|
O’quv uslubiy majmua
|
bet | 49/194 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 3,62 Mb. | | #251959 |
Bog'liq portal.guldu.uz-Umumiy pedagogika2-savol bayoni.
O‘quv jarayonida nazorat va hisobga olish funksiyalari. Ta’lim jarayonining muhim tarkibiy qismlaridan biri — nazorat va hisobga olishdir. Bu tushunchalar o‘ziga xos mohiyat va xususiyatlarga ega. O‘qituvchi nazorat va hisobga olishni to‘g‘ri tashkil yesa, ta’lim jarayonining samaradorligi ortadi. Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajasini aniqlab borishi lozim.
Nazorat (ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o‘lchash esa tekshirish deb ataladi.
Tekshirish — nazoratning tarkibiy qismi bo‘lib, uning asosiy didaktik vazifasi o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida aks aloqani ta’minlash, pedagog tomonidan o‘quv materialini o‘zlashtirish haqida obyektiv axborot olinishi hamda bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlashdir. Tekshirishning maqsadi nafaqat o‘quvchining bilim darajasi, sifati, balki uning o‘quv mehnati hajmini ham aniqlashdan iborat. O‘quvchilarning bilim va malakalarini tekshirish quyida ko‘rsatilgan mantiqiy ketma-ketlikda olib borilishi kerak:
Tekshirish tizimidagi birinchi bo‘g‘in ta’lim oluvchilarning bilim darajasini oldindan aniqlash hisoblanadi. Odatda, u o‘quv yili boshida o‘quvchilar tomonidan avvalgi o‘quv yilida o‘zlashtirilgan bilimlari darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Bu kabi tekshirish, shuningdek, o‘quv yilining o‘rtasida yangi bo‘lim (kurs)ni o‘rganishga kirishilganda ham o‘tkazilishi mumkin va o‘rinli bo‘ladi.
Bilimlarni tekshirishning ikkinchi bo‘g‘ini har bir mavzuni o‘zlashtirish jarayonidagi joriy tekshirishdir. Joriy tekshirish ta’lim oluvchilar tomonidan o‘quv dasturida belgilangan ayrim alohida elementlarni o‘zlashtirish darajasini tashxislash imkonini beradi. Mazkur tekshirishning asosiy vazifasi o‘rgatishdir. Bunday tekshirishning shakl va metodlari turlicha bo‘lib, ular o‘quv materiali mazmuni, murakkabligi, o‘quvchilarning yoshi va tayyorgarligi, ta’lim bosqichi va maqsadlari, muayyan pedagogik sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi.
Takroriy tekshirish bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirishning uchinchi bo‘g‘ini sanalib, joriy tekshirish kabi mavzuli bo‘lishi mumkin. Yangi mavzuni o‘rganish bilan birga o‘quvchilar avval o‘rganilganlarni takrorlaydilar. Takroriy tekshirish bilimlarni mustahkamlashga ko‘maklashadi, biroq o‘quv ishlari bosqichini tavsiflash, bilimlarni o‘zlashtirish mustahkamligi darajasini tashxislash imkonini bermaydi. Ushbu tekshirish tashxisning boshqa turlari va metodlari bilan birga qo‘llanilsagina kutilgan samarani beradi.
Tizimning to‘rtinchi bo‘g‘ini o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini yaxlit bo‘lim yoki kursning alohida mavzusi bo‘yicha davriy tekshirish hisoblanadi. Mazkur tekshirishning maqsadi — kursning turli qismlarida o‘rganilgan o‘quv materialining strukturaviy elementlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘zlashtirish sifatini tashxislash. Davriy tekshirishning asosiy vazifasi — tizimlashtirish va umumlashtirish.
Tekshirishni tashkil etishda beshinchi bo‘g‘in ta’lim oluvchilarning, ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarini yakuniy tekshirish va hisobga olishdir. O‘zlashtirishning yakuniy hisobi har bir chorak va o‘quv yili oxirida o‘tkaziladi. U olingan baholarni qo‘shib, o‘rtacha arifmetik ballni mexanik tarzda chiqarishdangina iborat bo‘lmasligi lozim. Bu, avvalo, mazkur bosqichda belgilangan maqsadga muvofiq tarzda amaldagi ta’lim olganlik darajasi (sifati)ni tashxislashdir.
Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.
