlarini boshqarish qobiliyatidan mahrum bo'ladi,
    ya’ni elektr toki bo'lgan simni ushlab turgan bo'lsa, panjalarini
    172
    ocha olmaydi, shuningdek, unga ta’sir ko'rsatayotgan elektr simini
    olib tashlay olmaydi. Bunday tok chegara miqdordagi ushlab qoluv-
    chi tok deyiladi. Tok miqdori 25—50 mA ga yetsa, unda tok ta’siri
    ko‘krak qafasiga ta’sir ko'rsatadi, buning natijasida nafas olish qiy-
    inlashadi. Tok ta’siri uzoq vaqt davom etsa, ya’ni bir necha
    minutga cho‘zilsa, unda nafas olishning to‘xtab qolishi natijasida
    odam o'lishi mumkin. Tok miqdori 100 mA va undan ortiq bo'lsa,
    bunday tok yiirak muskullariga ta’sir ko'rsatadi va yurakning ish­
    lash ritmi buziladi, natijada qon aylanish tizimi butunlay ishdan
    chiqadi va bu holat ham o'limga olib keladi. Inson organizmi
    orqali oqib o'tgan tokning davomliligi ham alohida ahamiyatga ega,
    chunki tok ta’siri uzoq davom etsa, unda inson organizmining tok
    o'tkazuvchanligi orta boradi va tokning zararli ta’siri organizmda
    yig‘ila borishi natijasida asorat og‘irlasha boradi. Tokning turi va
    chastotasi hani zararli ta’sir ko'rsatishda muhim rol o‘ynaydi. Eng
    zararli tok 20—lOOGs atrofidagi elektr toki hisoblanadi. Chastotasi
    20 Gs dan kichik va 100 Gs dan katta toklarning ta’sir darajasi
    kamayadi. Katta chastotadagi elektr toklarida tok urish bo'lmaydi,
    lekin kuydirishi mumkin. Agar tok o'zgarmas bo'lsa, unda tokning
    sezish chegarasidagi miqdori 6—7 mA, ushlab qoluvchi chegara
    miqdori 50—70 mA, 0,5 s davomida yurak faoliyatini ishdan
    chiqarishi mumkin bo'lgan miqdori 300 mA gacha ortadi.
    X.2. Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam
    ko‘rsatish
    Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga tibbiyot xodimi kelgunga
    qadar ko‘rsatiladigan yordamni ikki qismga bo‘lib qaraladi: tok
    ta’siridan qutqarish va birinchi yordam ko‘rsatish. Tok ta’siridan
    qutqarish o'z navbatida bir necha xil bo'lishi mumkin. Eng oson va
    qulay usuli bu elektr qurilmasining o'sha qismiga kelayotgan tokni
    o'chirishdir. Agar buning iloji bo'lmasa (masalan, o'chirish qurilmasi
    uzoqda bo'lsa), unda tok kuchlanishi 1000 V dan ko'p bo'lmagan
    elektr qurilmalarida elektr simlarini sopi yog'ochli bo'lgan boltalar bi­
    lan kesish yoki zararlangan kishining kiyimi quruq bo'lsa, uning kiy-
    imidan tortib tok ta’siridan qutqarib qolish mumkin. Agar elektr to­
    kining kuchlanishi 1000 V dan ortiq bo'lsa, unda dielektrik qo'lqop va
    elektr izolatsiyasi mustahkam bo'lgan elektr asboblaridan foydalanish
    173
    kerak. Elektr ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish, un­
    ing holatiga qarab belgilanadi. Agar ta’sirlangan kishi hushini
    yo'qotmagan bo‘lsa, uning tinchligini ta’minlab, shifokor kelishini
    kutish yoki uni tezda davolash muassasasiga olib borish zarur.
    Agar tok ta’sirida hushini yo‘qotgan ammo nafas olishi va
    yurak tizimi ishlayotgan bo‘lsa, unda uni quruq va qulay joyga
    yotqizish, kamari va yoqasini bo‘shatish va sof havo kelishni
    ta’minlash zarur. Nashatir spirti hidlatish, yuziga suv purkash,
    tanasini va qo‘llarini ishqalash yaxshi natija beradi.
