• O`qitish natijasi
  • Pedagogik vazifalar
  • O’quv faoliyati natijalari
  • O’qitish usullari.
  • O’quv faoliyatini tashkil etish shakli
  • O’qitish vositalari.
  • O’qitish sharoiti.
  • Q ayta aloqaning usul va vositalari.
  • O’quv mashg’ulotining texnologik haritasi




    Download 59.04 Kb.
    bet3/3
    Sana27.08.2023
    Hajmi59.04 Kb.
    #79601
    1   2   3
    Bog'liq
    1 mavzu

    o’quvchilar soni__ta.

    O’quv mashg’ulotining shakli turi.

    nazariy

    O’quv mashg’uloti rejasi, tuzipishi.


    1. Kirish
    2. Rangtasvir janrlari
    3. Naturadagi rangtasvir jarayoni


    O’quv mashg’uloti maqsadi: rang berish qonuniyatlari to’g’risidagi nazariy bilim ko`nikmalarini shakllantirish va mustahkamlash

    O`qitish natijasi

    Ushbu mavzuni o`zlashtirish natijasida o`quvchida shakllanadiganasosiy bilim, ko`nikma yoki kompetensiyalar




    Pedagogik vazifalar


    1. Kirish, Rang tasvir haqida tushuncha berish
    2. Rangtasvir janrlarini tushuntirish
    3. Naturadagi rangtasvir jarayonini yoritib berish

    O’quv faoliyati natijalari:


    1. Kirish, Rang tasvir haqida tushunchalariga izoh beradilar
    2. Rangtasvir janrlarini tushunganlarini gapirib beradilar
    3. Naturadagi rangtasvir jarayonini takrorlab ko`rsatadilar

    O’qitish usullari.

    Kichik axborotli, ma`ruza, tushuntirish, korsatma berish namoyish. Ko`rsatish, kitob bilan ishlash, insert, mashq, suhbat, bahs, aqliy xujum.

    O’quv faoliyatini tashkil etish shakli

    Ommaviy, jamoaviy, guruxiy, yakka tartibda. juftlikda.

    O’qitish vositalari.

    Matnlar, yozuv taxtasi, slaydlar, proyektor, kompyuter, diaproyektor, flipchart, videofilm, grafikli organizatorlar, model, mulyajlar, chizma grafiklar ,diagrammalar, namunanalar, ekspert varog`I, yo`riqnoma.

    O’qitish sharoiti.

    Maxsus jixozlangan xona

    Qayta aloqaning usul va vositalari.

    Tezkor-so`rov savol-javob,test, misol va mashqlar, bajarilgan o`quv topshiriqlarini baholash



    1-ilova.
    Sulaymon alayhisalom




    Men dovyuraklikdan ko'ra donishmandlik afzal degan o'yda edim. Ammo kambag'alning donoligidan nafratlanishar va uning so'zlarini tinglamas ekanlar.


    (2-ilova)



    1-Mavzu: KIRISH. RANG BERISH QONUNIYATLARI 



    (3-ilova)



    Nazorat uchun savollar
    1. Fanning vazifalari nimalardan iborat
    2. Fanning maqsadi deganda nima tushuniladi
    3. Sifat ko’rsatkichlari-bu?

    (4-ilova)


