Abstrakt – Times New Roman shrifti 12 o’lcham, qalin ko’rinishda yoziladi. Maqolani umumlashtiradi, bir paragrafdan iborat, odatda 300 gacha so’zdan tashkil topadi. Maqolaning umumiy jihatlarini quyidagi tartibda yoritib beradi: 1) ilmiy izlanishning umumiy maqsadi va izlanilayotgan asosiy muammo; 2) ilmiy izlanishning asosiy usullari; 3) ilmiy izlanish natijasida olingan natija; 4) olingan natijalarning qisqa umumlashtirilishi va xulosalar. Abstrakt maqolaning har bir aspektini batafsil yoritib berishga yordam beradi va o’quvchilarga maqola to’g’risida umumiy ma’lumot beradi. Abstrakt, odatda, uchinchi shaxs nomidan o’tgan zamonda yoziladi. Abstraktda formulalar, rasmlar, jadvallar yoki havolalar joylashtirilmaydi. Abstrakt qisqacha nima qilinganligini, qanday qilinganligini, asosiy natijalar va ularning muhimligini ifoda etishi kerak.
Kalit so’zlar – Times New Roman shrifti 12 o’lcham, qalin ko’rinishda yoziladi. Kalit so’zlar maqolaning mazmunini ochib beruvchi 7-10 tagacha kalit so’zlarni (alfavit tartibida) taqdim etilishi kerak.
KIRISH
Maqolaning kirish qismi yoziladi. Nima uchun ushbu ilmiy izlanish amalga oshirilganligi to’g’risida ma’lumot beriladi. Ilmiy izlanishning umumiy jihatlari yoritiladi.
Maqolaning sarlavhasi Times New Roman shrifti, 18 o’lchamda, markazga biriktirilgan bo’lishi kerak.
Maqola muallifining ismi qisqartirilgan katta xarfda birinchi, familiyasi ikkinchida Times New Roman shrifti, 12 o’lchamda, markazga biriktirilgan holda yoziladi. Mualifning ish (o’qish) joyi verguldan keyin kursivda qisqartmalarsiz to’liq yoziladi.
Maqolaning asosiy qismida ilmiy izlanish qanday bajarilganligi to’g’risida ma’lumot yoziladi.
Maqola uchun Times New Roman shrifti, 12 o’lchamda, qatorlar orasi 1 o’lchamda bo’lishi kerak. Maqola uchun qog’oz o’lchami A4 (21 sm x 29.7 sm), hoshiyalari chap 2 sm, o’ng 2 sm, yuqori va pastki 2 sm bo’lishi kerak. Rasm, grafik, jadvallar hoshiyaga chiqib ketmasligi kerak.
Maqola ikki kolonkada yoziladi, har bir kolonkaning o’lchami 8.15 sm, kolonkalar o’rtasidagi o’lcham 0.7 sm.
Paragrafning bosh satri o’ngga 0.42 smga siljigan bo’lishi kerak.
Maqolaning umumiy hajmi 5-7 varoq o’rtasida bo’lishi kerak.
So’z boshini avtomatik katta harf qilish funksiyasini ishlating va grammatikaga e’tibor bering. Yoziladigan gaplar to’liq bo’lishiga va paragraflararo bog’liqlikka e’tibor bering.
Qo’shiladigan rasm va grafiklarni to’g’ri raqamlanishini tekshiring. Masalan, Rasm-1 da rasmni to’g’ri raqamlash keltirilgan. Rasm tagidagi yozuv 10 o’lchamdagi shriftda o’rtaga biriktirib yozilishi kerak.
Rasm-1. Tog’liq tepalikdagi mayoq
Maqolada keltiriladigan jadvallar joylashgan kolonka chegarasidan chiqmagan holda joylashgan bo’lishi kerak. Jadvalning nomi uning ustida joylashadi va 10 o’lchamdagi shriftda o’ngga biriktirib yozilishi kerak. Jadval rim raqamida raqamlanadi. Jadvalga murojaat Jadval-I ko’rinishida bo’ladi. Katta o’lchamdagi jadvallar ikkita kolonka bo’ylab, hoshiyadan chiqib ketmagan holda joylashtirilishi mumkin.
Jadval-I
T/r
|
Yillar
|
Miqdor
|
1
|
1995
|
123
|
2
|
2000
|
456
|
3
|
2005
|
789
|
Ikkinchi darajali sarlavhalar
Birinchi darajali sarlavhalar rim raqami va undan keyin qo’yiladigan nuqta bilan raqamlanadi (Masalan: I., II., III., …). Birinchi darajali sarlavhalar o’rtaga biriktirib yoziladi. Birinchi darajali sarlavhalar katta harflarda bo’lishi kerak.
Ikkinchi darajali sarlavhalar katta lotin harfi va undan keyin qo’yiladigan nuqta bilan raqamlanadi (Masalan: A., B., C., …). Ikkinchi darajali sarlavhalar chap tarafga biriktirib yonbosh qilib yoziladi. Ikkinchi darajali sarlavhalarning birinchi harfi katta harfda yoziladi.
Uchinchi darajali sarlavhalar arab raqami va undan keyin qo’yiladigan qavs bilan raqamlanadi (Masalan: 1), 2), 3), …). Uchinchi darajali sarlavha chap tarafga biriktirib yoziladi.
Rasmlar
Maqolada keladigan barcha rasm va jadvallar matnda birinchi marta uchraydigan
joyga yaqin joylashishi kerak, oldin emas.
Rasmlar arab raqamlarda jadvallar esa rim raqamlarda raqamlanadi.