    Agar jarohatlangan kishining nafas olishi qiyinlashsa, qaltirash
    holati bo‘lsa, ammo yurak urish ritmi nisbatan yaxshi bo'lsa, unda
    bu kishiga sun’iy nafas oldirish ishlarini bajarish zarur.
    Klinik o‘lim holati yuz bergan taqdirda sun’iy nafas oldirish
    bilan bir qatorda yurakni ustki tomondan massaj qilish kerak.
    Sun’iy nafas oldirish jarohatlangan kishini tok ta’siridan
    qutqazib olish, uning holatini aniqlash bilanoq boshlanishi kerak.
    Sun’iy nafas oldirish «ogizdan og‘izga» deb ataluvchi usul bilan,
    ya’ni yordam ko'rsatuvchi kishi o‘z o'pkasini havoga to‘ldirib,
    jarohatlangan kishi og'zi orqali uning o'pkasiga bu havoni hay-
    daydi. Odam o‘pkasidan chiqqan havo, ikkinchi odam o'pkasi ish-
    lashi uchun yetarli miqdorda kislorodga ega bo‘lishi aniqlangan. Bu
    usulda jarohatlangan kishi chalqancha yotqiziladi, og'zini ochib be-
    gona narsalardan tozalanadi. Havo o'tish yo'lini ochish uchun
    boshini bir qo‘li bilan peshona aralash ko‘tariladi, ikkinchi qo‘1 bi­
    lan dahanidan tortib, dahanini bo‘yni bilan taxminan bir chiziqqa
    keltiriladi (31-rasm). Shundan keyin ko'krak qafasini to‘ldirib nafas
    olib, kuch bilan bu havoni jarohatlangan kishi og‘zi orqali pufla-
    nadi. Bunda yordam ko‘rsatayotgan kishi og‘zi bilan, jarohatlangan
    kishining butunlay berkitishi va yuzi yoki panjalari yordamida
    uning bumini berkitish kerak.
    Shundan keyin yordam ko'rsatuvchi boshini ko'tarib yana
    o'pkasini havoga to'ldiradi. Bu vaqtda jarohatlangan kishi passiv
    ravishda nafas chiqaradi.
    Bir minutda taxminan 10—12 marta puflashni doka, dastro‘mol
    va trubka orqali ham bajarish mumkin. Agar jarohatlangan kishi
    mustaqil nafas olishini tiklagan taqdirda ham, sun’iy nafas
    oldirishni uning nafas olishiga bemor o‘ziga kelguncha davom et-
    tiriladi.
    174
    31-rasm. Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam
    ko‘rsatish.
    Yurakni tashqaridan massaj qilishi jarohatlangan kishi or-
    ganizmidagi qon aylanishni sun’iy ravishda tiklab turish maqsadida
    amalga oshiriladi.
    Qorin bo'shlig'idan ko'krak qafasiga o'tgandan keyin 2 barmoq
    yuqoridan massaj qilinadigan joyni belgilab, qo'lni bir-biri ustiga
    to‘g‘ri burchak shaklida qo'yib, jarohatlangan kishi ko'krak qafasini
    tana og‘irligi bilan 15—25 kg miqdordagi kuch bilan bosiladi.
    32-rasm. Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam
    ko‘rsatish.
    Bosish sekundiga 1 marta keskin kuch bilan bo'lishi kerak.
    Bunda ko'krak qafasi ichkariga qarab 3—4 sm pasayishi kerak va bu
    yurak urishi ritmiga moslab davom ettiriladi.
    Massaj qilish sun’iy nafas oldirish bilan birgalikda olib borilishi
    kerak. Agar yordam ko'rsatayotgan kishi bir o‘zi bo'lsa, har ikki
    marta puflagandan keyin 15 marta ko'krak, qafasini bosishi kerak.
    Jarohatlangan kishining yurak urishi mustaqil bo'lganligini uning
    pulsini tekshirib bilinadi. Buning uchun yuqoridagi vazifalarni 2—3
    sekundga to'xtatib, tomir urishi sinab ko'riladi.
    X.3. Tok ta’siriga tushib qolish xususiyatlari
    Agar elektr kuchlanishi ostida bo'lgan elektr o'tkazgichning bir
    uchi yerga tegib tursa, unda elektr toki yerga oqib o'ta boshlaydi.