Oraliq nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Yakuniy nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash o‘quv mashgulotlarini olib bormagan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashgulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi yakuniy nazorat turini o‘tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi.Yakuniy nazorat turini o‘tkazishda kelishuv asosida boshqa oliy ta’lim muassasalarining tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchilari jalb qilinishi mumkin.Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish, shuningdek talabalarning bilimini baholash tegishli kafedra mudiri tomonidan tashkil etiladigan komissiya tomonidan amalga oshiriladi.Komissiya tarkibi tegishli fan professor-o‘qituvchilari va soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi.Komissiya tarkibiga kelishuv asosida boshqa tashkilotlarning soha mutaxassislari ham jalb qilinishi mumkin. Oliy ta’lim muassasasida nazorat turlarini o‘tkazilishi tegishli oliy ta’lim muassasasining ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan doimiy ravishda o‘rganib boriladi. Bunda nazorat turlarini o‘tkazilish tartibi buzilganligi aniqlangan hollarda, o‘tkazilgan nazorat turlarining natijalari bekor qilinishi hamda tegishli nazorat turi qaytadan o‘tkazilishi mumkin.Talaba tegishli fan bo‘yicha yakuniy nazorat turi o‘tkaziladigan muddatga qadar oraliq nazorat turini topshirgan bo‘lishlari shart.
Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.
Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Talaba uzrli sabablarga ko‘ra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqsirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi.Bir kunda 1 tadan ortiq fan bo‘yicha yakuniy nazorat turi o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish kamida 2 kun oraligida belgilanishi lozim.
Bitiruvchi kurs bo‘lmagan talabalar kuzgi semestr natijalari bo‘yicha 3 tagacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi bo‘lgan hollarda talabaga bir oygacha, bahorgi semestr natijalari bo‘yicha 3 tagacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi bo‘lgan talabaga tegishli fan (fanlar) bo‘yicha oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turlarini yangi o‘quv yili boshidan qayta totpirish uchun 1 oy mudsat beriladi.
Bitiruvchi kurs talabalariga bahorgi semestr natijalari bo‘yicha o‘zlashtirmagan fandan (fanlardan) qayta topshirish uchun yakuniy davlat attestatsiyasi boshlangunga qadar ruxsat beriladi.Fanlardan akademik qarzdorligi 4 ta va undan ko‘p bo‘lgan talabalarga qayta topshirishga ruxsat berilmaydi va ular oliy ta’lim muassasasi rektorining (boshligining, filial direktorining) buyrugi bilan kursdan qoldiriladi.
Talabaga oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini qayta topshirish uchun berilgan muddat davomida talaba tomonidan qayta topshirishlar soni 2 martadan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Talaba oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini birinchi marta qayta topshirishdan o‘ta olmagan takdirda, fakultet dekani tomonidan komissiya tuziladi. Komissiya tarkibi tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchi va soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi. Ikkinchi marta oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini o‘tkazish va talabani baholash mazkur komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Berilgan muddat davomida mavjud bo‘lgan qarzdorlikni topshira olmagan talaba bo‘yicha fakultet dekani bildirgi bilan oliy ta’lim muassasasi rektorini (boshligini, filial direktorini) xabardor qiladi va ushbu talaba rektor (boshliq, filial direktori) buyrugi asosida kursdan qoldiriladi.Talaba uzrli sabablarsiz malakaviy amaliyotga qatnashmagan, shuningdek malakaviy amaliyot yakunlari bo‘yicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan hollarda, u akademik qarzdor hisoblanadi va kursdan qoldiriladi.
Kursda qoldirilgan talaba fanni (fanlarni) o‘zlashtirmagan semestr boshidan to‘lov-kontrakt asosida mazkur o‘quv yiliniig tegishli semestri uchun tasdiqlangan o‘quv rejaga muvofiq o‘qishni davom ettiradi.Baholash natijasidan norozi bo‘lgan talabalar fakultet dekani tomonidan tashkil etiladigan Apellyatsiya komissiyasiga apellyatsiya berish huquqiga ega. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga talabani baholashda ishtirok etmagan tegishli fan professor-o‘qituvchilari orasidan komissiya raisi va kamida to‘rt nafar a’zo kiritiladi.Talaba baholash natijasidan norozi bo‘lgan takdirda, baholash natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyatsiya berishi mumkin. Talaba tomonidan berilgan apellyatsiya Apellyatsiya komissiyasi tomonidan 2 kun ichida ko‘rib chiqilishi lozim.
Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.Oraliq nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Yakuniy nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash o‘quv mashgulotlarini olib bormagan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashgulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi yakuniy nazorat turini o‘tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi.Yakuniy nazorat turini o‘tkazishda kelishuv asosida boshqa oliy ta’lim muassasalarining tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchilari jalb qilinishi mumkin.Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish, shuningdek talabalarning bilimini baholash tegishli kafedra mudiri tomonidan tashkil etiladigan komissiya tomonidan amalga oshiriladi.Komissiya tarkibi tegishli fan professor-o‘qituvchilari va soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi. Komissiya tarkibiga kelishuv asosida boshqa tashkilotlarning soha mutaxassislari ham jalb qilinishi mumkin.
Demak, o‘zlashtirishni nazorat qilish va hisobga olish nazorat, o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini bajaradi.
|
| |