    Portfolio” metodi


    Portfolio” metodi asosida 1-guruҳ uchun topshiriq

    Texnologik jarayon – bu?
    Savoliga javob berish

    Portfolio” metodi asosida 2-guruҳ uchun topshiriq

    Yarimfabrikat – bu?
    Savoliga javob berish




    Portfolio” metodi asosida 3-guruҳ uchun topshiriq

    Texnologik jihoz-bu?
    Savoliga javob berish




    KIRISH. RANG BERISH QONUNIYATLARI 

    Reja:
    1. Kirish


    2. Rangtasvir janrlari
    3. Naturadagi rangtasvir jarayoni
    KIRISH
    Rangtasvir - rang san'ati. Rangtasvir - xaqiqiy hayotni aks ettirib, tamoshabinning fikri va hissiyotlariga ta'sir o`tkazuvchi tasviriy san'at turlaridan biridir.
    Biror bir satx yuzasiga, bo`yoqlar (moybo`yoq , tempera, akvarel, guash va boshqalar) bilan bajarilgan san'at asariga rangtasvir deyiladi. Rangtasvirdagi obrazlar juda yorqin va tomashabop. Rassomlar asarlarini rangtasvir va plastik vositalar bilan yaratadilar. Ular qalamtasvir va kompozitsiya imkoniyatlaridan foydalanganlari bilan, rangtasvirdagi eng asosiy ta'sirchanlikni beruvchi vositalardan biri bu rang hisoblanadi.
    Rangtasvirdagi tasvirlar tasviriy satxda uzluksiz bo`yoq qatlamini hosil qiluvchi bo`yoqlar yordamida yaratiladi. Xattoqi akvarel rangtasvirida 2.qog`ozda bo`yoq tegmagan joylar qolsa ham, tasvirning uzluksizligiga ta'sir qilmaydi, chunki bo`yoqlar bir-biriga singishib va aralashib ketishadi.
    Rangning tasviriy va ta'sirchanlik imkoniyatlaridan rangtasvirda rassomga zarur bo`lgan erkinlik va to`liq kuch bilan foydalaniladi. Rang orqali kompozitsiyadagi asosiy fikrni ajratib ko`rsatish, muhim detallarini bo`r ttirish, masofani chuqurligini berish yoki tasvirning yassiligini berish mumkin.
    Rangtasvirning eng muhim ajralib turuvchi xususiyatlari shundan iboratki, unda shakl va masofaning tasviri, obrazlar va harakatlar faqat rang orqali ko`riladi.
    Rangtasvir inson hissiyotlari va xarakterining murakkab dunyosini aks ettirishi bilan birga tabiatning nozik o`zgarishlari, fantastik obrazlar va falsafiy fikrlarni berish xususiyatiga ega. Bo`larning hammasi rangtasvir janrlari orqali beriladi.
    Dunyodagi ob'ektlar, voqea va hodisalarning turli tumanligi va rassomlardagi ularga bo`lgan qiziqishning kuchayib ketishi XVII asrga kelib rangtasvirda turli tuman janrlarning paydo bo`lishiga olib keldi. Bo`lar portret, manzara, natyurmort, animalistik, afsonaviy, tarixiy, batal va maishiy janrlar edi. Rangtasvir asarida janrlar yoki ularning elementlari aralashib kelishi mumkin. Masalan, natyurmort va manzara portretni muvaffaqiyatli to`ldirishi mumkin.
    Rangtasvir dastgoxli va monumental rangtasvirga bo`linadi.
    Rassom kartinasini podramnikki tortilgan xolstda ishlaydi. Bu xolst dastgoxga urnatilgan bo`ladi. Shu sabali ham bu dastgoxli rangtasvir deb ataladi.
    "Monumental" so`zi juda katta degan mazmunni beradi. Monumental rangtasvir esa binolarning ichki yoki tashqarigi devoriga chizilgan katta kartina (freska, panno va boshqalar) hisoblanadi. Monumental rangtasvir asarini uning asosida (devorlar, tayanch, ship va x.zo) ajratish mumkin emas. Monumental kartinalar uchun mavzular katta ahamiyat berib tanlanadi. Buning uchun tarixiy voqealar, qahramonona jasoratlar, halq ertaklari va xoqazolar tanlanadi. Monumental rangtasvir bilan panno, mozaika va vitrajlar ham bevosita bog`lanib keladi. Bu san'at turlari dekorativ rangtasvir va dekorativ san'at hisoblanadi. Bu yerda monumental rangtasvir va arxitekturaning stil va obrazli birligi muhim ahamiyatga ega.
