• Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
  • Milliy va umummadaniy kompetensiya
  • -mavzu: Tenglik va hurlik ramzi




    Download 18 Mb.
    bet20/42
    Sana18.12.2023
    Hajmi18 Mb.
    #122024
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42
    Bog'liq
    8-sinf sinf soati konspekti @Talimga oid hujjatlar
    111111, TEST tehnologiya va uni o\'qitish metodikasi Jo\'razoda Mohina (2), lec, Abduraxmonov Dostonbek kompyuterni tashkillashtirish, Толыбайев.М, KT, Mavzu Algoritmlarni baholash mezonlari. Vaqt va hajm bo’yicha b-fayllar.org, Muammo tahlili va yechimi-fayllar.org, Dizayn va simulyatsiya ning Mahalliy hudud tarmoq Foydalanish Ci-www.hozir.org, Mavzu Windows Serverni o‘rnatish va dastlabki konfiguratsiyasi., Mustaqil ish mavzu Active directory domain controllerni o’rnati
    14-mavzu: Tenglik va hurlik ramzi (10 dekabr - O‘z.Res. Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan).
    Kun shiori: “O`zbekiston madhingni kuylaydi, har bir farzanding!”.
    Maqsad: O`quvchilarda davlat ramzlariga bo`lgan hurmatni rivojlantirish, ular ongiga O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini har bir fuqaro bilishi, yoddan ayta olishi, hurmat qilishi, mazmunini anglashi, davlat madhiyasi matni va musiqasi mualliflarini bilishi lozimligini singdirish.
    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
    Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
    Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
    Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”, “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”, Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar Doskada: O`zbekiston – yagona Vatan uchun yashaylik,
    Vatan ichra bu go`zal chaman uchun yashaylik. Abdulla Oripov
    O`qituvchi: O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan. O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi – davlat mustaqilligining ramzlaridan biridir.
    Davlat madhiyasi musiqasini kompozitor Mutavakkil Burhonov, so`zini shoir Abdulla Oripov yozgan.
    Serquyosh hur o`lkam, elga baxt, najot,
    Sen o`zing do`stlarga yo`ldosh, mehribon!
    Yashnagay to abad ilmu-fan, ijod,
    Shuhrating porlasin toki bor jahon!
    O`zbekiston Qahramoni O`zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov vatanimiz, O`zbekistonimiz haqida ko`plab she’rlar yozgan shoir o`z she’rlarida Vatanni ko`z qorachig`iday asrashini boyliklari uchun sevgan insonni hech qachon kechirma deb yozadi .
    Vatan timsollari sendek yoshlarni mard va vatanparvar, el-u yurt ishiga sadoqatli qilib tarbiyalashda ma’rifiy vosita bo`lib xizmat qiladi.
    Madhiya madh etish degan ma’noni anglatar ekan. Har bir inson o`z xalqini, yurtini, Vatanini, ajdodlarini, buyuk allomalarini madh etib kelgan. Biz sizning e’tiboringizga Vatanimiz, xalqimiz, allomarimizni madh etgan shoirlar ijodidan bahramand etamiz.
    Men dunyoni nima qildim,
    O`zing yorug` jahonim,
    O`zim hoqon,
    O`zim sulton,
    Sen taxti Sulaymonim.
    Yolg`izim,
    Yagonam deymi,
    Topingan koshonam deymi,
    O`zing mening ulug`lardan
    Ulug`imsan, Vatanim…
    Muhammad Yusuf
    Topshiriq: O`quvchilardan O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini izohlash.
    Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

    Download 18 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42




    Download 18 Mb.