O’quy yili uchun maktabning kasb hunarga yo’naltiruvchi psixoglari yillik reja tuzulib tastiqlandi. Maktabda jami 1173 nafar o’quvchi bo’lib, 37 ta sinfni tashkil etadi




Download 24.6 Kb.
Sana12.07.2023
Hajmi24.6 Kb.
#76616
Bog'liq
psixolog kasb haqida
Online Food Order System for Restaurants, mingbulo-tumani-sh-rlangan-maydonlarining-atrof-tabiiy-mu-itga-meliorativ-va-meteorologik-tasirini-ba-olash, 022, 023, М.Дустмухамедов.Мух.геодез.(дарслик))

Kosonsoy tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo’limiga qarshli 28 - maktabda yuqori sinf o’quvchilari bilan 2022- 2023 o’quv yili davomida o’quvchilarga kasblar to’g'risida ma'lumotlar berish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar.


2022 - 2023 o’quy yili uchun maktabning kasb hunarga yo’naltiruvchi psixoglari yillik reja tuzulib tastiqlandi.Maktabda jami 1173 nafar o’quvchi bo’lib, 37 ta sinfni tashkil etadi.
O’quvchilarni to’g'ri kasb hunarga yo’naltirish maqsadida yuqori sinf o’quvchilari bilan yil davomida har oyda o’tkaziladigan kasblar va maslahat oyligi reja asosida olib borildi.Maktabda kasbiy bilim va maslahat oyligi o’tkazish uchun stent tashkil etilib maktab fayasiga o’rnatildi. Ushbu stentni tashkil etishdan maqsad kasblar oyligi o’tkazishdan maqsad va uni natijalari tushuntirildi.Jotiy yilning sentyabr oyida 5- 11 sinf o’quvchilari bilan ishchi kasblar sohasiga oid kasblar asosida " Kasbiy bilim va maslahat oyligi" o’tkazildi.
Ishchi kasblar sohasiga oid hududimizdagi mavjud soha va ishlab chiqarish korxonalari,hunarmandchilikmarkazlariga sayohatlar tashkil etildi.
Maktabning 9-11 sinf bitiruvchilarini ta'limni keyingi bosqichiga tortish maqsadida pedagog hodimlarga buyruq asosida biriktirildi.
O’quvchilar bilan psixologik kasbiy diagnostik metodikalar profnavigator.uz platformasi orqali o’tkazib borildi.Sentyabr oyida 7 - sinflarda "Maqsadlarga intilish ", 8- sinflarda " Oquvchilarni qiziqishlarini aniqlash ", 9,10,11- sinflarda " Qiziqishlar xaritasi" testlari onlayn tarzda bajarildi va natijalar tahlil qilindi.
2022 yil oktyabr oyida " Maishiy hizmat ko’rsatish sohasiga oid " kasblar asosida kasbiy bilim va maslahat oyligi o’tkazilb, maishiy xizmat sohasiga oid ishlab chiqarish korxonalari va hunarmandchilik markazlariga sayohatlar tashkil etildi.Reja asosida 7- sinf oquvchilaridan onlayn tarzida "Tashkilotchilik qobiliyatlarini aniqlash ",8 - sinflarda "Muloqotchanlik darajasini aniqlash testi", 9- sinflarda " Shaxs no’nalganligini aniqlash testi, 10- sinflarda " O’quv motivatsiyasini yo’nalganligini aniqlash testi" 11 - sinflarda " O’quvchilarni fanlarga bo’lgan qiziqishini aniqlash " " Kasb tiplarini aniqlash" testi o’tkazildi hamda kasbiy trening mashg'ulotlari olib borildi.2022 yil noyabr oyida reja asosida "Ishlab chiqarish sohasiga oid " kasbiy bilim va maslahat oyligida 5,6 - sinf o’quvchilar bilan hududimizdagi kasblar mavzusida davra suhbati o’tkazildi.Noyabr oyoda maktabning yuqori sinf o’quvchilarini ksb hunarga yo’naltirish maqsasida hududimizdagi ishlab chiqarish korxonalari yakka tartibdagi tadbirkorlar, hunarmandlar va boshqa kasb egalari bilan tanishtirish maqsasida sayohat uyushtirildi.