    Rangtasvirning miniatyura, ikonaga rasm solish, dekorativ naqsh, teatr - dekoratsiyasi kabi turlari ham mavjud. Rangtasvirning harbir turlari o`zining bajarish texnikasi va badiiy - obrazli vazifalarni hal qilishi spetsifikatsiyasiga qarab ajratiladi.
    3.Rangtasvir tarixida ikonaga rasm solish san'ati katta rol uynagan. Bu san'at IV asrda Vizantiyada tugilib, bo`tun pravoslav dunyosiga tarkaladi. Ikonalar dunyoga xizmat qilib, unda faqat mukaddas diniy bitiklardagi obrazlar tasvirlangan.
    Maqbaralarda ikonalar me'morchilik, dekorativ - amaliy san'at bilan bir yaxlit kompozitsiyani tashkil etadi. Ikonadagi rasmlar diniy marosimlarda miltillab yonib turuvchi lampa va shamlar, shuningdek diniy aytimlar ta'sirida juda katta emotsional - obrazli ta'sir ko`rsatadi.
    Ikonalar iloxiy go`zallikni bera oluvchi rangtasvir asari hisoblanadi. Ikonalarning rangi shartli va dekorativ bo`lib, u real hayotni emas, balki iloxiy fikrni beradi. Shuningdek u halqning estetik ideallarini aks ettiradi. Qadimgi Rus ikonalari dunyo san'atiga juda katta badiiy kiymatga ega bo`lgan san'at asarlari hisoblanadi. F.Grek, A.Rublev, Dionisiy kabi rassomlar ikonaga rasm solish san'atining eng ko`zga ko`ringan namoyondalaridan hisoblangan.
    Miniatyura san'ati bu o`zining shartliligi, dekorativligi, shakl, faktura va bezaklarining o`ziga xos usulda berilishi bilan ajralib turuvchi kichik o`lchamdagi tasviriy san'at asari hisoblanadi.
    O`rta asrlarda qo`lyozma kitoblarga ishlangan tasvirlar miniatyura san'atining paydo bo`lishiga olib keldi.
    O`rta asrlarda kitob miniatyura san'ati Yaqin Sharq, Markaziy va O`rta Osiyo, Eron, Hindiston, Vizantiya, Qadimgi Rus va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida gullab yashnadi. Shu davrlarda yashab ijod etgan Kamoliddin Behzod , Maxmud Muzaxxib, Murod Samarkandiy va boshqa qator musavvirlar Sharq miniatyura san'atining nodir na'munalarini yaratib qoldirdilar. Bo`lar orasida Ayniqsa Kamoliddin Behzod ning faoliyati (taxminan 1466-1535 yillar) diqqatga sazovordir. Kamoliddin Behzod Xirotda tugilgan. Bu yerda Husayn Boyqaro ko`tubxonasida ishlagan. 1507 yil Xuroson Shayboniyxon qo`liga o`tgach, Behzod Buxoraga ko`chib kelgan va shu yerda 1522 yilgacha yashab, ijod qilgan va o`zining mashhur Shayboniyxon portretini yaratgan. Keyinchalik qisqa vaqt Tabrizda (1522-1524) keyin yana Xirotda yashab ijod etgan.
    Buyuk Alisher Navoiy g`amho`rligida kamol topgan Behzod Sa'diyning "Bo`ston", "Guliston", Nizomiyning "Hamsa", Hisrav Dehlaviyning "Xamsa", Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asarlariga ko`plab suratlar chizgan.
    A. Navoiyning dostonlarini ajoyib suratlar bilan bezagan. Behzod ning ijodiy rejalarini keyinchalik uning shogirdlari Qosim Ali, Maxmud Muzaxxib, Mulla Yusuf va boshqalar davom ettirdilar. O`rta asrlar kitob miniatyurasi hozirgacha bizni o`zining go`zalligi, bo`yoqlarining yorqinligi 4.va tozaligi, bezaklarining murakkabligi, obrazlarining qiziqarliligi bilan lol qoldirib keladi.
    Rangtasvirning yana bir turi dekorativ naqqoshlik hisoblanadi.
    Kartina va monumental rangtasvirdan farqli bo`lgan mustaqil fikriy - obrazga ega bo`lmagan, dekorativ xarakterga ega bo`lgan syujetli rangtasir kompozitsiyalari dekorativ rangtasvir deyiladi. Dekorativ rangtasvir me'moriy inshoot va dekorativ - amaliy san'at buyumlaridagi bezaklarning turli ko`rinishlarini birlashtiradi.
    Me'moriy dekorativ bezak devorga, gumbaz, fasad va binoning boshqa elementlariga yoki xolstga bajarilishi mumkin.