    175
    Bunday holat tasodifiy yoki maqsadli bo'lishi mumkin. Maqsadli
    bo'lgan tokning oqib o'tishini yerga ulash yoki elektrod deb ataladi.
    Elektr toki yerga oqib o'tishi natijasida o'tkazgichda elektr po-
    tensialining keskin kamayishi kuzatiladi. Agar umumiy kuchlanish
    potensiali г, (V) oqib o'tayotgan tok kuchining miqdori I, (A)
    bo'lsa, unda bu tok o'z yo'lida uchragan qarshiligi R, (Om) bo'ladi
    va ular o'rtasidagi bog'Ianishni quyidagicha ifodalash mumkin:
    Bunday bog'lanish elektr qurilmasida elektr potensialini ka-
    maytirgani bilan, ulangan yer yuzasida tokning oqib o'tishidan ho­
    sil bo'lgan potensial hayot uchun yangidan xavf tug'diradi.
    Potensiallami yer yuzasi bo'ylab tarqalish tavsifini ko'rib
    chiqamiz. Bunda potensiallar yerga bevosita tegib turgan nuqtada
    maksimal miqdorda bo'ladi. Tok tarqalish qonuniyatiga asosan
    elektr potensiali cheksiz masofaga tarqalishi kerak. Lekin amalda
    bu tarqalish 20 m radius atrofida bo'ladi. Bu holatni kuzatish
    uchun yerga ulagich sifatida oddiy, r, (m) radiusli yarim sharni
    qabul qilamiz. (33-rasm). Masalani soddalashtirish maqsadida yer
    yuzasini bir xil jinsdan va solishtirma qarshiligi p, (Om.m) deb
    qabul qilamiz. Bu holda elektr toki yer yuzasi bo'ylab, yarim shar
    33-rasm. Elektr tokining yer yuzasi bo'ylab tarqalishi.
    ko'rinishida tarqala boshlaydi va yerga ulagichdan x masofadagi
    elektr tokining zichligi (A/m1) quyidagicha aniqlanadi.
    Фз _ I3R3
    8=I3/ 2nx2
    176
    Yerning tok oqib o‘tishi mumkin bo'lgan hajmida elektr oqib
    o'tish maydoni hosil bo'ladi.
    Doimiy elektr tokida, shuningdek, sanoat chastotasidagi
    (50Gs) o‘zgaruvchan toklarda bir xil muhitda tarqalayotgan elektr
    tokining statsionar elektr maydoni deb qarash mumkin. Uni bu
    maydonning kuchlanishi E(V/m) tok zichligi 8 (A/m2) bilan
    5=E/p nisbatan bog'langan va bu Om qonunining diflerensial for-
    mada ko'rinishini tashkil qiladi. Bunga asoslanib, shu maydondagi
    xohlagan nuqtani, masalan, A nuqtasini, potensialini aniqlash oson.

    X
    Bunda du-dx qalinlikdagi elementar yer qatlamidagi


    kuchlanishning kamayishi. Buni quyidagicha aniqlash mumkin:
    du = Edx=5pdx= dx
    2 ж 2
    Unda A nuqtaning potensiali
    T = hP~tdx _ I 3p
    In ; x7 2лх
    Bu maydonning minimal potensiali, ya’ni umuman
    cheksizlikda bo'lishi kerak edi, amalda esa 20 m masofada bo'ladi.
    Maydonning makSimal potensiali x=r bo‘lganda, ya’ni yerga
    ulagich bilan yer tutashgan zonada bo'ladi.
    Фз = 1з р/(2тсг)
    Bu ikkala formulani birga yechsak:
    Ф = ФзР/х
    Suratdagi o'zgarmas miqdorni К bilan belgilasak, teng tomonli
    giperbola formulasini olamiz.
    177
    ф = к/х
    Demak, yarim shar yerga ulagich hosil qilgan potensial
    giperbola qonuniga asoslanib, eng katta potensial yerga ulangan
    nuqtada va pontensial yerga ulagichdan uzoqlashish borasida
    kamaya borib nolga intiladi.
