Quyuv mexanika zavodi




Download 1.83 Mb.
Sana17.09.2022
Hajmi1.83 Mb.
#26015
Bog'liq
abdullaev Ikrom 1




Quyuv – mexanika zavodi
Toshkent shahrining Bektemir tumanida joylashgan “Quyuv – mexanika zavodi” shoʻba korxonasi tumanning eng yirik korxonasi hisoblanadi. 46 gektar hududni egallagan korxonada bugungi kunda 1 ming 450 nafarga yaqin ishchi-xodim faoliyat ko‘rsatmoqda. Korxonada xalqaro standartlarga muvofiq ISO 9001 sifat menejmenti tizimi joriy etilgan. Ushbu korxonaga Germaniya, Sloveniya, Belarus, Rossiya, Ukraina davlatlaridan zamonaviy texnikalar va quyuv dastgohlari keltirilib, ulardan unumli foydalanilmoqda. Korxona rahbari Kamoliddin Rashidovning aytishicha, so‘nggi yillarda bu yerda ishchi-xodimlarga har tomonlama qulay sharoitlar yaratib berish, iqtidorli mutaxassislarni jamlash hamda sexlarga zamonaviy dastgohlarni joriy etish yo‘li bilan yangi turdagi vagonlarni sifatli qurishga, ularni ehtiyot qismlarini shu yerning o‘zida ishlab chiqarishga katta ahamiyat qaratilmoqda. Xususan, bundan 5 yil avval ishlab chiqarilayotgan vagonlar ehtiyot qismlarining 80 foizi xorijdan chet el valyutalariga import qilingan bo‘lsa, mahalliylashtirish dasturining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani bois bugungi kunga kelib ularning 70 foizi o‘zimizda, ushbu korxona mutaxassislari tomonidan ishlab chiqarilmoqda va millionlab xorij valyutasi tejab qolinishiga erishilyapti. Ayni vaqtda korxonada yigirmata sex mavjud bo‘lib, 400 turdan ortiq butlovchi qismlar ishlab chiqarilmoqda. – Korxonamizda 5 turdagi yangi yuk vagonlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan, – deydi “Quyuv – mexanika zavodi” shoʻba korxonasi direktori Kamoliddin Rashidov. – Ulardan biri konteynerlarni tashish uchun mo‘ljallangan yangi 13-6991 modelli uzun bazali vagon-platformalardir. Bu turdagi vagon-platformalarning avvalgilaridan asosiy farqi uzunligida. Ya’ni oldin 1ta eski platformada 1 a 40 futlik konteyner tashilgan bo‘lsa, yangisida 2ta 40 futlik konteyner yoki 4ta 20 futlik konteynerni tashish imkoni mavjud. Undan tashqari mineral o‘g‘itlar uchun 19-9600 modelli vagon-xopper, syement tashish uchun 19-9596 modelli vagon-xopper hamda yarim ochiq 12-9922 modelli universal lyukli vagon va hajmi 158 m³ bo‘lgan, eshiklari kengaytirilgan 11-9923 modelli, to‘liq metall bilan qoplangan vagon

ishlab chiqarilmoqda. Yarim usti ochiq vagonlar 70 tonna yuk ko‘taradi, 92 m³ sig‘imga ega. Bu bilan yuk tashish hajmini oshirish imkoniyati yaratildi. Ushbu yangi vagonlarning eski turdagi vagonlardan asosiy farqi mustahkamligi va sifatida. Shuningdek, tezyurar poyezdlar harakatiga moslashtirilgan, sig‘imi hamda yuk tashuvchanligi bo‘yicha ham avvalgilaridan yaxshiroq.


Yuk ko‘tarish imkoniyati bo‘yicha ham oldingi vagonlardan farq qiladi. Yuklarni tushirish va yuklarni ortish jarayonida ham afzalliklarga ega
bo‘lib, texnologik vaqtni qisqartirishga erishilgan. Korxonada konstruktorlar bo‘limi ham mavjud bo‘lib, bu yerda malakali mutaxassislar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular tomonidan yuk vagonlarining chizmalari tayyorlanadi va vagonlar shu yerdagi mutaxassislar chizmalari asosida ishlab chiqariladi. Shuningdek, yuk vagonlarini va nostandart uskunalarni ishlab chiqarish, qayta jihozlash, mexanizasiyalash bo‘yicha, konstruktorlik hamda muhandis-texnologlar bo‘limi xodimlari tomonidan ilg‘or texnologiyalarni tatbiq qilish ustida keng ko‘lamli ishlar olib borilmokda. Ta’kidlash lozimki, keyingi yillarda korxonaning moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi, sexlarga zamonaviy dastgohlar o‘rnatildi. Bu esa ishlab chiqarish unumdorligini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun puxta zamin bo‘ldi. Eng muhimi mahsulotlarni mahalliylashtirish imkonini bermoqda. Bugungi kunda korxonada





vagonlarni qurish va ta’mirlashdan tashqari ularning ehtiyot qismlarini ham mahalliylashtirishga katta ahamiyat qaratilmoqda. Ayni paytda bu yerda 400 dan ortiq ehtiyot qism mahsulotlari mahalliylashtirilgan. O‘zlashtirilgan bu mahsulotlarning ko‘p qismi temir yo‘l tizimidagi lokomotiv, vagon, yo‘l, elektr tarmoqlari hamda aloqa xo‘jaliklarida ham ta’mirlash uchun ishlatiladigan mahsulotlardan iborat. Bundan tashqari, yurtimizdagi boshqa soha yo‘nalishlari uchun ham mahalliylashtirish ishlari olib borilmoqda.
Hozirgi kunda yangi elektrovozlarning ehtiyot qismlari bo‘lgan prujinalarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Korxonada yopiq va