    Teatr dekoratsiyasi ham rangtasvirning turlaridan biri hisoblanadi. Uning vazifasi spektaklning obrazini yaratishdan iboratdir. Spektaklni badiiy bezash stsenografiya deb ham yuritiladi.
    Rangtasvir janrlari
    Rangtasvir texnikasi asrlar davomida muntazam ravishda mukammallasha borgan. Rantasvirchilarni turli-tuman syujetlar borgan sari e'tiborini tortgan. Bu o`zgarishlarning barchasi XVII asrga kelib faqat rangtasvirdagina emas, balki grafika va haykaltaroshlikda ham turli janrlarni paydo bo`lishiga olib keldi. Rangtasvir janrlarining quyidagi turlari mavjud: portret, natyurmort, manzara, animal, tarixiy, maishiy, afsonaviy va batal janri va boshqalar. Quyida biz bu janrlarning paydo bo`lishi va rivojlanish tarixiga to`xtalib o`tamiz.
    Portret
    Portret - bitta odam yoki odamlar guruhining tasvirlari bilan farq qiluvchi tasviriy san'at janrlaridan biridir. Portretda rassom insonning 16.tashqi, individual o`xshashligini ko`rsatibgina qolmasdan, inson xarakteri, uning ma'naviy dunyosini ham ochib bera oladi.
    Portretning turli ko`rinishlari mavjud. Ularga belgacha bo`lgan portret, byust (xaykaltaroshlikda), bor buyi bilan chizilgan portret, odamlar guruhi portreti, interer yoki manzara fonidagi portretlar kiradi. Tasvirlash xarakteriga ko`ra portret ikkita asosiy guruhga ajratiladi: ya'ni odamning bor bo`yi bilan chizilgan (otda, o`tirgan yoki turgan holatda) portreti (parad portreti) va beligacha, yelkagacha chizilgan portreti.
    Bitta xolstda chizilgan tasvirlarning soniga qarab portretlar ikki kishilik va guruhiy portretlarga ham ajratiladi. Turli xolstga chizilgan, lekin kompozitsiyasi, formati va koloritga ko`ra bir-biriga mos bo`lgan portretlar juft portretlar deyiladi. Ko`pincha bunday portretlarda er-xotinlar tasvirlanadi. Ko`pincha portretlar yaxlit ansamblni - portretlar galereyasini tashkil qiladi.
    Portretda odam qandaydir, allegorik, mifologik, tarixiy, teatrlashtirilgan yoki adabiy personaj holatida tasvirlangan bo`lsa bunday portretlarga kostyumlashtirilgan portretlar deyiladi. Bu portretlarni nomlashda ko`pincha "ko`rinishda" yoki "obrazda" so`zlari qo`shiladi (masalan, Yekaterina II Minerva ko`rinishida, A.Abdullayevning "Abror Hidoyatov Otello rolida"). Portretlar o`lchamiga ko`ra ham ajratiladi, masalan miniatyura portretlari. Bundan tashqari rassomlar o`zlarining portretlari - avtoportretlarni ham ishlashadi. Portretlar faqatgina modelning individual belgilarinigina emas, balki shu odam yashagan davr ruhini ham o`zida aks ettiradi.
    Portret san'ati bir necha ming yillik tarixga ega. Qadimgi Misrda ham haykaltaroshlar odamning tashqi ko`rinishiga juda o`xshagan tasvirlar yaratishgan. Chunki ularning fikricha odam dunyodan o`tganidan so`ng uning ruhi shu yaratilgan o`xshash tasvirlarga ko`chishar ekan. I-III asrlarda enkaustika texnikasida (mum rangtasviri) yaratilgan fayyum portretlari ham shu maqsadga xizmat qilgan.
    Ular o`zlarining yorqin hayotiy obrazliligi, shaklining hajmliligi bilan ajralib turadi.
    Qadimgi Gretsiyada shoirlar, faylasuflar va boshqa mashhur kishilar portretlarini ishlash urf bo`lgan. Qadimgi Rim portret xaykaltaroshligiga xos bo`lgan asarlar o`zlarining haqqoniyligi va aniq psixologik xarakterini ochib berishi bilan mashhur bo`lgan. Ular insonning individual belgilarini aks ettirgan.
    Insonning yuzini haykaltaroshlikda yoki rangtasvirda tasvirlash barcha davrlarda ham rassomlarni o`ziga jalb etgan. Portret janri ayniqsa Uyg`onish davrida gullab yashnadi.
    17.Uyg`onish davri rassomlari portret obrazlarining mazmunini chuqurlashtiradi, ularni intellekt, qalb uyg`unligi va ko`pincha ichki dramatizm bilan tasvirlaydi.