    Vertikal tayoqsimon yerga ulagich uchun potensial egri chizig‘i
    quyidagicha ifodalanadi:
    /,р . V/ 2 + x 2 + /
    ф = ^ г 1п ----------------- ’
    2m x
    bunda, 1 — yerga ulagich uzunligi.
    Maksimal potensial miqdori x=0,5d bo'lgan holatda bo'ladi:
    hP , 4 /
    Фз = ---------- I n — ,
    Ъй d
    bunda, d — yerga ulagich diametri.
    Yerga ulagich qarshiligi. Yerga ulagich orqali yerga oqib o'tib
    ketayotgan elektr toki yerga ulagich qarshiligiga duch keladi. Bu
    qarshilik asosan uch qismdan tashkil topadi: yerga ulagichning
    o'zini qarshiligi, yerga ulagich bilan tuproq o'rtasidagi qarshilik va
    tuproqning qarshiligi. Yerga ulagichning o'z qarshiligi va yerga
    ulagich bilan tuproq o'rtasida paydo bo'ladigan qarshilik
    tuproqning tok o'tkazishiga ko'rsatadigan qarshilikka nisbatan juda
    kam miqdomi tashkil qiladi. Shuning uchun biz yerga ulagich
    qarshiligini hisoblaganda tuproqdagi qarshilikni hisoblash bilan
    cheklanamiz.
    I = U/R
    Har qanday yerga ulagichning umumiy qarshiligi Om qonuni
    asosida hisoblab topiladi; U = I R bunda, U — kuchlanish, I —
    yerga ulagich orqali oqib o'tayotgan tok (A), R — yerga ulagich
    qarshiligi (Om).
    Texnika xavfsizligi shartiga binoan yerga ulagich iloji boricha
    kam qarshilikka ega bo'lishi kerak. Shuning uchun va yana bir
    qancha mulohazalar asosida(qadam kuchlanishi) sanoat
    korxonalarida kontur asosida joylashtirilgan yerga ulagichlar
    gruppasidan foydalaniladi. Agar inson tanasining har qanday qismi
    178 •
    elektr tarmogMga tushib qolsa, unda uni tok urish xavfi paydo
    boMadi. Bunday holatni chizma ravishda tasvirlab tokka tushib
    qolishini ikki faza orasiga tushib qolish va bir fazali tokka tushish
    bilan belgilash mumkin.
    Odam bir fazali tokka tushib qoldi deb faraz qilaylik. Unda
    tokning oqish yo‘li fazadan odam tanasi orqali yerga o‘tib ketishi
    mumkin.
    Sanoatda qoMlaniladigan elektr toki asosan 380V kuchlanishga
    ega boMadi. Bunday tok uch fazadan iborat boMib, har bir fazadan
    yerga nisbatan 220V kuchlanishga ega boMadi. Bunday tokka
    tushgan odam tanasidan oqib o‘tgan tok miqdorini Om qonuni
    asosida aniqlash mumkin.
    I=U/R,
    bunda, I — odam organizmi orqali oqib o'tg-in tok miqdori;
    U — fazaning kuchlanishi; R -tok oqib o‘tishiga
    ko‘rsatiladigan qarshilik. Bir fazaga tushib qolgan odam uchun
    kuchlanish 220V ni tashkil qiladi. R esa qator qarshiliklar
    yigMndisidan tashkil topadi
    R = RT + Rn + Ro + Ri
    Bunda Rt - odam tanasining qarshiligi, texnik hisoblarda 1000
    Om qabul qilinadi; Rn — odam tuigan polning qarshiligi, agar
    yog‘ochdan bo‘lgan pol boMsa, uning qarshiligi 20. 000+60000 Om
    oralig‘ida boMadi; R0 — oyoq kiyim qarshiligi, bu qarshilik ham
    oyoq kiyimining materialiga qarab 20. 000+50000 Om atrofida; Ri
    - sim (neytral) yerga ulangandagi qarshiligi (odatda, umuman har
    qanday yerga ulagich qarshiligi 4 Omdan katta boMmasligi talab
    qilinadi).
