• Markazdan qochma usulda quyish
  • Nazorat savollari
  • O‘quv modul birliklari: Suyuqlanuvchan modellar bo’yicha quyish




    Download 0,62 Mb.
    Pdf ko'rish
    Sana30.01.2024
    Hajmi0,62 Mb.
    #148322
    Bog'liq
    8-маъруза



    8-Ma’ruza
    Mavzu:Qolipga suyultirilgan metallni quyish va quymani sovutish 
    texnologiyasi 
    O‘quv modul birliklari: 
    1. 
    Suyuqlanuvchan modellar bo’yicha quyish 
    2. 
    Bosim ostida quyish 
    3. 
    Kokilga quyish 
    4. 
    Markazdan qochma usulda quyish 
    Suyuqlanuvchan modellar bo’yicha quyishning mohiyati ajralmaydigan butun 
    qoliplarda suyuq metalldan quymalar olishdir, bunda qolip ishchi bo’shlig’i oson 
    suyuqlanuvchi materialdan tayyorlangan model yodamida hosil qilinadi, model 
    dastlabki qizdirish jarayonida qolipdan chiqib(oqib) ketadi. Suyuqlanuvchi 
    modellar ikki va undan ortiq komponentli model tarkibidan iborat. Modellar 
    tayyorlash uchun P-3 model tarkibi keng qo’llaniladi, uning tarkibiga parafin, 
    sintetik tserezin, ko’mirli vosk va kubli qoldiq kiradi. Bunday tarkibli aralashma 
    press-forma bo’shlig’ini yaxshi to’ldiradi, toza va aniq iz qoldiradi. Suyuqlanuvchi 
    modellar press-formalarda tayyorlanadi, press-formalar gorizontal yoki vertikal 
    ajraluvchi ikki yoki undan ortiq qismlardan iborat. Press-formalardan modellarni 
    olish uchun maxsus tolkatel(surgich)lar qo’llaniladi.
    Tarkibi pastasimon holdagi model avtomatik qurilmali yoki qo’lda press-
    formada presslanadi(8.1-rasm, a). Model tarkibi qotganidan keyin press-forma 
    ochiladi va model sovuq suvli vannaga tushiriladi. Keyin modellar umumiy quyish 
    tizimli bloklarga yig’iladi(8.1-rasm, b), bunday bloklar payatlash, yelimlash yoki 
    blok qismlari mexanik mahkamlash yo’llari bilan tayyorlanadi. Bitta blokda 2 
    tadan 100 tagacha model biriktiriladi. Suyuqlanuvchan modelli qoliplar maxsus 
    olovbardosh aralashmadan tayyorlanadi. Bu aralashma maxsus bog’lovchi, 
    gidrolizlangan etil-silikat eritmasi, olovbardosh to’ldiruvchi(changsimon kvarts va 
    boshqa elementlar)lardan tashkil topgan. Suyuqlanuvchan modelli qoliplar bir 
    martalik modelni bir necha martalab olovbardosh aralashmaga tushirilib(8.1-rasm, 
    v), keyin obsipka(8.1-rasm, g) va havoda qotirish bilan tayyorlanadi. Obsipka 


    odatda 3-5 ta qatlam qilib yotqiziladi. 
    Model qolipdan issiq suv yoki parda qizdirilishi natijasida suyuqlanib tushirib 
    yuboriladi(8.1-rasm, d, e). Model chiqarib yuborilganidan so’ng yupqa devorli 
    quyma formalar opokalar yordamida formovkalanadi(8.1-rasm, j), keyin uni 
    pechda 6-8 soat davomida 850-950
    0
    C haroratda toblanadi(mustahkamlanadi), bu 
    jarayon model tarkibining qoldiqlari, chala gidroliz mahsulotlari, bog’lovchi 
    qismlari, olovbardosh material zarrachlarini yo’qotish va qolgan suvning 
    bug’lanishi uchun amalga oshiriladi.
    8.1-rasm. Suyuqlanuvchan modellar boy’icha quyishda formovka 
    operatsiyaning ketma-ketligi 
    Suyuqlanuvchan modellar bo’yicha qoliplarga quyish qizdirilgan holda, 
    toblashdan so’ng amalga oshiriladi. Quyish erkin, markazdan qochma usulda, 
    vakuumda yoki boshqa usullarda bo’lishi mumkin, quyma qotganidan so’ng uni 
    qolipdan mexanik va kimyoviy usullarda tozalanadi, qirqiladi va termik ishlov 
    berishga tortiladi.
    Suyuqlanuvchi 
    modellar 
    bo’yicha 
    zagotovkalar 
    quyish 
    jarayoni 
    mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan. Suyuqlanuvchan modellar bo’yicha 