yarim ochiq turdagi yuk vagonlarini ishlab chiqarish, ularni kapital va depo ta’mirlash hamda zamonaviylashtirish, yuk vagonlari va temir yo‘l izlarini ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish, yo‘lovchi vagonlar uchun ehtiyot qismlar, qishloq va suv xo‘jaligi buyurtmalari asosida asbob-uskunalar hamda nostandart inshoot va qurilmalar tayyorlanib, ishlab chiqariladi. Shuningdek, xalq iste’moli mollarini ishlab chiqarish hamda aholiga pullik xizmat ko‘rsatish ham yo‘lga qo‘yilgan. Erishilgan natijalarni tahlil qiladigan bo‘lsak, 2019 yilda ishlab chiqarish hajmi 2018 yilga nisbatan 108 foizga bajarildi. 2020 yilda esa ishlab chiqarish hajmi 2019 yilga nisbatan 111 foiz bo‘ldi. 2021 yilning o‘tgan 6 oyida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 104 foizga bajarildi. Joriy yilda “Quyuv – mexanika zavodi” shoʻba korxonasida ishlab chiqarish hajmini o‘tgan yilga nisbatan 103 foizga bajarish rejalashtirilgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat: - 375 dona yangi yuk vagonlarini ishlab chiqarish, shundan: - 50 dona yarim vagon; - 200 dona syement tashuvchi vagon; - 25 dona mineral o‘g‘it tashuvchi vagon; - 100 dona yangi uzun turdagi (dlinobaznыy) platformalar; - 160 dona vagonlarni kapital va joriy ta’mirlash; - 4 936 tonna po‘lat mahsulotlari quyish; - 2 938,6 tonna cho‘yan mahsulotlari quyish. Korxonada 2020 yilning 1 yanvariga qadar mahalliylashtirish dasturlari amalga oshirilib, 36 turdan ortiq butlovchi va ehtiyot qismlar mahalliylashtirildi. Mahalliylashtirish dasturi asosida mahsulot ishlab chiqarish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu boradagi ko‘rsatkichlar yil sayin ortib borayotganini ko‘rishimiz mumkin. Misol uchun 2018 yilda korxonada 20 turdan ortiq mahsulot mahalliylashtirilgan bo‘lsa, hozirgi kunda bularning soni qariyb 40 turga yetkazildi. Jumladan, respublikamiz temir yo‘l korxonalari uchun zarur bo‘lgan avtoulagich (seriyali) ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Xususan, 2020 yilda 26 turdagi mahsulot mahalliylashtirilgan bo‘lsa, 2021 yil yakuniga qadar yana 80 turdan ortiq mahsulotlarni mahalliylashtirish rejalashtirilmoqda. Joriy yil uchun belgilangan 34 turdagi mahalliylashtirish rejasidagi


mahsulotlarning barcha turlari bo‘yicha 6 oylik reja 111,9 foizga bajarildi. Hozirgi kunda amalga oshirilgan dastur natijasida yopiq vagonlar, yarim vagonlar, platforma, uzun bazali platforma, xopper-mineral o‘g‘it tashuvchi, xopper-sement tashuvchi, fiting, sement tashuvchi kabi yuk vagonlari ishlab chiqarilmoqda. Eng muhimi, barcha ishlab chiqarilgan vagonlar sifat sertifikatiga ega bo‘lib sinovdan

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti Tomonidan belgilab qo'yilganidek Jahon Sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) "mehnatni muhofaza qilish ish joyidagi sog'liq va xavfsizlikning barcha jihatlari bilan shug'ullanadi va xavf-xatarlarning birlamchi profilaktikasiga katta e'tibor beradi."[6] Sog'liqni saqlash "kasallik yoki zaiflikning yo'qligi emas, balki to'liq jismoniy, ruhiy va ijtimoiy farovonlik holati" deb ta'riflangan.[7] Kasbiy sog'liq - bu ko'p tarmoqli sohadir Sog'liqni saqlash shaxsni o'z zimmasiga olishiga imkon berish bilan bog'liq kasb, ularning sog'lig'iga eng kam zarar etkazadigan tarzda. U ish joyidagi xavf-xatarlardan zararni oldini olish bilan shug'ullanadigan ish joyidagi sog'liqni saqlash va xavfsizlikni ta'minlash bilan mos keladi.


1950 yildan beri Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) va Jahon Sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) kasbiy salomatlikning umumiy ta'rifini o'rtoqlashdi. U Xalqaro mehnat tashkiloti / JSSTning Ish salomatligi bo'yicha qo'shma qo'mitasi tomonidan 1950 yildagi birinchi sessiyasida qabul qilingan va 1995 yil o'n ikkinchi sessiyasida qayta ko'rib chiqilgan.
"Mehnatni muhofaza qilishda asosiy e'tibor uch xil maqsadga qaratilgan: (i) ishchilar salomatligini saqlash va qo'llab-quvvatlash; (ii) mehnat sharoitlarini yaxshilash va xavfsizlik va sog'liqni saqlashga yordam beradigan ish va (iii) rivojlanish. Mehnat madaniyati kontseptsiyasi ushbu kontekstda ish sharoitida sog'liq va xavfsizlikni qo'llab-quvvatlaydigan va shu bilan birga ijobiy ijtimoiy iqlim va barqaror ishlashga yordam beradigan va
korxonalarning samaradorligini oshiradigan ishchi tashkilotlarning va ishchi madaniyatlarning. manfaatdor korxona tomonidan qabul qilingan muhim qiymat tizimlarining aks etishi, bunday madaniyat amalda boshqaruv tizimlarida, kadrlar siyosatida, ishtirok etish printsiplarida, o'qitish siyosatida va korxonaning sifatini boshqarishda aks etadi. "
— Mehnat salomatligi bo'yicha XMT / JSST qo'shma qo'mitasi.

Kasbiy sog'liqni saqlash sohasidagi mutaxassislar keng doiradagi fanlar va kasblar, shu jumladan Dori, psixologiya, epidemiologiya, fizioterapiya va reabilitatsiya, kasbiy terapiya, kasbiy tibbiyot, inson omillari va ergonomikasi va boshqalar. Kasb-hunar egalari sog'liqni saqlash masalalarida keng doirada maslahat berishadi. Ularga kasbda muammo tug'diradigan oldindan mavjud bo'lgan muayyan holatlardan qanday saqlanish, ish uchun to'g'ri holat, dam olish tanaffuslari chastotasi, olib borilishi mumkin bo'lgan profilaktika choralari va boshqalar kiradi.


"Mehnat salomatligi: barcha kasblardagi ishchilarning jismoniy, aqliy va ijtimoiy farovonligini eng yuqori darajaga ko'tarish va ta'minlash; ishchilarning ish sharoitlari tufayli sog'lig'idan chiqib ketishining oldini olish; sog'liqqa salbiy ta'sir ko'rsatadigan omillardan kelib chiqadigan xatarlardan ish bilan ta'minlash, ishchini uning fiziologik va psixologik imkoniyatlariga moslashtirilgan kasb muhitiga joylashtirish va ta'minlash; va xulosa qilib aytganda, insonga va har bir inson o'z ishiga moslashishi.
INson hayoti va sog`ligi salomatligi haqida ekan texnika hafsizligi asosiy ro`l oynaydi. Amaliyot davrida baxtsiz hodisa va texnika havfsizligi qoidalariga amal qilmasliklarham uchrab turdi ,va buning natiyjasida yong`in va portillash xolatlari kuzatildi shuning uchun sexdagi ish TB nachalnik ornbosari tamonidan to`xtatildi va kerakli vaziyatga qaytmaguncha sex ish faoliyati to`xtatildi.
Zavod va zavod ishchilari uchun haf tug`diradigan har qanday holat bartaraf etilishi kerak . ishchilar sex ichida kaskada va ish formasida yurishi kerak chilangar va boshqa inson hayotiga xaf tug`duradigan vaziyatlar uchun maxsus koz oynaklar,perchatkalar,maskalar va muhitga nisbatan kerakli anjomlar bilan tamiynlanishi shart.