Sayohatda qishlog'mizdagi nonvoy, oshpaz, pazandachilik, sartarosh, chilangar, sotivchi, tokar, tikuvchilim sexi, avtomobil tizativchi ustaxonasi, dorixona xizmati, kompyiter xizmati, qassob va boshqa kasb hunar egalarining ish jarayonlari, kasbning yaxshi, mirakkab tomonlari daromad manbai aholiga xizmat ko’rsatish, sifatli mahsulot tayyorlash, ular bilan yaxshi munosabatda bo’lish, o’z kasbini nozik sirlari bo’yicha suhbatlashildi.Turli kasb hunar egalari o’z kasbini sevishi, shu kasb sevishidan oilasini ta'minlashini, o’quvchilarga ham shunday hunar turlarini egallashlari haqida tavsiyalar berishdi.
Sayohatda o’quvchilar o’zlari qiziqtirgan barcha savollrag javob oldilar.
2022 yil dekabr oyida " Sanoat sohasiga oid kasblar " bo’lib kasbiy bilim va maslahat oyligi o’tkazildi.Yuqori sinf o’quvcilari bilan onlayn tarzda, 6-7 sinflarda " Kasb tiplarini aniqlash ", 8- sinflarda " O’quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash ", 9 - sinflarda " Kasb tanlash motivini aniqlsh ", 10- sinflarda " Kasbiy moyillik " testlari o’tkazildi.
O’quvchilar ota - onalar, sinf rahbarlari bilan birgalikda o’quvchilarni ta'limni keyingi bosqichida o’qishni davom ettirish, tanlagan kasbi bo’yicha kasb hunar markazlarida kasb organish uchun o’quvchilar va ota - onalarga tavsiyalar berildi.9- sinf oquvchilarining kasbiy moyilligi bo’yicja otkazilgan psixologik tashxis natijalari asosida kelgusida aniq ishchi kasblar bo’yicha kasb hunar maktablarida ta'lim olishi yoki kasb hunarga tayyorlash markazlarida kasbga tayyorgarlikni davom ettirishlari uchun o’quvchilarni muayyan kasbga yonaltirish ishlari olib borildi.
Joriy yilning 25 noyabr kuni XTT ning islih qilish bo’yicha Namangan viloyat hududuy kengashining navbatdagi yig'ilishida viloyatdagi barcha faollar ishtirokida umumta'lim maktablarining 10-11- sunf oquvchilari bilan " Kelajakdagi kasbim " mavzusida tarbiyaviy muloqot uchrashuvlarini o’tkazish belgilanganligi hamda viloyat xokimligining 2022 yil 29 noyabrdagi 01/18-5527 - sonli xatiga asosan 1 dekabr kuni maktabimizning 10-11- sinf o’quvchilari bilan " Kelajakdagi kasbim " mavzusida tarbiyaviy muloqot uchrashuvi o'tkazildi. Uchrashuvga maktabimiz sobiq bitiruvchisi Mahkamov Nabijon Zohidjonovich tashrif buyurib o’quvchilar bilan ochiq muloqot o’tkazdi.Muloqotda o’quvchilar o’zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Shuningdek, muloqotda o’zuning ish faoliyati, maktabdagi o’quvchilik davrlari , ustozlaring hurmat iqlish, fanlarning yaxshi o’zlashtirish, har bir o’quvchining o’z oldiga qoygan oliy maqsadi bo’lishi va bu maqsadning amalga oshirish uchun o’z ustida tinmay izlanishi kerakligini takror- takror uqtirib o’tdi.
Jamiatimizda soliq tizimining vatanimiz, xalqimiz uchun nechog'lik muhim ekanligini tishuntirib otdi. Maktabimiz o’quvchilari " Kasbim - fahrim " mavzusida o’zlarining kelajakda egallamoqchi bo’lgan kasblari bo’yicha davra choqishlarini namoyish etdilar. Shundan so’ng o’quvcjilarni kompyuter savodxonligini aniqlash maqsadida informatika dars jarayonida , bilim darajasi kuzatildi. Shuningdek maktabning kutubxonasiga ham tashrif buyirib o’quvchilar bilan kitobxonlik bo’yocja savol javob o’tkazdi.Maktab o’quvchilarining sport to’garak jarayonlari bilan ham tanishildi.O’tkazilgan uchrashuv va davra suhbati o’quvchilarda yaxshi ta'asurot qoldirdi.