    quyish har qanday qotishmalardan murakkab va aniq quymalar olish imkonini 
    beradi, mexanik ishlov berish miqdorini kamaytiradi, quyma formani yaxshi 
    to’ldirilishi uchun qulay shart-sharotlarini yaratib beradi. Bu usul yordamida 
    diametri 1 mmgacha teshiklari mavjud bo’lgan massasi 0,02-15 kg gacha va 
    devorlari qalinligi 0,5 mmgacha bo’lgan quymalar tayyorlash mumkin. 
    Suyuqlanuvchan modellar bo’yicha quyish usuli bilan asbobsozlik, aviatsiya va 
    sanoatning boshqa sohalari uchun ko’plab zagotovka, detallari quyiladi. Shu bilan 
    birga bu usul kamchiligi quymalar tayyorlash jarayonining murakkabligi va uzoq 
    davom etishidir, bu usulda quyish uchun quymakorlikning qimmatbaho jihozlari 
    qo’llaniladi. 
    Qobiq qoliplarga quyish usuli qoliplarga suyuq metallni quyib quymalar 
    olishni o’z ichiga oladi, bunda qoliplar maxsus termoreaktivli bog’lovchi materialli
    aralashmadan qizdirilgan model jihozlari bo’yicha tayyorlanadi. Qolip aralashmasi 
    mayda donali kvars qumi yoki sirkonli termoreaktiv bog’lovchi materiallar 
    aralashmasidan iborat, xususan, pulverbakelit(smola PK 104). Qolip aralashmasiga 
    namlagich(kerosin, glitserin), erituvchi(atseton, etil spirti) va boshqa moddalar 
    qo’shiladi.
    Qobiq qoliplar tayyorlashda model plitasi va model pechda 200-250
    0
    C da 
    qizdiriladi va keyinchalik qobiqning oson ajralishi uchun pulverizator surtiladi, 
    so’ngra plita 1 qolip aralashmali bunkerga 2 mahkamlanadi(8.2-rasm, a) va 180
    0
    ga 
    buriladi(8.2-rasm, b). Qolip aralashmasi model plitasiga to’kilib 10-30 s ushlab 
    turiladi. Model plitasi issiqligidan termoreaktiv smolaning chegaraviy qatlami 
    suyuqlanadi, qum zarrachalarini o’ziga yopishtiradi va 5-15 mm qalinlikdagi qum-
    smola qobig’ini 4 hosil qilib qotib qoladi, bunda qobiq qalinligi ushlab turish 
    vaqtiga bog’liq. Bunker dastlabki holatiga qaytib keladi(8.2-rasm, e), ortiqcha 
    qolip aralashmasi tayyor qobiq 5 ustidan to’kilib(sepilib) ketadi , qobiq model 
    plitasi bilan birga pechda 300-350
    0
    C da toblanadi, bunda smola qattiq holatga 
    o’tib qoladi. Qattiq qobiq model yuzasidan maxsus itargichlar yordamida 
    olinadi(8.2-rasm g). 
    Bu usul yordamida qobiq qoliplardan tashqari qobiq sterjenlar ham 