«Oʼzbekiston temir yoʼllari» АJ da mehnatni muhofaza


qilish ishlarini tashkil etish toʼgʼrisidagi
N I Z O M

Mazkur Nizom «Oʼzbekiston temir yoʼllari» Аktsiyadorlik jamiyatining barcha korxona va tashkilotlarida mehnatni muhofaza qilish boʼyicha ishlarni tashkil qilinishini belgilaydi.

I BOB. UMUMIY QOIDАLАR

1.Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati quyidagi printsiplarga asoslanadi:


-korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sogʼligʼining ustuvorligi;
-mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning boshqa yoʼnalishlari bilan muvofiqlashtirib borish;
-mulk va xoʼjalik yuritish shakllaridan qatʼiy nazar barcha korxonalar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona tartib-qoidalarni belgilab qoʼyish
-mehnatning ekologik jihatidan xavfsiz sharoitlarini yaratilishini va ish joylarida atrof muhit holati muntazam nazorat etilishini taʼminlash;
-korxonalarda mehnatni muhofaza qilish talablari hamma joyda bajarilishini nazorat qilish;
-mehnatni muhofaza qilishni mablagʼ bilan taʼminlashda davlatning ishtirok etishi;
-oliy va oʼrta maxsus oʼquv yurtlarida mehnat muhofazasi boʼyicha mutaxassislar tayyorlash;
-xavfsiz texnika, texnologiyalar va xodimlarni himoyalash vositalari ishlab chiqilishi va joriy etilishini ragʼbatlantirish;
-fan, texnika yutuqlaridan hamda mehnatni muhofaza qilish boʼyicha vatanimiz va chet el ilgʼor tajribasidan keng foydalanish;
-ishlovchilarni maxsus kiyim va maxsus poyabzal, shaxsiy himoya vositalari, parhez ovqatlari bilan bepul taʼminlash;
-korxonalarda mehnatning sogʼlom va xavfsiz shart-sharoitlarini yaratishga koʼmaklashuvchi soliq siyosatini olib borish;
-ishlab chivarishdagi har-bir baxtsiz hodisani va har - bir kasb kasalligini tekshirib chiqish hamda hisobga olib borishning va shu asosda ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar hamda kasb kasalliklariga chalinishlar darajasi haqida aholini xabardor qilishning majburiyligi;
-ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisadan jabrlangan yoki kasb kasalligiga chalingan xodimlarning manfaatlarini ijtimoiy himoyalash;
-kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari, korxonalar va alohida shaxslarning mehnatni muhofaza qilishni taʼminlashga qaratilgan faoliyatini har tomonlama qoʼllab quvvatlash;
Mehnatni muhofaza qilish muammolarini hal etish chogʼida xalqaro hamkorlikni yoʼlga qoʼyish printsiplariga asoslanadi.
2.Mehnatni muhofaza qilish boʼyicha nazoratni davlat tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Mexnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi Davlat mehnat texnik inspektsiyasi va uning joylardagi boʼlinmalari : Qoraqalpogʼiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi Davlat mehnat texnik inspektsiyalari, viloyatlar va Toshkent shahar bosh boshqarmalari amalga oshiradi.
3. Mehnat qonunchiligi va mehnatni muhofaza qilish holatini nazorat qilishni:
- maxsus vakolatli davlat organlari va ularning inspektsiyalari;
- kasaba uyushma qoʼmitalari yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari amalga oshiradi.
4. Yollanma mehnatdan foydalanuvchi korxonalarda mehnatni muhofaza qilish qonunchiliklari va boshqa meʼyoriy dalolatnomalarga rioya qilinishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini korxona jamoasi va kasaba uyushma tashkiloti, tuzilmaviy boʼlinmalar umumiy yigʼilishlarida xodimlar orasidan saylangan mehnatni muhofaza qilish vakillari amalga oshiradi.
5. Maxsus tayergarlikdan oʼtgan mehnatni muhofaza qilish vakillari ish joylariga moneliksiz kirib borib mehnat muhofazasi holatini tekshirish, aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish va aybdorlarga nisbatan chora koʼrish takliflarini kiritishga haqlidir. Korxona jamoa shartnomasida koʼrsatilgan bandga muvofiq, mehnatni muhofaza qilish vakiliga oʼz majburiyatlarini bajarish uchun haftasiga oʼrtacha ish haqi saqlangan holda uch soat beriladi.
6.Korxonaning har qanday boshqarish darajasida mehnatni muhofaza qilish boʼyicha qonunchilik va boshka meʼyoriy dalolatnomalar talablariga rioya qilishda rahbar masʼul shaxs etib hisoblanadi.
II—BOB. Xodimlarning mehnat xavfsizligini taʼminlash
vazifalari.
7.Mehnatni muhofaza qilish-bu tegishli qonun va boshqa meʼyoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini taʼminlashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy,tashkiliy,texnikaviy,sanitariya-gigiena va davolash- profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimidan iboratdir.
8.Ish jarayonida xavfsizlikni taʼminlash, insonning salomatligi va ish qobiliyatini saqlash uchun oʼzaro bir-biriga bogʼliq quyidagi majmuaviy masalalarni hal qilish zarurdir:
- Xodimlarni kasban tanlash.
Kasban tanlashni oʼtkazish uchun kasb va mutaxassisliklarni aniqlash.
Psixofiziologik tekshiruvni oʼtkazib ishga kiruvchining kasban yaroqliligini baholash.
Kasban tanlangan shaxslarning kasbga moslashuvini nazorat qilish.
7
-Xodimlarni mehnatni muhofaza qilish boʼyicha oʼqitish.
Kirish yoʼl-yoʼrigʼini oʼtkazish.
Ish joyida birlamchi yoʼl-yoʼriqni oʼtkazish.
Xavfli ishlarga ishga kiruvchi xodimlarni oʼqitish.
Bilim saviyalarining birlamchi tekshiruvi.
Ish joyida amaliy ishga oʼrgatish (stajirovka).
Joriy yoʼl-yoʼriqni oʼtkazish.
Davriy yoʼl-yoʼriqni oʼtkazish.
Navbatdan tashqari yoʼl-yoʼriqni oʼtkazish.
Har yillik oʼquv ishlari va ishlovchilarni bilimlarini tekshirish.
Muxandis-texnik xodimlarning bilimlarini tekshirish.
Davlat nazorati tomonidan tekshiriladigan obьektlarga xizmat koʼrsatuvchi shaxslarning bilimlarini tekshirish.