Yiqori sinf o’quvchilari bilan dekabr " Sanoat sohasiga oid kasblar oyligi" munosabati bilan qishog'imiz hududidagi ne'ft ishlab chiqarish MCh J ga sayohat uyushtirildi.Sayohatdan ko’zlangan maqsad o’quvchilarni kasb hunarga to’g'ri yo’naltirish, sanoatni yetakchi turlaridan bo’lgan og'ir sanoat tirlari bilan tanishtirish maqsadida konning qurulish tarixi, qazish, tozalash uchun barpo etilgan mavjud qurulmalar, ularni ishlash jarayonlari haqida mutaxasis bilan suhbatlashildi.
Suhbatda ne'ft va gaz qazib olishdan , ekspertgacha bo’lgan jarayonlarni o’quvchilarga tushuntirib berdi.O’quvchilar o’zlari qiziqtirgan savollarga javob oldilar, korxonaning aholiga yaqinligi va uning salbiy tomonlari haqida ham ma'lumotlar berildi.Yer osti boyliklarini qazib olish, qayta ishlash, ulardan tayyorlanadigan mahsulotlarning barchasi xalqimiz uchun xizmat qilayotganini, shu sohadagi kasb egalari haqida kon metallurgiya sohasi bo’yicha ma'lumotlar berildi.O’quvchilar sayohat orqali har bir kasb va ishlab chiqarish sohasi isonlar ehtijlarini qondirish uchun zarur ekanligi tushunib yetdilar.
2023 yil yanvar oyi rejasi asosida yuqori sinf 6- sinf o’quvchilaridan " Kim bo’lsam ekan " mavzusida diktant, 9- 11- sinflardan " Men tanlagan kasb " mavzusida insho va diktanlar olindi. 7-8 sinflarda platforma asosida " Tashkilotchilik qobiliyatlarini aniqlash, 8- sunflarda " Muloqotchanlik darajasini aniqlash " metodikalari o’tkazildi.
2023 yil fevral oyida reja asosida " Kommunal xizmatlar sohasiga oid kasblar " asosida kasbiy bilim va maslahat oyligini o’tkazishda 5 - sinf o’quvchilari o’rtasida " Kim bo’lsam ekan " mavzusida diktan olindi. 7 - sinflarda platforma asosida " O’quvchilarning qiziqishlarini aniqlash ". 8 - sinfalarda " O’quvchilarning qiziqishlari, qobiliyatlari va intilishlarini aniqlash ", 9-11- sinflarda " Qiziqishlar xaritasi " metodikasi o’tkazildi.
Hududdagi yakka tartibdagi tadbirkorlar, hunarmandlar ishlab chiqarish korxonalriga sayohatlar uyishtirildi.
2023 yil mart oyida " Qishloq xo’jalik sohasiga oid kasblar asosida " kasbiy bilim va maslahat oyligida platforma asosida 9- sinflarda " Shaxs uo’nalganligini aniqlash ", 10- sinflarda "O’quv motivatsiyasini yo’nlaganligini diagnostikasini aniqlash ", 11 – sinflarda " O’quvchilarni fanlarga bo’lgan qiziqishlarini aniqlash " testlari o’tkazildi.
Yuqori sinf o’quvchi qizlari bilan kasb hunarga yo’naltirish maqsadida " Qiz bolaning kasbi - uning baxti " mavzusida tadbir o’tkazildi.
Tadbirda pazandachilik maxsulotlarini tayyorlash bo’yicha hususiy tadbirkor Vohobova Dildora maktabga taklif etildi. Yakka tadbirkor 7 - sinf qizlarini ustoz shogird an' anasiga asosan ularga shu kasbning sir asrorlarini o’rgatmoqda.Hamda tadbirda ish jarayonlari bilan ishtirok etdi.
Yakka tartibdagi tadbirkor gulchi Ma'mura opa Haydarovaning xonadonida bo’lib o’zi o’stirayotgan gullarni parvarishi, ko’paytirish, daromad topish bo’yicha suhbatlashildi gulchilik sir asrorlari bo’yicha ma'lumotlar berildi.