    tayyorlash mumkin, ularni tayyorlashda qizdiriladigan metall sterjenlardan 
    foydalaniladi. Qoliplarni yig’ish jarayonida yarimformalar maxsus yelim 
    yordamida presslarda bir-biriga yelimlanadi, bu chokning yuqori mustahkamligini 
    ta’minlaydi.
    Qoliplarga quyish gorizontal yoki vertikal holatda amalga oshiriladi. Vertikal 
    holatda quyishda ular opokaga 7 joylashtiriladi va barvaqt yemirilish oldini olish 
    uchun cho’yan drob 8 bilan sepib ko’miladi(8.2-rasm, d). 
    Quymalarni qolipdan ajratib olish vibratsion panjaralarda yoki maxsus ajratib 
    oluvchi qurilmalarda amalga oshiriladi. Quymalarni tozalashda g’udurlar 
    yo’qotiladi, najdak dastgohlarida ta’minlagichlar olib borish joylari tozalanadi va 
    quymalar drobotish yordamida ishlov berishga tortiladi. Qobiq qoliplar va 
    sterjenlar tayyorlovchi ko’ppozitsiyali avtomatik mashinalar va avtomatik 
    liniyalar sanoatga joriy qilingan. Qobiq qoliplarga quyish usuli quymalarning 
    yuqori aniqligi, kichik g’adir-budurligini ta’minlash imkonini beradi, formovka 
    materiallari sarfini kamaytiradi va mexnik ishlov berish miqdorini kamaytiradi, 
    mehnat 
    unumdorligini 
    oshiradi. 
    Qobiq 
    qoliplarda 
    barcha 
    quymakorlik 
    qotishmalaridan devori qalinligi 3-15 mm massasi 0,2-50 kgli quymalar tayyorlash 
    mumkin, bu usul bilan asboblar, avtomobillar, traktorlar, metall kesuvchi 
    dastgohlar va boshqalar uchun detallar zagotovkalari olish mumkin.
    Metall qoliplarda quymalar olish. Kokilga quyish usuli suyuq metallni metall 
    qoliplar(kokil)larga quyib quymalar olishni o’z ichiga oladi. Quymani 
    shakllantirish jarayoni suyuq metalldan massiv metall kokilga intensiv issiqlik 
    ajralishi sharoitida ro’y beradi, bunda quyma sovib qotib qoladi.


    8.2-rasm. Qobiq qoliplar tayyorlanishining texnologik ketma-ketligi 
    Oddiy 
    konfiguratsiyali 
    quymalar 
    silkitib 
    tushiriladigan 
    kokillarda 
    tayyorlanadi(8.3-rasm, a). Kichik bo’rtiq va botiqli murakkab bo’lmagan tashqi 
    yuzali quymalar vertikal ajraluvchi kokillarda tayyorlanadi(8.3-rasm, b). Yirik 
    oddiy konfiguratsiyali quymalar olish uchun gorizontal ajraluvchi kokillardan 
    foydalaniladi(8.3-rasm, v). Kombinir ajraluvchi kokillar murakkab quymalar 
    tayyorlash uchun qo’llaniladi. Quymalardagi bo’shliqlar qumli yoki metall 
    sterjenlar yordamida shakllantiriladi. Metall sterjenlar quyma kokildan 
    ajratilmasdan oldin, quymada qattiq qatlam hosil bo’lgandan so’ng chiqariladi. 
    Suyuq metall qolipga yuqoridan olib boriladi; agar sifon usulida quyilayotgan 
    bo’lsa pastdan, bir nechta sathlarda joylashgan ta’minlagich yoki ta’minlagichlar 
    darchali bo’lsa yon tomonidan olib boriladi. Havo va gazlar chiqib ketishi uchun 
    kokil ajraladigan tekisligida ventilyatsion kanallar kesib tayyorlanadi. Kokil 
    bo’shlig’idagi quymalar itargichlar yordamida chiqariladi. Berilgan issiqlik rejimi 
    kokil qizish va sovush tizimini ta’minlaydi. Kokillar kulrang va yuqori 
    mustahkamlikka ega bo’lgan cho’yanlar, po’lat va alyuminiy qotishmalarni quyib, 