    Agar biz elektr toki ta’sirida boMgan odam o‘tkazgichdan
    iborat polda tursa, oyoq kiyimi ham elektr o‘tkazuvchi boMsa, unda
    Bu miqdordagi elektr toki inson uchun xavfli hisoblanadi
    (fibrilatsiya tokiga nisbatan 2, 2 marta ko‘p).
    Bunday holatda elektr tokiga tushib qolganda ba’zi bir omillar
    179
    bunday tokning zararlash natijasini o‘zgartirib yuborishi mumkin.
    Masalan, elektr tokiga tushib qolgan odam quruq yog‘och polda va
    oyog‘ida tok o'tkazmaydigan rezina oyoq kiyimi bo‘lsin. Unda
    uning tanasidan o‘tib ketgan tok miqdori
    / = ----------------— ---------------- = --------------------------------— ----------------------------- *0,002А = 2мЛ
    Rr + R„ + R0 10000 + 60000 + 50000
    bo'ladi. Bu esa inson tanasi uchun uzoq muddat ta’sir ko'rsatganda
    yo‘l qo'yiladigan miqdordan kam.
    Bundan tashqari rezinadan qilingan oyoq kiyimi va quruq
    yog'och pol hisoblashda qabul qilingan qarshilikka nisbatan
    ko'proq qarshilikka ega bo‘lganligini hisobga olsak, bu miqdor
    yanada kamayadi.
    Bu misollardan ko'rinib turibdiki, elektr tokining zararli
    ta’sirini kamaytirishda odam oyoq qo‘yib turgan pol va uning oyoq
    kiyimi hal qiluvchi omil hisoblanadi.
    Agar elektr tokiga tushib qolish uch fazali va uch simdan
    neytrali izolatsiya qilingan, yer bilan o‘tkazgich orasidagi elektr
    sig'imi katta boMmagan holatda yuz bersa, unda odam tanasi orqali
    oqib o‘tgan tok, elektr manbayiga izolatsiya qilingan o‘tkazgich
    orqali qaytib keladi, o‘z-o‘zidan ma’lumki, izolatsiya qarshiligi
    katta.
    Bu holda odam tanasi orqali oqib o‘tgan tok miqdori
    7 _ 1,731/,
    3 (RT + Rn+R0) + Rb '
    bunda Riz — elektr sistemasi bir fazasining yerga nisbatan
    qarshiligi, Om; Odamning bunday elektr tokiga tushib qolishining
    ikki vaziyatini ко‘rib o'tamiz.
    Odam xavfsizligi uchun noqulay vaziyat. Bunda odam turgan
    pol tok o‘tkazuvchan, shuningdek, uning oyoq kiyimi ham tok
    o'tkazadigan materialdan ishlangan, ya’ni Rn = 0; Ro = 0.
    Izolatsiya qarshiligi 60. 000 Om deb qabul qilsak,
    I = ---- 1,73 ~-38<) ---- = 0,0\A = \0.uA
    3-1000 + 60000
    Bundan ko'rinib turibdiki, bunday holatdagi odam tanasidan
    180
    oqib o'tadigan elektr toki miqdori neytrali yerga ulangan elektr
    tarmogMga nisbatan 22 marta kam ekan.
    Odam xavfsizligi uchun qulay vaziyatda esa, o‘z-o‘zidan
    ma’lumki, odam tanasidan oqib o‘tadigan tokning miqdori yanada
    kam boMadi.
    Ikki fazali tokka tushib qolish. Agar odam uch fazali elektr
    tarmogMda ishlayotgan vaqtida mabodo ikki tok o'tkazgichga tegib
    ketsa, unda bunday holat ikki fazali tokka tushib qolish deb
    yuritiladi.
    Ko‘rinib turibdiki, bunday hollarda elektr o'tkazgichlaming
    izolatsiyasi hech qanday yordam bermaydi. Shuningdek, odam
    turgan pol, uning oyoq kiyimining qarshiligi ham yordam
    bermaydi.
    Bunday elektr toki hayot uchun xavfli boMib oMimga olib
    keladi. Ko‘rib o‘tilgan ikkala holatdagi elektr tokiga tushib qolish
    Amaliy jihatdan to'gMn boMib hayotda kam uchraydi.