    XVII asrga kelib intim portretlari birinchi planga chiqadi.
    O`sha davrning buyuk rassomlari- Rembrand, Van Reyn, F. Gals, Van Deyk, D.Velaskes oddiy insonlarni tasvirlab, ulardagi insonparvarlik va ko`ngil boyligini ko`rsata olishgan.
    Rossiyada portret janri XVIII asr boshlaridan rivojlana boshladi. O`sha davr rassomlari F.Rokotov, D.Levitskiy, V.Borovikovskiylar buyuk insonlarning portretlarini yaratganlar. Ayniqsa ayol obrazlari juda maftunkor va go`zal, lirika bilan sug`orilgan.
    Sayyor rassomlardan V.Perov, M.Kramskoy, I.Repin buyuk zamondoshlarining portretlarnini yaratishgan. Portretda tasvirlanayotgan odamlarning individual va tipik belgilari, ma'naviy-ruhiy olami ularning yuzi, holati va hatti-harakatlari orqali ochib berilgan.
    XX asrda portret o`zida turli-tuman, qarama-qarshi tendentsiyalarni yorqin realistik, individual xarakteristika va modelning abstrakt, ekspressiv deformatsiyasini (P.Pikasso, A.Modilyani, E.A. Burdel, S.Konenkov, M.Nesterov, P.Korin Rossiyada) yaratadi.
    Portretlar bizga faqat turli davrlarda yashab o`tgan insonlarni aks ettirib beribgina qolmay, balki rassomning tasvirlanayotgan insonga bo`lgan munosabatini va dunyoni qanday qabul qilganini ham aks ettiradi.
    belgilab,nisbatlarni tekshirish uchun darxol asosiy soya va yorug’likni umumiy sinchiklab o’rganib chiqing va har doim,har vaqt tasvirni boshidan oxirigacha umumlashtirgan holda chizing xamda mayda bo’laklarga oxista kirishing.Mana sizlarga chizishning siri».
    Rangtasvirda xam,ish boshlashdan avval naturadagi umumiy rang munosabatlarini diqqat bilan o’rganib chiqish lozim. Shuning uchun bu masalaga 5-10 minut vaqt sarflab, naturaning umumiy rang munosabatlarini tushunish kerak: eng och va eng to’q (zich) dog’ qaerda, tusi va rang kuchi bo’yicha asosiy farqlar (to’yinganligi) qanday ekanligini topish kerak. Masalan, naturadagi sariq olmalar fondagi sariq mato bilan solishtirilsa, olmalar matodan ochroq ularning sariq tusi sariq matoga nisbatan yorqinroq (to’yingan)ko’rinadi. Rangning uch xil o’ziga xosligi bo’yicha natura qo’yilmasidagi buyumlarning asosiy rang xususiyatliligi mavjud.
    Ob’yektdagi umumiyligni topilishi rasomni naturadagi ikkinchi darajali belgilar uning mayday bo’laklarga,kaloritli masalaga mustasno xolda e’tibor berishdan, umumiy tus va rang xolatini,asosiy tus va rang munosabatlarini patdo qilishdan chalg’itishga xarakat qiladi.Shunday qilib naturaning ranglar qonuniyatlarida xam, asosiga ershiladi, etyudning keyingi mayda detalli ishlariga poydevor yaratiladi.
    Rang munosabatlarini eng avvalo och va intensiv ranglarni qidirishdan boshlash kerak,so’ng eng to’qini topib,qolganlarini esa shularga nisbatan aniqlash ma’qul. Keyingi tuslarga biroz to’qroq va biroz intensiv bo’lganlar va boshqalar kirasdi.Murakkab kulrang tuslar oxirida beriladi.
    Dastlabki va yakunlovchi tuslarni har doim ham eng och va eng to‘q hamda to‘yingan qilib olinmaydi. Qo‘yilmadagi eng och joy har doim ham oq bo‘lavermaydi, eng to‘q joy esa qora bo‘lmaydi. Kuchli to‘yingan yorqin ranglar ham kamdan-kam uchraydi. Natyurmortdagi qizil pomidorni odatda yorqinligi bo‘yicha toza qirmizi rangda emas, balki uni 50% ga sustroq tusda berish ma’qul. Hattoki bahorgi o‘t - o‘lanlarni tasvirlashda juda ehtiyotkor bo‘lish lozim. Uning yorqinligini shunday kuchaytirib tasvirlash mumkinki, natijada u o‘zining tabiiy ko‘rinishidan boshqacha bo‘lib chiqib qoladi. Shuning uchun ishga kirishishdan avval umumiy tus va ranglar kuchini aniqlab olish kerak: munosabatlarni qanday bo‘yoqlar yig‘indisida bajarish – och yoki to‘q, yorqinlikning (to‘yinganlik) qanday chegarasida bo‘lishini ham aniqlash muhim. Qisqa qilib aytganda, naturaning umumiy tus va rang holatini bilish kerak.  Bunday holatni saqlab qolish uchun balki ranglar munosabatini chegaralangan bo‘yoqlarda tasvirlashga to‘g‘ri keladi. Ishni eng och, to‘q va yorqin tuslardan boshlaganda politradagi barcha ranglardan, shu bilan birga eng yorqin va keskin bo‘yoqlardan foydalanish shart emas.