Ilovada keltirilgan rasm va jadvallar maqolada keltirilgan rasm va jadvallarning raqamlanishini davom ettirishi kerak.
Katta o’lchamdagi rasmlar ikkita kolonka bo’ylab, hoshiyadan chiqib ketmagan holda joylashtirilishi mumkin. Rasm nomi rasmning tagida, jadval nomi jadvalning tepasida joylashishi kerak. Rasm va jadval nomlari matnli soha ichiga joylashtirilmasligi kerak. Rasm atrofiga chegara qo’yilmaydi.
Havolalar
Maqolada keltirilgan havolalar to’rtburchak qavslar ichida joylashgan raqamlar [1] bilan raqamlanadi. Gapning punktuatsiya belgilari to’rtburchak qavsdan keyin qo’yiladi [2]. Bir nechta havolalar vergul bilan ajratib yoziladi [2], [3]; ketma-ket keladigan havolalar chiziq belgisi bilan ajratiladi [1]-[3].
Snoskalar alohida raqamlanadi1. Har bir snoska u keltirilgan kolonka tagida joylashtirilishi kerak. Snoskalar ssilkalar ro’yxatiga qo’shilmaydi.
O’lchov birliklari
Maqolada keltiriladigan qiymatlar uchun Xalqaro birliklar tizimining o’lchov birliklarini qo’llash tavsiya etiladi.
Qisqartmalar
Keng tarqalmagan qisqatmalardan foydalanmaslik tavsiya etiladi. Birinchi marta keltirilgan bunday qisqartmalarning to’liq ko’rinishi qisqartmadan keyin qavs ichida yozilishi kerak. Umumma’lum qisqartmalarga ta’rif berilmaydi. Sarlavhalarda qisqartmalar qo’lanilmaydi.
Ilova
Ilovalar, agar mavjud bo’lsa, e’tirof etish bo’limidan oldin kelishi kerak.
E’tirof etish
Quyida e’tirof etishga misol bo’la oladi.
Maqola muallif(lar)i professor A.Abdullayevga ushbu ilmiy izlanish yuzasidan bergan tavsiyalari uchun minnatdorchilik izhor etadi.
Havolalar
Havola o’quvchi uchun muhim hisoblanadi va har bir havola to’liq va to’g’ri berilishi kerak. Havolalar yakunlangan va mavjud nashrlar bo’lishi kerak.
Bitta havola raqami uchun faqatgina bitta havola keltirilishi kerak. Agar keltiriladigan havola ikkita manbada kelsa har biri alohida yozilishi kerak. Havolada barcha mualliflarining nomlari keltirilgan bo’lishi kerak (“va boshqalar” qo’shimchasini qo’llash tavsiya etilmaydi ).
Quyida har xil turdagi havolalar uchun misollar keltirilgan.
Kitoblar uchun:
A. B. Sobirov, Sharq san’ati va madaniyati namoyandalari, 2-nashr, 1-tom. Toshkent, Cho’lpon, 2019, 128-132 betlar.
A. B. Qodirov, D. F. Tolipov, O’zbekiston durdonalari. Toshkent, Cho’lpon, 2014, 321-322 betlar.
Davriy nashrlar uchun:
K. L. Isaqov, “Sharq mamlakatlarda raqs san’atining rivojlanishi” Ta’lim texnologiyalari,4-son, 32-37 betlar, Iyul, 2013.
Elektron kitoblar uchun:
A. F. Jo’rayev. (2018, 10 May). Teatr san’ati. (3-nashr) [elektron]. Havola: http://www.elektronkitob.uz/jurayev/teatr
Elektron davriy nashrlar uchun:
A. B. Ahmedov. (2016, Aprel). Aktyorlik san’atida nutqning roli. Madaniyat. [elektron]. 12-son,123-127 betlar. Havola: http://www.elektronkitob.uz/ahmedov/maqola
Konferensiya maqolasi uchun (elektron):
G. R. Vohidov. (2015, Aprel). Kutubxona-axborot faoliyatida kartotekaning ahamiyati.[Elektron]. Havola: http://www.kutubxonakonf.uz/2015/voxidov_kutubxona.html
Patentlar uchun (elektron):
Ikki tomonlama nusxa ko’chirish qurilmasi, A. T. Xoliqov (2009, 15 Iyun). Patent №123456 [Elektron]. Havola: http://www.patentonline.uz/qurilma/patent/xoliqov.html
Konferensiya maqolasi uchun (chop etilgan):
D. G. Soliyev, “Musiqali drama teatri aktyorligida vokal mashqlarining o’rni” 3‑Xalqaro teatr konferensiyasi.,Toshkent, O’zbekiston, 2013, 38-45 betlar
Patentlar uchun:
A. B. Aliyev, “Torli cholg’u instrumentlari uchun polimer tor” UZ. Patent №IAP12345, 22 May, 2001.
Magistrlik tezisi va doktorlik dissertatsiyasi uchun:
A. S. Inomov, “Bolalarda san’atga bo’lgan qiziqishini oshirishda maktab musiqa o’qituvchilarining o’rni” Magistrlik tezisi, Madaniyatshunoslik kafedrasi, UzDSMIFMF, Qo’qon, O’zbekiston, 2018.
I. R. Rahmonov, “19 asrlar o’rtasida Turkistonda maqom san’atining rivojlanish bosqichlari” Doktorlik dissertatsiyasi, San’atshunoslik kafedrasi, UzDSMI, Toshkent, O’zbekiton, 204.