• Maktab MMIBDO‘____________________ _____________________ sana_____ _____ 20___yil 23-Mavzu: Sizga talpinaman onajon!
  • Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
  • Milliy va umummadaniy kompetensiya
  • “Ayol, ona hammamizga hayot ato etgan zot”
  • O‘quv yili Tushuntirish xati




    Download 18 Mb.
    bet31/42
    Sana18.12.2023
    Hajmi18 Mb.
    #122024
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   42
    Bog'liq
    8-sinf sinf soati konspekti @Talimga oid hujjatlar

    Mashg’ulotni yakunlash:
    Sizning ish joyingizda muvaffaqiyatga erishish uchun texnik malakaning etarli ekanligi haqida fikr yuritish tuzog'iga tushish juda osondir. Agar siz ishlab chiquvchi yoki dizayner bo'lsangiz ham, odamlar siz bilan ishlashdan lazzat olishni istasangiz, o'z mahoratingizni to'ldirishingiz kerak. Bunga qo'shimcha ravishda, texnikaviy bo'lmagan texnikaviy ko'nikmalar, masalan, sizning fikringizni yig'ishga imkon
    O'z-o'zini anglashni rivojlantirish (ayniqsa zaif nuqtalaringiz).
    Muzokara qilishni tushuning
    Moslashishni o'rganing.
    Shaxsiy tajribangizni yaxshilashga ehtiyoj sezdingizmi? Quyidagi izohlar bo'limida tajribangizni biz bilan o'rtoqlashing!


    Maktab MMIBDO‘____________________ _____________________ sana_____ _____ 20___yil
    23-Mavzu: Sizga talpinaman onajon! (8 mart xotin-qizlar bayrami munosabati bilan)
    Kun shiori: “Ayol bilan olam munavvar!”.
    Maqsad: O`quvchilarga aziz onajonlarimiz va opa-singillarimizga hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo’lish tuyg’ularini singdirish orqali ularni “Ayolga e’tibor – kelajakka e’tibor”, “Ayol baxtli bo’lsa, jamiyat ham baxtli bo’ladi” degan g’oyalarga sadoqat ruhida tarbiyalash.
    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
    Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
    Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
    Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”, “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”,Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
    Doskada: “Ayol, ona hammamizga hayot ato etgan zot”
    Abdulla Oripov
    O`qituvchi:
    Bugun O`zbekistonda xotin-qizlarga ehtirom ko`rsatish, ularning huquqlarini muhofaza qilish, salomatliklari uchun qayg`urish borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar xalqaro miqyosda ham keng e’tirof etilmoqda. Ayollarimiz mohir uy bekasi, jonkuyar ona bo`lishi bilan birga yurtimizdagi ijtimoiy, madaniy va siyosiy jabhalarda erkaklar bilan birdek faol ishtirok etayotirlar.
    Davlatimiz rahbarining 2004 yil 25 mayda qabul qilingan “O`zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo`llab-quvvatlash borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoni ayollarimiz salomatligini saqlash, ularni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, ijodiy-aqliy salohiyatini yuzaga chiqarishda muhim dasturilamal bo`lmoqda.
    Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquqlari va manfaatlarini ta’minlash borasida izchillik bilan amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning huquqiy asosi Bosh qomusimizda o`z ifodasini topgan. Insonning, shu jumladan, xotin-qizlarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini ta’minlaydigan milliy qonunchiligimiz me’yorlari esa Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qoidalariga hamohangdir.
    Payg‘ambarimizning (s.a.v.): “Ayollar erkaklarning ajralmas bir qismidirlar”, degan hadislariga binoan ayol kishi jamiyatning ajralmas bir bo`lagi ekan, u ijtimoiy hayotda o`z mavqeiga ega bo`lib, ilm olishga, kasb-hunar qilishga haqlidir. Shunga binoan bugungi kunning ayoli ham unga berilgan haq-huquqlardan oqilona foydalanish bilan birga, ayollik iffatini saqlab, o`z sha’niga dog` tushirmaslikka harakat qilishi lozim. Ularni turli yomonlik, xavf-xatar va illatlardan himoyalash, hurmatini joyiga qo`yib, chiroyli munosabatda bo`lish esa erkaklarning zimmasidadir. Chunonchi, Rasululloh (s.a.v.) ayollarga yaxshi munosabatli bo`lishga buyurib, bunday marhamat qiladilar: “Mo`minlarning imon jihatidan komilrog`i xulqi yaxshi bo`lganlaridir. Sizlarning yaxshilaringiz o`z ahlu ayoliga yaxshi bo`lganlaringizdir”.

    Download 18 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   42




    Download 18 Mb.