    Odam asosan elektr toki ta’siriga elektr qurilmalarida
    ishlayotgan vaqtda biror bir sabab natijasida elektr qurilmani elektr
    bilan ta’minlayotgan elektr simlarining izolatsiyasi yemirilishi yoki
    elektr qurilmasini harakatgacha keltirayotgan ichki elektr
    0‘ramlarini tashkil qilgan elektr o‘tkazgichIaming muhofaza
    qobiqlari yemirilishi natijasida elektr qurilmasi korpusiga tok
    o‘tkazib yuborishi natijasida tushib qoladi. Bunda elektr
    qurilmasining korpusi elektr ustanovkasini ishlatayotgan kishi unga
    teginishi bilan xuddi bir fazali tok urishi singari jarohatlanish ro‘y
    beradi. Bunday jarohatlovchi elektr tokining miqdori ham I=Uf/Rt
    formula orqali aniqlanadi.
    X. 4. EleKtr tokidan jarohatlanish sabablari va asosiy muhofaza
    vositalari
    Elektr toki ta’siridan jarohatlanishning asosiy sabablari quyida-
    gilardir:
    1) kuchlanish ostida boMgan elektr tarmoqdari yoki elektr
    oMkazgichlarga tegib ketish yoki xavf tug‘diruvchi masofaga
    yaqinlashish;
    2) elektr qurilmalari asbob-uskunalarining ustki metall kor-
    puslari va qopqoqlarida elektr o‘tkazgichlaming muhofaza qo-
    biqlarini shikastlanishi natijasida elektr kuchlanishi hosil boMishi;
    3) elektr tokini o‘chirib remont ishlarini bajarayotgan /aqtda,
    tasodifan elektr tokini ulab yuborish;
    181
    4) yer yuzasiga uzilib tushgan elektr o'tkazgichi yer yuzasi
    bo'ylab elektr tokini tarqatayotgan tok potensiallari ayirmasi hosil
    bo‘lgan zonaga bilmay kirib qolish natijasida qadam kuchlanishlar
    ta’siriga tushib qolish.
    Elektr tokidan jarohatlanishni oldini olishga qaratilgan asosiy
    chora-tadbirlar quyidagilardir:
    1) kuchlanish ostida bo'lgan o‘tkazgichlarni qo‘l yetmaydigan
    qilib bajarish;
    2) elektr tarmoqlari o‘tkazgichlarini ayrim joylashtirish;
    3) elektr qurilmalari korpusida elektr tokining hosil bo‘lishiga
    qarshi chora-tadbirlar belgilash;
    a) kam kuchlanishga ega bo'lgan elektr manbalaridan foy­
    dalanish; b) ikki qavatli muhofaza qobiqlari bilan ta’minlash;
    d) potensiallarini tenglashtirish; e) yerga ulab muhofazalash; f) nol
    simiga ulab muhofazalash; g) muhofaza o'chirish qurilmalari.
    4) maxsus elektr muhofazalash sistemalaridan foydalanish;
    5) elektr qurilmalarini xavfsiz ishlatishni tashkiliy chora-
    tadbirlarini qo'llash.
    Kuchlanish ostida bo'lgan elektr o'tkazgichlarini qo'l yetmay­
    digan qilib bajarishda tok o'tkazgichlarini muhofaza qobiqlari bilan
    ta’minlash, ulami bo'y yetmaydigan balandliklarga o'matish, shu­
    ningdek, o'tkazgichlami to'siq vositalari bilan ta’minlash kiradi.
    Elektr tarmoqlarini ayrim joylashtirishda—elektr tarmoqlarini
    o'zaro transformator yordamida tarmoqlarga bo'lib yuborish tu-
    shuniladi. Buning natijasida ajratilgan tarmoqlar katta muhofaza
    izolatsiyasi qarshiligiga ega bo'ladi, shuning bilan o'tkazgichlarining
    yerga nisbatan sig'imi kichkina bo'lganligidan xavfsizlikni
    ta’minlashda muhim rol o'ynaydi.


    Download 5,59 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




    Download 5,59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu №2: Elektr xavfsizligi. Yong‘in odini olishning asosiy vazifalari. Yong‘ining muhofazasi qoidalari bilan tanishish

    Download 5,59 Mb.