    mexanik ishlov berisb yoki boshqa usullar bilan tayyorlanadi.
    8.3-rasm. Kokil konstruksiyalari 
    Kokilda quymalar tayyorlash texnologik jarayoni quyidagilarni o’z ichiga 
    oladi: kokilni 150-300
    0
    C gacha qizdirish, ishchi yuzasi 0,3-0,8 mm qalinlikdagi 
    termoizolyatsion qoplama bilan qoplanadi, sterjenlarni o’rnatish, quyilgan suyuq 
    metallni ushlab turish va kristallantirish va quymani shakllantirish, qolipni ochish 
    va quymani chiqarish. Kristallanish tezligini pasaytirish va quymani sovutish 
    hamda kokilning barqarorligini ta’minlash uchun kokilning ishchi yuzasiga 
    olovbardosh materiallar(kvars uni, talk, grafit vaboshqalar) va bog’lovchi 
    material(suyuq shisha)lardan tayyorlangan termoizolyatsion qoplama surtiladi. 
    Texnologik jarayonning barcha operatsiyalari mexanizatsiyalashtirilgan va 
    avtomatlashtirilgan. 
    Hozirda 
    quymalar 
    tayyorlashning 
    birpozitsiyasli 
    va 
    ko’ppozitsiyali avtomatik kokil mashinalari va avtomatik kokil liniyalari 
    qo’llanilmoqda. Kokilga quyish formovka va quymalarni qolipdan ajratish kabi 
    mehnattalab operatsiyalarni, qolip va sterjen aralashmalari sarfini kamaytirish yoki 
    butunlay yo’q qilish imkonini beradi, quyma o’lchamlari aniqligini oshiradi va 
    yuza g’adir-budurligini kamaytiradi, quymalarni mexanik ishlov berish miqdorini 
    kamaytiradi. Kokilga quyish devorlari qalinligi 3-100 mm, massasi 0,1-500 
    kggacha bo’lgan turli shakldagi quymalar olish imkonini beradi. Kokilga quyish 


    usuli priborlar korpuslari, ichki yonuv dvigateli detallari va boshqa cho’yan, po’lat 
    va rangli metall qotishmalaridan detallar tayyorlashda qo’llaniladi.
    Bosim ostida quyish metall qoliplarda quymalar olish jarayoni bo’lib, suyuq 
    metallni metall qolipga quyish va quymani shakllantirish bosim ostida amalga 
    oshiriladi, bu jarayon suyuq metalldan massiv metall press-formaga intensiv 
    issiqlik ajralishi sharoitida ro’y beradi, bunda quyma sovib qotib qoladi. Bosim 
    ostida quyish maxsus sovuq va issiq kamerali presslash mashinalarida amalga 
    oshiriladi. 
    Sovuq gorizontal kamerali presslash mashinasi yordamida quymalar 
    olishda(8.4-rasm) suyuq metall portsiyasi presslash kamerasiga 1 quyiladi. Press 
    forma harakatlanuvchi 4 va harakatlanmaydigan 3 yarimformalardan iborat bo’lib, 
    ularga metall plunjer 2 yordamida beriladi. Quymadagi bo’shliqilar metall 
    sterjenlar 5 yordamida hosil qilinadi. Metall qotganidan so’ng press-forma ochiladi 
    va quyma 7 bo’shliqdan itargichlar 6 yordamida chiqariladi. Sovuq kamerali 
    presslash mashinalarida mis,alyuminiy, magniy va tsirkoniy qotishmalaridan 
    massasi 45 kggacha bo’lgan quymalar tayyorlash uchun qo’llaniladi. Plunjerning 
    suyuq metallga ko’rsatidagan bosimi 50-200 Mpa ni tashkil etadi.
    Issiq kamerali presslash mashinalarida(8.4-rasm, b) presslash kamerasi 2 
    qizidiriladigan suyuq metalli tigelda 1 joylashgan. Plunjerning 3 yuqori holatida 
    qotishma presslash kamerasini teshik 4 orqali to’ldiradi. Plunjer pastga 
    harakatlanganida teshik yopiladi, 10-30 Mpa bosim ostidagi qotishma press-forma 
    5 bo’shlig’ini to’ldiradi. Quyma qotganidan so’ng plunjer dastlabki holatiga 
    qaytadi, suyuq metall qoldiqlari kanal orqali presslash kamerasiga oqib ketadi, 
    quyma press-formadan itargich(surgich) 6 yordamida chiqarib olinadi. Bunday 
    mashinalar qo’rg’oshin-surmali, ruxli va alyuminiyli qotishmalardan massasi bir 
    necha grammdan 25 kggacha bo’lgan quymalar tayyorlash uchun qo’llaniladi.
    Bosim ostida quyish yuqori mexanizatsiyalashgan jarayondir, hozirda metall 
    quyish, press-forma ishchi yuzalarini tozalash, moylash va boshqa jarayonlar 
    avtomatlashtirilmoqda. Bosim ostida quyish usuli yordamida shakli,massasi va 
    o’lchamlari tayyor detalnikiga maksimal darajadagi yaqin bo’lgan quymalar olish 