- Mehnat muhofazasini targʼibot qilishni taʼminlash.


Ishlab chiqarish uchastkalarini axborot stendlari yoki xavfsizlik texnikasi burchaklari bilan jihozlash
Mehnatni muhofaza qilish ilgʼor tajribalarini oʼrganish, targʼibot qilish va tatbiq qilish.
Mehnatni muhofaza qilish boʼyicha koʼrgazmalar tashkillashtirish.
Lektsiyalar oʼqish, mehnatni muhofaza qilish boʼyicha kinofilьmlar namoyish qilish.

- Ishlab chiqarish uskunalarining xavfsizligini taʼminlash.


Uskunalarning xavfsizlik standartlari talablariga muvofiqligini taʼminlash.
Uskunalarga toʼgʼri xizmat koʼrsatishni taʼminlash.
Uskunalarda davriy taʼmirlash ishlarini taʼminlash
Rejali taʼmirlashlarni bajarilishini taʼminlash.
Vaqti-vaqti bilan koʼrikdan oʼtkazib turilishini taʼminlash.
Mehnatni muhofaza qilish meʼyorlari va qoidalariga muvofiq ish joylarini tashkil etish.
8
Ishlab chiqarish omillarining xavfli va zararli manbalarini aniqlash va bartaraf etish.
Xavfli blok va uchastkalarni oʼrab qoʼyish maqsadida uskunalarni takomillashtirish va texnologik jarayonlarni oqilona (ratsional) tashkil etish.
Issiqlik manbalarini issiqlik izolyatsiyasi bilan taʼminlash va ekranlashtirish.

-Texnologik jarayonlar xavfsizligini taʼminlash.


Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi (SSBT) talablariga texnologik jarayonlarni muvofiqligini taʼminlash.
Mehnatni muhofaza qilish va yongʼin xavfsizligi meʼyorlari va qoidalariga muvofiq keladigan portlovchi va tez yonuvchan moddalarni saqlanishini, transportda tashilishini va foydalanilishini taʼminlash.
Yoʼl qoʼyiladigan eng koʼp meʼyorlari ishlab chiqilmagan va belgilangan tartibda ekspertizadan oʼtmagan zararli moddalarni ishlab chiqarishda qoʼllash taqiqlanadi.
Zararli, toksik, ionli va boshqa xavfli moddalarni oʼz ichiga olgan texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish.

-Ishlab chiqarish binolari va inshootlari xavfsizligini taʼminlash.


Bino va inshootlarning sanitariya meʼyorlari va qoidalari, shuningdek mehnat xavfsizligi standartlari tizimi talablariga muvofiqligini taʼminlash.
Bino va inshootlarning potentsial xavfli elementlarini aniqlash va bartaraf etish.
Bino va inshootlarning joriy va kapital taʼmirlanishini bajarish.

-Mexnatning sanitariya—gigiena sharoitlarini meʼyorlashtirish.


Ishlab chiqarish binolari va sexlarida sanitariya-gigiena talablariga javob beruvchi zarur harorat rejimi va namlikni yaratish.
Mazkur texnologik jarayonlarga koʼyilgan talablarga muvofik shamollatish qurilmalari, konditsioner, isitish tizimlarini saqlash va ulardan foydalanish.
9
Ish joyida shovqin va tebranishni standart meʼyorlari va qoidalari talablariga muvofiqligi.
Sunʼiy yoritgich moslamalarini soz va toza holatda saqlash.
Ishlab chikarish xonalarini oʼz vaqtida tozalab turish.
Ish joylari va ishlab chikarish xonalarining estetika va dizayn qoidalariga muvofiq rejalashtirilish va rangli jihozlash.

-Xodimlarni shaxsiy himoya vositalari (ShHV) bilan taʼminlash.


Shaxsiy himoya vositalariga boʼlgan ehtiyojni aniqlash va buyurtmalarni vaqtida tayyorlash.
Shaxsiy himoya vositalarini qabul qilish, saqlash va tarqatilishini tashkil qilish.
Shaxsiy himoya vositalarini taʼmirlash, kimyoviy ishlov berish va yuvilishini tashkil qilish.
Shaxsiy himoya vositalarini sinash va ulardan toʼgʼri foydalanilishini taʼminlash.

-Xodimlarning mehnat qilish va dam olishining maqbul rejimini taʼminlash.


Belgilangan mehnat qilish va dam olish rejimiga rioya qilishni taʼminlash.
Mehnat qilish va dam olish rejimini oqilona tashkil etish.

-Xodimlarga davolash - profilaktik xizmat koʼrsatish.


Oldindan va vaqti-vaqti bilan tibbiy koʼriklardan oʼtishni taʼminlash.
Zararli ishlab chiqarish omillari taʼsirida boʼlgan xodimlarning sogʼligʼini kuzatib borish.
Kasb kasalliklari belgilari aniqlangan shaxslarni tekshirish va davolash.
Davolash-profilaktika muolajalarini oʼtkazish.
Xodimlarni profilaktik va maxsus ovqatlar bilan taʼminlash.
Xodimlarni birinchi yordam koʼrsatish qoidalariga oʼrgatish.
Barcha ishlab chiqarish xonalarini aptechka va boshqa birinchi tibbiy yordam koʼrsatish vositalari bilan taʼminlash.
10
-Xodimlarning sanitariya—maishiy taʼminotini meʼyorlashtirish.
Xodimlarning sanitariya–maishiy xonalari, hamda ishlab chiqarishning oʼziga xos xususiyatlari va meʼyorlariga muvofiq keladigan qurilmalar bilan taʼminlash.
Sanitariya—maishiy xonalarini va qurilmalarni gigiena talablari darajasida saqlash.
Xodimlarni sexlarda va ishlab chikarish uchastkalarida ovqatlanishi uchun maxsus joylar bilan taʼminlash.
Ishlab chiqarish uchastkalari va xonalarini saturator qurilmalari bilan taʼminlash.
Sexlar va ishlab chiqarish uchastkalarida xodimlarni dam olish joylari bilan taʼminlash.

II—bob. «OʼZBEKISTON TEMIR YOʼLLАRI» АJ da MEHNАTNI


MUHOFАZА QILISh IShLАRINI TАShKIL QILISh.

9. «Oʼzbekiston temir yoʼllari» Davlat aktsiyadorlik temir yoʼl kompaniyasi mehnatni muhofaza qilish boʼyicha ishlarni АJ rahbariyati tomonidan tasdiqlangan Oʼzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish Vazirligi va Oʼzbekiston temiryoʼlchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bilan kelishilgan mazkur Nizomga muvofiq muvofiqlashtiradi.


