• “Alisher Navoiy-barcha zamonlar buyuk daho ijodkori, o`zbek adabiy tili asoschisi”.
  • Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
  • Milliy va umummadaniy kompetensiya
  • O‘quv yili Tushuntirish xati




    Download 18 Mb.
    bet28/42
    Sana18.12.2023
    Hajmi18 Mb.
    #122024
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42
    Bog'liq
    8-sinf sinf soati konspekti @Talimga oid hujjatlar

    III.Yakuniy qism: O`quvchilar fikrlarini xulosalab,faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi.


    Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
    20-Mavzu: Buyuk siymolarni yod etib. (Hazrat Alisher Navoiy va Z.M. Bobur tavalludi tavalludi munosabati bilan)
    Kun shiori: “Alisher Navoiy-barcha zamonlar buyuk daho ijodkori, o`zbek adabiy tili asoschisi”.
    Maqsad: O`quvchilarda avliyolar avliyosi, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoirlar sultoni Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bo’lgan hurmat hamda qiziqishni yanada rivojlantirish orqali ularning qalbi va ongiga mehr-oqibat, insonparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik tuyg'u’larini singdirish.
    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
    Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
    Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
    Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”, “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”, Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
    Doskada:
    Bir olamni istaymanki, unda bu olam odamlari bo`lmasa,
    Va bu olam kishilari jafosidan unda g`am bo`lmasa.
    Alisher Navoiy
    O`qituvchi:

    • Alisher Navoiy bobomizga chuqur ehtirom yuzasidan bugun Navoiy bobomiz nomi bilan Navoiy viloyati, Navoiy kutubxonasi, Navoiy nomidagi teatr, Navoiy nomidagi stependiya, Navoiy nomi bilan ko`chalar, maktablar atalmoqda.

    • O`zbek xalqimiz Alisher Navoiy bobomizga chuqur ehtirom, ixlos va havas qilib o`z farzandlariga Alisher ismlarini qo`ymoqdalar. Bu ham xalqimizning yuksak ma’rifat va ma’naviyat sohiblari ekanligidan dalolat. Bu yer yillar, asrlar davomida katta xalq tantanalari, qariyalarimizga, yosh avlodimizga, xalqimizga malham, ruhiy madad beradigan sevimli va maroqli bir oromgohga aylanadi.

    • bugun bu bog` ijod ahli uchun ilhom va kamolot maskaniga aylanib ketgan.

    A lisher Navoiy bobomizga atab asarlar, she’rlar, kinolar, spektakllar va videofilmlar xalqimizga taqdim etilib bormoqda

    Download 18 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42




    Download 18 Mb.