    imkonini beradi, bu usul bilan diametri 1 mmgacha teshiklari mavjud bo’lgan, 
    devorlari qalinligi 0,6-0,8 mmgacha bo’lgan murakkab ingichka devorli quymalar 
    olish mumkin. Bosim ostida quyish usuli bilan priborlar korpuslari, dekorativ 
    buyumlar, yengil avtomobillar dvigatellari uchun detallar va boshqa detallar 
    zagotovkalari tayyorlanadi. Bu usulning kamchiliklariga press-formalar narxining 
    qimmatligi, ularning tayyorlanish murakkabligi, chegaralangan xizmat qilish vaqti, 
    yoriqlar paydo bo’lish xavfi va boshqalar misol bo’ladi. 
    Markazdan qochma usulda quyishning mohiyati aylanuvchi qoliplarda suyuq 
    metalldan quymalar olishdan iboratdir. Quymani shakllantirish maxsus gorizontal 
    yoki vertikal o’q bo’yicha aylanuvchi mashinalarda marakazdan qochma kuch 
    ta’sirida amalga oshiriladi.
    8.4-rasm. Mashinalarda quymalar tayyorlash jarayonining sxemasi 
    Gorizontal o’q bo’yicha aylanuvchi mashinalarda(8.5-rasm, a) kovshdagi 1 
    suyuq metall maxsus tarnov 2 orqali aylanish chastotasi 200-1400 ayl/minga teng 
    bo’lgan qolipga 3 oqib tushadi. Qolip ichki devorlariga tushgan suyuq metall ichi 
    bo’sh silindr quymani hosil qiladi, quyma qotib bo’lganidan so’ng qolipdan 


    chiqarib olinadi. Bunday mashinalarda truba, vtulka, gilza tipidagi detallar 
    zagotovkalari tayyorlanadi. 
    Vertikal o’q bo’yicha aylanuvchi mashinalarda(8.5-rasm, b) kovshdagi 1 
    suyuq metall aylanish chastotasi 160-500 ayl/minga teng bo’lgan qolipga quyiladi. 
    Qolip tubiga oqib tushayotgan metall markazdan qochma kuchlar ta’siriga tushib 
    qoladi va yon silindrik devor atrofida aylana qatlamlar hosil qilib 
    siqiladi(bosiladi). Qolip suyuq metall to’la qotmagunicha aylanaveradi, keyin qolip 
    to’xtatilib undan quyma ajratib olinadi.Bunday mashinalarda katta diametrli 
    balandligi uncha yuqori bo’lmagan quymalar: koltsolar, tishli g’ildirak venetslari 
    va boshqalar tayyorlanadi. Vertikal o’q bo’yicha aylanuvchi qolipdagi suyuq 
    metallning ichki erkin yuzasi aylanish paraboloidasi shakliga ega bo’ladi, natijada 
    quyma balandligi bo’yicha devorining qalinligi turlicha bo’ladi. Bu bunday 
    mashinalar qo’llash imkoniyatini pasaytiradi. Markazdan qochma usulda quyishda 
    sterjen tayyorlash uchun xarajatlar yo’q bo’lib, quyish tizimiga metall sarfi 
    kamayadi, qolipni metall bilan to’ldirishi yaxshilanadi va qum qoliplarda quyish 
    usuliga nisbatan quymalar zichligi ortadi. 
    8.5-rasm. Markazdan qochma usulda quyuvchi mashinalarda quymalar 
    tayyorlash sxemasi: 
    a – gorizontal o’q bo’yicha aylanuvchi; b – vertikla o’q bo’yicha aylanuvchi 
    Nazorat savollari: 
    Kokil qoliplar bilan qum-gilli qoliplarning farqi? 
    Markazdan qochma usulda quyuvchi? 

    Download 0,62 Mb.




    Download 0,62 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘quv modul birliklari: Suyuqlanuvchan modellar bo’yicha quyish

    Download 0,62 Mb.
    Pdf ko'rish