10. «Oʼzbekiston temir yoʼllari» АJda mehnatni muhofaza qilish boʼyicha umumiy rahbarlikni olib borish va ishlarni tashkil qilish va bajarish vazifasi kompaniya boshqaruvi raisining 2003y 15 dekabrdagi «Oʼzbekiston temir yoʼllari» АJ «Rahbarlarining mansab lavozimi toʼgʼrisida»gi 407N sonli buyrugʼiga muvofiq kompaniya bosh menejeri - bosh muxandisi zimmasiga yuklatiladi.
11. Barcha boʼgʼinlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini boshqarishning asosiy vazifasi- xavfsizlikni taʼminlash, mehnat jarayonida insonning sogʼligʼi va ish qobiliyatini saqlab qolishga qaratilgan ijtimoiy-iktisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya—gigiena va davolash profilaktika tadbirlarini reja bilan amalga oshirish va ishlab chikarishda qonunchilik talablariga rioya qilishdir.
§ 1. «OʼZBEKISTON TEMIR YOʼLLАRI» АJ da MEHNАT MUHOFАZАSI VА SАNOАT XАVFSIZLIGI BOShQАRMАSI.
12. Mehnatni muhofaza qilish sohasida Davlat siyosati tamoyillarining bajarilishini va ularga rioya qilinishini tashkil etadi, hamda tarmoq ichki nazoratini amalga oshiradi.
13. Korxonalarda mehnatni muhofaza qilish talablarini hamma joylarda bajarilishini nazorat qiladi.
14. Xodimlarni maxsus kiyim-bosh va maxsus poyabzal, shaxsiy himoya vositalari, davolash—profilaktika ovqatlari va sut (boshqa unga tenglashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari) bilan bepul taʼminlanishi ustidan nazoratni tashkillashtiradi.
15. Ishlab chiqarishda har bir baxtsiz hodisa va kasb kasallikliklarini tekshirish va hisobga olishni va shu asosda xodimlarni ishlab chiqarishda jaroxatlanish va kasb kasalligiga chalinish darajalari xaqida xodimlarga axborot berishni amalga oshiradi.
16. Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa oqibatida jaroxat olgan yoki kasb kasalligiga chalingan xodimlarning manfaatlarini ijtimoiy himoya qilinishini taʼminlaydi.
17. Tarmoq meʼyoriy hujjatlari, qoidalari, namunaviy yoʼriqnomalarni belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tasdiqlashga taqdim etadi, xodimlar va muxandis - texnik xodimlarni mehnat muhofazasi boʼyicha oʼqitish dasturini tuzishda ishtirok etadi.
18. Kompaniyaning tuzilmaviy boʼlinmalari bilan hamkorlikda mexnat sharoitlari holati va mehnat sharoitlarini yaxshilash boʼyicha tadbirlarni bajarilishi bilan bogʼliq sarf-xarajatlar samaradorligini taxlil qiladi.
19.Mehnatni muhofaza qilish boʼyicha yangi yutuqlar va ilgʼor ish tajribalarini oʼrganishni tashkil va tatbiq etadi.
20. Qonunchilik hujjatlari, davlat nazorat organlari, tarmoq kasaba uyushmasi RK va tuzilmaviy boʼlinmalar takliflarini hisobga olgan holda, yillik rejalarga kiritilgan tadbirlarni tuzadi va mehnat muhofazasi va ish sharoitlarini yaxshilash, baxtsiz hodisalarni oldini olish Dasturini ishlab chiqadi, ularni tasdiqlanishini tashkil etadi va bajarilishini nazorat qiladi.
21. Mehnatni muhofaza qilish vagonining ishini tashkil etadi.
22. Korxonalar va obʼektlarni loyihalash, qurish, qayta qurish, ishga tushirish, ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqish va taʼmirlashda mehnatni muhofaza qilishga doir tegishli qoidalarni bajarilishini nazorat qiladi.
23. Mehnatni muhofaza qilish qonunlari talablarini buzilishiga yoʼl qoʼygan shaxslarga nisbatan jazo choralarini qoʼllash, shuningdek alohida yutuqlarga erishgan xodimlarni ragʼbatlantirish boʼyicha «Oʼzbekiston temir yoʼllari» АJ rahbariyatiga takliflar kiritadi.
24. Korxonalarda xodimlar va mutaxassislarni mehnatni muhofaza qilish boʼyicha oʼqitish ishlarini nazorat qiladi.
25.Rahbarlar va mutaxassislarni mehnatni muhofaza qilish boʼyicha malaka oshirish kurslarida oʼz vaqtida oʼqitilishini tashkil etadi.

1U BOB. “OʼZBEKISTON TEMIR YOʼLLАRI”АJ da KORXONАLАRIDА


MEHNАTNI MUHOFАZА QILISh IShLАRINI
TАShKILLАShTIRISh .
26. Oʼzbekiston Respublikasining «Mehnatni muhofaza qilish toʼgʼrisida»gi qonunining 14—moddasiga muvofiq 50 va undan ortiq xodimlar ishlaydigan korxonalarda maxsus tayyorgarlikka ega boʼlgan shaxslardan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari (lavozim kiritiladi) tashkil qilinadi, 50 va undan ortiq transport vositalari mavjud boʼlgan korxonalarida yoʼl harakati xavfsizligi xizmatlari (lavozim kiritiladi) tashkil qilinadi.
Xodimlar va transport vositalarining soni bundan kam boʼlgan korxonalarda mehnatni muhofaza qilish xizmati majburiyatlarini bajarish rahbarlardan biriga yuklatiladi.
27. Mehnatni muhofaza qilish xizmatlari va yoʼl harakati xavfsizligi xizmatlari kasaba uyushma qumitasi bilan kelishilgan Nizomga muvofiq ishlaydi va korxonaning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va korxona raxbariga boʼysunadi.
28. Mehnatni muhofaza qilish va yoʼl harakati xavfsizligi xizmatlari mutaxassislari oʼzlarining lavozim vazifalariga taaluqli boʼlmagan ishlarni bajarishga jalb qilinmaydi.
29. Mehnatni muhofaza qilish va yoʼl harakati xavfsizligi xizmatlari faqatgina korxona faoliyati tugatilganda bekor qilinadi.
30. Korxonaning har bir ish joyidagi mehnat sharoitlari mehnatni muhofaza qilish standartlari, qoidalari va meʼyorlariga muvofiq boʼlishi kerak.
31. Korxona mehnatni muhofaza qilishga jamoa shartnomasida belgilab qoʼyilgan zaruriy mablagʼlarni ajratishi shart, agar u tuzilmagan boʼlsa ish beruvchi bilan kasaba uyushma qumitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi oʼrtasida tuzilgan kelishuvga asosan ajratadi.
32. Korxona oʼzining xoʼjalik yuritishi, tijorati, tashqi iktisodiyoti va boshqa faoliyati, shuningdek boshqa manbalardan tushgan daromadlar hisobiga mehnatni muhofaza qilish boʼyicha markazlashtirilgan jamgʼarmalarini tuzishi mumkin.
33. Mehnatni muhofaza qilishga ajratilgan mablagʼlar boshqa maqsadlarda ishlatilishi mumkin emas.
34.Korxonalar mehnatni muhofaza qilish talablarini bajarmaganda, ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan ijtimoiy sugʼurtalashga yuqori taʼriflarda mablagʼlar ajratadi, ular mehnat sharoitining holati, bajariladigan ishlarning xavfliligi, zararligi va ogʼirligidan kelib chiqqan holda vaqti-vaqti bilan qayta koʼrib chiqiladi.
35. Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiliklarida belgilangan tartib va sharoitlarda korxona xodimlari baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy sugʼurta qilinadi.

