|
Talabasining
|
bet | 1/21 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 216,81 Kb. | | #239142 |
Bog'liq mustaqil ish O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI
ATS_12_21 GURUH TALABASINING
KOMPYUTER TARMOQLARI FANIDAN
3-Mustaqil Ishi
Bajardi: Murodaliyev S Qabul qildi: To’rayev A
Mavzu:Global tarmoqlar va ularning qurilish usullari Reja:
Kompyuter tarmoqlari va ularning turlari
Global kompyuter tarmoqlari
Korporativ va internet tarmog’i
WAN tarmog’ida qollaniladigan asosiy qurilmalar
Kompyuter tarmoqlari va ularning turlari
Kompyuter tarmoqlarini ularning geografik joylashishi, masshtabi hamda hajmiga qarab bir nechta turlarga ajratish mumkin: Lokal tarmoq - bir korxona yoki muassasadagi bir nechta yaqin binolardagi kompyuterlarni o'zaro bog'lagan tarmoq.
Mintaqaviy tarmoqlar – mamlakat, shahar, va viloyatlar darajasida kompyuterlarini va lokal tarmoqlarni maxsus aloqa yoki telekommunikatsiya kanallari orqali o'zaro bog'lagan tarmoqlar. Global tarmoqlar - o'ziga butun dunyo Kompyuterlarini, abonentlarini, lokal va mintaqaviy tarmoqlarini telekommunikatsiya (kabelli, simsiz, sun'iy yo'ldosh) aloqalari tarmog'i orqali bog'lagan yirik tarmoq.
Global kompyuter tarmoqlari
Global tarmoqlar butun dunyo bo‘yicha tarmoqdan foydalanuvchilarni qamrab oladi va ko‘pincha bir-biridan 10-15 ming km uzoqlikdagi kompyuter va aloqa tarmoqlari uzellarini birlashtiruvchi aloqa tarmog‘i xisoblanadi.
Global kompyuter tarmoqlari (Wide Area Networks, WAN) yoki territorial kompyuter tarmoqlar – tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlardan, katta-katta xududlarga yoyilib ketgan ko’p sonli abonentlar foydalanadilar. Bu xududlarning chegaralari – viloyat, region, mamlakat, kontinent chegaralaridan iborat bo’lishi yoki yer yuzi bo’ylab yoyilgan bolishi mumkin.
|
| |