    Yorug‘-soya va rang munosabatlarini aniqlashda umumiydan hususiyga qarab borish lozim. Avvalo asosiy ob’ekt oralig’idagi tus farqlarini topish muhim : natyurmortda, masalan, stol yuzasi va fon oralig‘idagi ko‘za, choynak va ko‘zaga tushayotgan yorug‘lik va boshqalar. Manzarani tasvirlashda avvalo osmon va yerning alohida jismlarini bir-biriga va ularning yaxlitligida bo‘lgan rang munosabatlarida aniqlash kerak. Inson qomati tasviri yoki portret ham xuddi shu tariqa bajariladi.
    Naturani yaxlit idrok etganda, yorug‘lik tikka ta’sir etayotgan joydagi narsalar yagona bir qismni tashkil etadi va undagi dog‘lar kuchliligi bo‘yicha soya qismdagiga teng kela olmaydi. Xuddi shularni shaxsiy va tushayotgan soyalarga moslash mumkin: ular tus bo‘yicha yarimsoya bilan yaxshi chiqishadi, yarimsoya esa tasvirning yorug‘lik qismlaridagi kuchga teng kela olmaydi. Soyadagi refleks yarimsoyadan och bo‘la olmaydi, ammo shaxsiy soyaning umumiy tusiga bo‘ysunadi. Ob’ektdagi ushbu katta shakllar yoki buyumlar guruhi tusi va rangining to‘g‘ri saqlanishi tasvirga yaxlitlik va yoritilishining to‘g‘ri bo‘lishiga turtki bo‘ladi.
    Umumiy ranglar munosabati va navbatdagi ishning davomi naturaga hos koloritni hisobga olgan holda borishi kerak. Naturadan kam ishlagan, tajribasiz rassomlar u yoki bu natyurmort ranglavha etyudini , manzarani yoki portretni tasvirlayotganda har doim ham undagi yaxlitlik va bo‘yoqlar birligini muvaffaqiyatli bajara olishmaydi. Naturadan ishlash jarayonida har bir aniq holatda koloritni tushunib yetish, tusli va rangli holat xususiyatini ko‘rsata bilishlari zarur. Hamma gap natura bo‘yoqlaridagi umumiy tus, rang holati va kolorit birligini ko‘rish va tushunib yetishdadir.
    Tasvirdagi qismlar yig‘indisi yaxlitga teng emas, chunki yaxlitlik – bu qismlar yig‘indisiga birlik, shu qismlarning bir-biriga bo‘ysunganligi va jamlanganligi hisoblanadi. Akademik Ye.A.Kibrik tasvirlashning yaxlitligi haqida shunday yozgan : “Yaxlitlik qonuniga bo‘ysunmasdan turib, naturadan na qalamda, na rangda tasvirlash mumkin emas. Shakl ham, rang ham o‘z-o‘zidan mavjud bo‘lmaydi, faqat yaxlitlik qismi kabi yaxlitlikka nisbatan bo‘ladi”.
    Shu o’rinda har bir bo’lajak rassom yoki tasviriy san’atni o‘rganuvchi tasvirlash jarayonini narsani o‘ziga qarab chizishdan boshlashi, bundan ko‘proq foydalanishi lozimligi hamda ushbu usul tasavvur qilish qobiliyatini o‘stirishda samarali natijalarga olib kelishi haqida alohida to‘xtalib o‘tmoqchimiz.
    Adabiyotlar:
    1. X. Egamov «Bo`yoqlar bilan ishlash» T-1987 y.
    2. Ensiklopediya xudojnika. Izdatelstvo «Vneshsigma» 2000 g.
    3. «Shkola izobrazitelnogo iskusstva» Izd «Izobrazitelnoe iskusstvo», 1989 g.
    4. Risunok.Jivopis.Kompozitsiya.(Xrestomatiya) Moskva."Prosveщenie"1989
    5 S.ABDIRASILOV, N.TOLIPOV,N.ORIPOV «RANGTASVIR»
    (O’quv –meto’dik qo’llanma) Toshkent -2003y
    Download 59.04 Kb.
    1   2   3




    Download 59.04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’quv mashg’ulotining texnologik haritasi

    Download 59.04 Kb.