§ 1. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining majburiyatlari

36. Mehnatni muhofaza qilish mutaxassislari barcha xodimlar tomonidan mehnatni muhofaza qilish boʼyicha qoidalar va meʼyorlarga rioya qilinishini nazorat qilish huquqiga ega.
37. Mehnatni muhofaza qilish mutaxassislari tuzilmaviy boʼlinmalar rahbarlariga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʼyicha, bajarilishi shart boʼlgan koʼrsatma berish huquqiga ega.
38. Mehnatni muhofaza qilish mutaxassislari mehnatni muhofaza qilish boʼyicha qonunchiliklar talablarini buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish toʼgʼrisida korxonalar rahbarlariga takliflar kiritish huquqiga ega.

39.Mehnat, mehnatni muhofaza qilish toʼgʼrisidagi qonunchilikga rioya qilishni, korxonalarda sogʼlom va xavfsiz ish sharoitlari yaratilishining shakllari va uslublarini takomillashtirish boʼyicha uslubiy rahbarlikni va nazoratni amalga oshiradi.


40. Ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasb kasalliklarining kelib chiqish holati va sabablarini taxlil qiladi; boshqa boʼlinmalar bilan hamkorlikda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini oldini olish boʼyicha tadbirlar ishlab chiqadi, shuningdek ishlab chiqilgan tadbirlarni joriy etilishini tashkil etadi.
41. Tegishli boʼlinmalar tomonidan ishlab chiqilayotgan xavfsizlik standartlari, mehnatni muhofaza qilish qoidalari va meʼyorlariga takliflar kiritish huquqiga ega va ularni joriy etish ishlarini tashkil etadi.
42. Mehnatni muhofaza qilish boʼyicha tugallangan ilmiy tadqiqot ishlariga xulosa beradi va ularni tatbiq etish tadbirlarini tashkil qiladi.
43. Zaruriyat tugʼilganda loyixalarni ekspertiza qilish xizmati bilan hamkorlikda yangi obʼektlarni qurish va amaldagi ishlab chiqarish obʼektlarini qayta taʼmirlash loyihalarida koʼzda tutilgan mehnat xavfsizligini taʼminlash boʼyicha qarorlarni koʼrib chiqishda qatnashadi.
44. Rahbarlar va muxandis—texnik xodimlarni mehnatni muhofaza qilish boʼyicha oʼqitilishi va bilimlarini tekshirilishini, hamda kirish yoʼl-yoʼrigʼi berilishini taʼminlaydi.
45. Mexnatni muhofaza qilish boʼyicha axborot—maʼlumotlar va oʼquv materiallari, takliflar, xulosa va loyihalar qarorlarini tayyorlaydi. Mehnatni muhofaza qilish masalalari boʼyicha hujjatlar bilan taʼminlaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.
46. Xizmat doirasiga kiradigan masalalar boʼyicha xodimlar va fuqarolarning xatlari, arizalari va shikoyatlarini koʼrib chiqadi va ularni hal qilish yuzasidan tegishli choralarni koʼradi.
47. Mehnatni muhofaza qilish sohasida tasdiqlangan xujjatlar nomenklaturasi va belgilangan statistik hisobotlarni boʼyicha ish yuritadi.

§ 2. Ish beruvchining asosiy meʼyornomalari.