2023 yil aprel oyida " Fan va ta'lim sohasiga oid " kasblar asosida kasbiy bilim va maslahat oyligida kasb hunarga yo’nalturish maqsadida hududimizdagi davlat va no davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga sayohat uyishtirilib, tarbiyachi, yordamchi tarbiyachi, oshpazlik kasblari maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlash bo’yicha ta'lim sohasidagi kasblar bilan tanishtirild
7, 8, 9, 10, 11 - sinf o’quvchilari bilan sinflar kesimida ta'limni keyingi bosqichiga tortish va to’g'ri kasb tanlash bo’yicha tushuntirish ishlari va " Kasb va yoshlar " mavzusida ochiq muloqot o’tkazildi.
O’quchilarni ta'limni keyingi bosqichida davom ettirishi va to’g'ri kasb tanlashlari maqsadida ota- onalar yig'ilishlarida " Kasb tanlash va bolanig qiziqishlari va moyilliklari ", " Kasb tanlashda tipik xatoliklar " mavzularida chiqishlar, ma'ruzalar o’tkazildi.
Maktabimiz uzoq yillardan buyon ta'lim sohasida juda katta natijalarga erishayotgani maktab bitiruvchilarini ko’pi o’qituvchilik sohasini egallab maktabimiz, tuman, viloyat maktablariga o’qituvchi kadrlarni yetishtirishda yetakchi o'rinlarda ekanligi tushuntirildi.
O’quv yili davomida maktabimizga tumandagi kasb hunar maktablaridan, kollej va texnikumlardan, OTM dan mutaxasislar kelib kelajakda to'g'ri kasb tanlash va o’z qiziqishi bo’yicha ta'limni davom ettirishning ahamiyati bo’yicha tushuntirish ishlari olib borildi va o’z muassasalariga o’qishga taklif etishdi.Davra suhbatalri va uchrashuvlarda o’quvchilar o’zlari qiziqtirgan savolarga javob oldilar.
Yuqori sinflardan platforma asosida 7- sinlarda " Kasb tiplarini aniqlash " metodikasi o’tkazildi.
2023 yil may oyida " Radio texnika va elektironika sohasiga oid kasblar " asosida kasbiy bilim va maslahat oyligida 9 - 11- sinf bitiruvchilarini ta'limni keyingi bosqichiga tortish va to’g'ri kasb tanlash maqsadida so’rovnomalar otkazildi. So’rovnoma natijasiga ko’ra
90 nafar 9 - sinf bitiruvchisidan 1 nafari Namangan I.I. qoshidagi Akademik litseyga, 2 nafar Farg'ona Temurbeklar maktabiga, 23 nafari KXM lariga, 64 nafari maktabning 10 - sinfda davom ettirish istagini bildirishgan.
Maktabimizda jami 11 - sinf o’quvchilari 59 nafar bitiruvchi bo’lib, ulardan 58 nafari OTM larga o’qish uchun hujjat toshrish istagini bildirishgan , 1 nafari hunar o’rganish istagini bildirgan. 2023 o’quv yilida hududimizdagi hususiy Turon OTM ga kirish uchun muddatidan oldin viloyat bo’yicha o’tkazilgan olimpiadiasida o’quvchilar faol ishtirok etib, 13 nafari muddatidan oldin o’qishga qabul qilindi. Shuningdek, bundan tashqari bir necha OTM larda otkazilgan olimpiadalarida ham qatnashishdi.
19 may kuni Namangan shahridagi Yoshlar Markazida " Ta'lim va kasb 2023 " 23- xalqaro ko’rkazmasi tashkil etildi. Unda butun dunyodagi 10 dan ortiq OTM lar ishtiok etdi.Bizning bitiruvchilarimiz ham f xalqaro ko’rkazmada faol ishtirok etishdi.
Download 24.6 Kb.




Download 24.6 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’quy yili uchun maktabning kasb hunarga yo’naltiruvchi psixoglari yillik reja tuzulib tastiqlandi. Maktabda jami 1173 nafar o’quvchi bo’lib, 37 ta sinfni tashkil etadi

Download 24.6 Kb.