48. Ishlab chiarishda mehnatning sogʼlom va xavfsiz sharoitlarini yaratish ishlariga umumiy rahbarlik qiladi va mazkur masalalarga shaxsan javobgardir.
49. Mehnatni muhofaza qilish masalalarini hal qilish boʼyicha qoʼl ostidagi xodimlarning vazifalari va javobgarlik doirasini aniq koʼrsatib, majburiyatlarni belgilaydi.
50. Ishlab chiqarish, ishlab chiqarish jarayonlari va korxonaning ombor, transport va boshqa yordamchi xoʼjaliklari boʼyicha ishlarni toʼgʼri tashkil qilinishini taʼminlaydi.
51. Qurilish meʼyorlari va qoidalariga muvofiq bino va inshootlardan foydalanishni, sanitariya—maishiy xonalar va qurilmalarni maqsadli va meʼyorida ishlatilishini tashkil qiladi.
52.Qurilish meʼyorlari va qoidalariga muvofiq yangi va qayta taʼmirlangan sexlar va obʼektlarni faqat maxsus komissiya qabul qilgandan keyin ishga tushirilishini taʼminlaydi.
53. Mehnat qonunchiligi, xavfsizlik meʼyorlari va qoidalariga rioya qilish, shuningdek hukumat, kasaba uyushmasi qumitalari yoki xodimlarning boshqa vakillik organlarining, yuqori tashkilotlarning, davlat nazorati organlarining farmoyishlari va qarorlarini bajarilishini taʼminlaydi.
54. Namunaviy va tarmoq qoidalari, shuningdek xavfsiz ish bajarish boʼyicha ishlab chiqilgan yoʼriqnomalarga muvofiq ichki mehnat tartibi qoidalarini korxonaning kasaba uyushmasi tashkiloti bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi.
55. Xavfsizlik qoidalari, ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat intizomi meʼyorlariga rioya qilish, mehnatni muhofaza qilish boʼyicha belgilangan tadbirlar, davlat nazorat organlari va kasaba uyushma tashkilotlari koʼrsatma(taklif)larini oʼz vaqtida bajarishda xodimlarning javobgarligini oshirish boʼyicha choralar koʼradi.
56. Elektr uskunalaridan xavfsiz foydalanish, qozon nazorati va gaz nazorati va boshqa. obьektlarda xavfsiz ish bajarish, ularni soz holda saqlash va nazorat qilish boʼyicha javobgar shaxslarni tayinlaydi.
57. Xodimlarga shaxsiy himoya vositalarini berilishi, saqlanishi, ishlatilishi, tozalanishi va taʼmirlanishini taʼminlaydi va nazorat qiladi.
58. Mehnat sharoiti zararli va xavfli ishlab chiqarishlarda, shuningdek oʼta noxush haroratli yoki ifloslanishlar bilan bogʼliq sharoitlarda bajariladigan ishlarga mehnat qiluvchilarga belgilangan meʼyorlar boʼyicha yuvish va dizenfektsiyalash vositalari, sut va unga tenglashtirilgan boshqa oziq-ovqat mahsulotlari, parhez ovqatlarni bepul berilishini taʼminlaydi va nazorat qiladi.
59. Mehnatni muhofaza qilish, mehnat sharoitlarini yaxshilash va sogʼlomlashtirish tadbirlarini ishlab chiqilishini tashkil qiladi, ushbu tadbirlarni oʼtkazish rejalarini tasdiqlaydi, ularni bajarilishini tashkil va nazorat qiladi, tadbirlarni bajarilishini moliyalashtirish va bu maqsadda ajratilgan mablagʼlardan toʼgʼri foydalanishni taʼminlaydi.
60. Mehnatni muhofaza qilish xonalarini tashkil etadi va ularni zarur qoʼllanmalar, oʼqitish vositalari va uskunalar bilan jixozlash ishlarini amalga oshiradi.
61. Korxonaning barcha muxandis-texnik xodimlari va boʼlinmalar rahbarlari oʼqitilishini, yoʼl-yoʼriqlardan oʼtishini va ularning bilimlari tekshirilishini tashkil etadi.
62. Xodimlarni kasbiy-texnik tayyorgarligidan oʼtkazish va ularga xavfsiz ish usullari oʼrgatishni tashkil etish boʼyicha umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
63. Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi va kompaniya buyrugʼi bilan belgilangan tartibga muvofiq turli kasb va ishlab chiqarish xodimlarini shartnoma tuzilishidan oldin birlamchi va ish jarayonida vaqti-vaqti bilan tibbiy koʼrikdan oʼtkazishni tashkil qiladi.
64. Xodimni kasb kasalligini paydo boʼlish ehtimoli yuqori darajada ekanligi oldindan ayon boʼlgan ishga qabul qilayotganda maʼmuriyat uni bu haqda ogohlantirishi lozim
65. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1997 yil 06 iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar va xodimlar salomatligining boshqa xil shikastlanishlarini tekshirish va hisobga olish toʼgʼrisidagi Nizom» talablariga muvofiq baxtsiz hodisalarni toʼgʼri va oʼz vaqtida tekshirilishini taʼminlaydi.
66.Mehnatni muhofaza qilish holati, mehnat sharoitlari bilan taʼminlanishi, mehnat qonunchiliklariga rioya qilishi, sex, boʼlim boshliqlari, ustalari, brigadirlarining mehnatni muhofaza qilish boʼyicha vazifalarini bajarilishi yuzasidan nazoratni olib boruvchi doimiy faoliyat koʼrsatish komissiyasini boshqaradi va 2 oyda bir marotaba tekshirish oʼtkazilishiga rahbarlik qiladi
67.Guruhiy, oʼlim bilan tugagan yoki oqibati ogʼir baxtsiz hodisa sodir boʼlganda: davlat mehnat texnik inspektsiyasiga, yuqori xoʼjalik tashkilotiga, yuqori kasaba uyushma qumitasiga, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish Vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahri mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish bosh boshqarmasiga, sodir boʼlgan joydagi xududiy ichki ishlar organiga, Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish Vazirligiga va «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspektsiyasiga, agar ularning obьektida voqea sodir boʼlgan boʼlsa darhol xabar qiladi.
68. Guruhiy, oʼlim bilan tugagan yoki oqibati ogʼir baxtsiz hodisalarni tekshirishda va baxtsiz hodisalarni oldini olish boʼyicha tadbirlar ishlab chiqishda qatnashadi.
69. Yuqori tashkilotga baxtsiz hodisalar tufayli jarohatlanganlar toʼgʼrisida belgilangan shaklda tushuntirish yozuvini va tegishli vaqtlarda hisobot berilishini taʼminlaydi.
70. Korxonalarda mehnatni muhofaza qilish boʼyicha tadbirlarni bajarilishi yuzasidan tezkor nazoratni olib boradi.

§ 3. Korxona bosh muxandisining asosiy meʼyornomalari.



71. Mehnatning sogʼlom va xavfsiz sharoitlarini yaratish boʼyicha barcha tashkiliy-texnik ishlarn i boshqaradi.
72. Boshqa korxonalarning yangi ilmiy-texnik yutuqlari va ularning ilgʼor tajribalari eʼtiborga olinib ishlab chiqilgan yangi va yanada xavfsiz texnologik jarayonlarni ishlab chiqarishga joriy etilishini tashkillashtiradi. Meʼyoriy talablarga muvofiq ishlab chiqarish obьektlarini moslamalar va qurilmalar bilan jixozlash choralarini koʼradi.
73.Yangi texnologik jarayonlar va reglamentlar, kapital qurilish va obьektlarni qayta qurish, bino va inshootlarni kapital taʼmirlash loyihalarini koʼrib chiqishda qatnashadi.Texnologik uskunalar va obʼektlarning rejali- ogohlantiruv taʼmirlash jadvallarini koʼrib chiqadi va tasdiqlaydi.
74. Mehnatni muhofaza qilish boʼyicha uch bosqichli nazoratning uchinchi bosqichini oʼtkazishda qatnashadi, har ikki oyda bir marta tanlangan holda sexlar, uchastkalar va obʼektlarda mehnat sharoitlari holatini, uskunalar, himoyalash vositalari sozligini, mehnatni muhofaza qilish vakillarining bergan takliflarini, davlat nazorati va mehnat texnik inspektorlari koʼrsatmalari va topshiriqlari bajarilishini tekshiradi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etilishi boʼyicha tezkor choralar qoʼradi.
75. Sexlar va uchastkalarning rahbarlari va muxandis-texnik xodimlari tomonidan xavfsizlik qoidalari va ishlab chiqarish sanitariyasi meʼyorlari talablariga rioya qilishni, buyruq va koʼrsatmalarni, Davlat nazorati organlarining koʼrsatmalarini va kasaba uyushma tashkilotlarining takliflarini bajarilishini nazorat qiladi.
76. Muxandis-texnik xodimlar bilan oʼtkaziladigan yigʼilishlarda (chorakda bir marotaba) mehnatni muhofaza qilish masalalarini koʼrib chiqadi. Аniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʼyicha choralar koʼradi.
77. Ishchilarni kasbiy—texnik tayyorgarligini tashkil qiladi va taʼminlaydi, «Oʼzbekiston temir yoʼllari» Davlat aktsionerlik temir yoʼl kompaniyasi korxonalarida mehnatni muhofaza qilish boʼyicha oʼqitish va bilimlarni tekshirish toʼgʼrisidagi Nizomga muvofiq xavfsiz ish uslublari boʼyicha oʼz vaqtida va sifatli oʼqitishni tashkillashtiradi.
78.Ishchilar bilimini tekshirish jadvalini tasdiqlaydi. Komissiyani boshqaradi va xodimlarni bilimlari tekshirilishini tashkil qiladi.
79. «Oʼqitish uslubi toʼgʼrisida»gi Nizomga muvofiq mehnatni muhofaza qilish masalalari boʼyicha muxandis-texnik xodimlarni oʼqitish va malakalarini oshirishni tashkil qiladi. Muxandis-texnik xodimlar va amaliyotchilarga, mehnatni muhofaza qilish muxandisi yoʼq boʼlgan paytlarda esa barcha ishga kiruvchilarga kirish yoʼl - yoʼrigʼini oʼtkazadi, yoʼl-yoʼriq berish dasturini va xodimlar bilimlarini tekshirish boʼyicha savollar toʼplamini tasdiqlaydi.
80. Ishlarni xavfsiz olib borilishi boʼyicha yoʼriqnomalarni kasaba uyushma qumitasi bilan birga ishlab chiqish va tuzishga rahbarlik qiladi va ularni tasdiqlaydi.
81. Ish joylarini meʼyoriy hujjatlar, qoidalar, yoʼriqnomalar bilan taʼminlash choralarini koʼradi.
82. Mehnat sharoitlarini yaxshilash va sogʼlomlashtirish boʼyicha joriy va istiqbolli tadbirlar rejalarini ishlab chiqishga rahbarlik qiladi, bu rejalarni koʼrib chiqadi va tasdiqlashga kiritadi, ularning bajarilishini nazorat qiladi.
83. Guruhiy, oʼlim yoki oqibati ogʼir baxtsiz hodisalar tekshiruvida (zaruriyat tugʼilgan hollarda), ularning oldini olish tadbirlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi.
84. Ishlab chiqarishdagi shikastlanishlarni, kasb kasalliklarining oldini olish boʼyicha tezkor maʼlumot berilishini tashkil etadi va taʼminlaydi.
85. Baxtsiz hodisalarning oldini olish tadbirlarining bajarilishini nazorat qiladi va oʼtkazilgan tadbirlarning samaradorligini tahlil qiladi.

4. Korxona bosh mexanigining asosiy meʼyornomalari.



86. Bosh mexanik xizmatiga birkitilgan uskunalar va inshootlarni profilaktik koʼriklarini, reja boʼyicha oldindan taʼmirlashni toʼgʼri tashkil etilishini va oʼz vaqtida oʼtkazilishini taʼminlaydi.
87. Yuk koʼtarish mexanizmlari, yuk ilib olish va koʼtarish moslamalari, bosim ostida ishlaydigan apparatlar va sigʼimlar, elektr payvandlash apparatlari,atsetilen, kislorod va kompressor qurilmalari, abraziv doiralarini sinab kurish moslamalarini sinash, texnik koʼrikdan oʼtkazish va taftish qilinishi oʼz vaqtida bajarilishini, toʼgʼri va xavfsiz ishlatilishini taʼminlaydi.
88. Barcha ishlab chiqarish uskunalari va sanoat inshootlarining texnik holati, ishlatilishi va oʼz vaqtida taʼmirlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, mashinalar, qurilmalar, asbob-uskunalar va inshootlarning xavfsizlik qoidalari va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga muvofiq boʼlishini taʼminlaydi. Texnik hujjatlar yuritilishini va bosh mexanik boʼlimiga taaluqli mexanizmlarning holatini nazorat qiladi.
89. Uskunalar, mexanizmlar va asbob-uskunalarda aniqlangan konstruktiv kamchiliklarini bartaraf etish, eskirgan mashinalar, mexanizmlar va qurilmalarni oʼz vaqtida almashtirish choralarini koʼradi. Texnikaning yangi namunalarini sinashda ishtirok etadi.
90.Shamollatgich qurilmalari va tizimlarini samarali ishlashini va ularni oʼz vaqtida taʼmirlanishini nazorat qiladi.
91.Xavfsizlik qoidalari, oʼquv va bilimlarni tekshirish toʼgʼrisidagi Nizomga muvofiq oʼquvni uyushtiradi va oʼtkazadi, bosh mexanik boʼlimi xodimlari, shuningdek yuk koʼtarish kranlari, bosim ostida ishlaydigan sigʼimlar va boshqa murakkab mexanizmlarda ishlaydiganlarning bilimlarini tekshirish komissiyasi ishlariga qatnashadi. Ishchilarga yoʼl-yoʼriqlar berishda ustalarga amaliy yordam koʼrsatadi.
92. Bosh mexanik boʼlimi xodimlari uchun ishlarni xavfsiz olib borish yoʼriqnomalarini oʼz vaqtida ishlab chiqilishini tashkillashtiradi, ishchilar uchun yoʼriqnomalar tuzishda sexlar va xizmatlar xodimlariga yordam koʼrsatadi.
93.Murakkab mexanizmlar va agregatlarga xizmat koʼrsatish boʼyicha belgilangan tartibga xodimlarning rioya qilishlarini taʼminlaydi.
94.Uskunalarning muhim detallari va uzellarini oʼz vaqtida defektoskopiyadan oʼtkazilishini taʼminlaydi.
95.Mehnatni muhofaza qilish boʼyicha uch bosqichli nazoratni olib borishda, shuningdek doimiy faoliyat koʼrsatuvchi komissiyaning korxona obьektlarida kompleks va maqsadli tadqiqot oʼtkazish ishlarida ishtirok etadi.
96.Er ustidagi uskunalar bilan sodir boʼlgan va baxtsiz hodisaga olib kelmagan avariyalarni oʼz vaqtida tekshirish va hisobga olinishini amalga oshiradi.
97. Oʼta xavfli ishlarni bajarishda ustalar, ishchilar tomonidan mehnatning xavfsiz usullariga rioya qilinishini, qoidalar va yoʼriqnomalar talablarining aniq bajarilishini nazorat qiladi.
98.Korxonaning amaldagi sexlari va obʼektlaridagi uskunalarni ishlatishda taʼmirlash, montaj va sozlash ishlarini olib borishda ishning xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishini taʼminlaydi.
99.Davlat nazorati organlari, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi mutaxassislarining koʼrsatmalarini, mehnatni muhofaza qilish masalalari boʼyicha buyruqlar va farmoyishlarni bajarilishini tashkil etadi va taʼminlaydi.


Download 1.83 Mb.




Download 1.83 Mb.