|
rasm. Elektron tijoratning umumiy chakana savdodagi ulushi eng yuqori bo‘lgan davlatlar
|
bet | 4/6 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 2,54 Mb. | | #233679 |
Bog'liq iqtisodiyotni-raqamlashtirishning-zamonaviy-tendensiyalari (2) rasm. Elektron tijoratning umumiy chakana savdodagi ulushi eng yuqori bo‘lgan davlatlar.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, chakana sotuvchilar mijozlarning asosiy demografik ma’lumotlariga kirish imkoniga ega bo‘lsalar-da, agar ular mobil xarid qilish xatti-harakatlarini tushunsalar, mijozlar sayohati haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishlari mumkin. Endi kompaniyalar ushbu birinchi tomon ma’lumotlariga kirishlari mumkin, ular onlayn va oflayn kanallarni yaxshiroq bog‘lashlari, shuningdek, takliflar samaradorligini tahlil qilishlari va savdo va sodiqlikni oshirish uchun aloqani optimallashtirishlari mumkin.
diagramma. Butun jahon elektron tijorat ko‘rsatkichlari (2017-2023)
Osiyo-Tinch okeani mintaqasi 2019 yilda global elektron tijorat o‘sishiga yetak-chilik qildi. Mintaqada elektron tijorat ulushi 25% ni hamda 2,271 trln. dollarni tashkil qildi bu global elektron tijorat-ning 64,3% ni tashkil yetadi. Lotin Amerikasi va Yaqin Sharq Afrikada yillik o‘sish sur’atlari 21,3% ga yetdi, bu dunyo o‘rtacha ko‘rsatkichidan biroz yuqori, Shimoliy Amerika (+14,5%) va G‘arbiy Yevropa (+10,2%). 2019 yilda eng tez rivojlanayotgan elektron tijoratning o‘ntadan oltitasi Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga to‘g‘ri keldi. Peshqadam 30 foizdan ko‘proq o‘sishga ega Hindiston va Filippin, shuningdek, Xitoy, Malayziya, Indoneziya va Janubiy Koreya. 2-jadval ko‘rsatkichlariga ko‘ra, 2018 yilgi I-DESIda (Raqamli iqtisodiyot va ja-miyat indeksi) Janubiy Koreya, Norvegiya va Islandiya birinchi uchtalikni egallab turibdi. Rossiya esa yetakchilik qilayotgan Janubiy Koreyadan 27,7 ko‘rsatkichga ortda qolmoqda, ammo Xitoy, Chili, Turkiya, Brazi-liya va Meksika davlatlaridan yuqori pog‘onalardan joy olgan. Umuman, Rossiya bugungi kunda raqamli iqtisodiyotni joriy qilish jarayonida yetarli potensialga ega8.
Sun’iy intellekt (AI) – bu inson aqlini talab qiladigan vazifalarni bajarishga qodir aqlli mashinalarni yaratish bilan shug‘ullanadigan, texnikalarga inson ongining imkoniyatlarini modellashtirish yoki hatto yaxshilash imkonini beradigan; oʻzi boshqariladigan avtomobillarning rivojlanishidan tortib Siri va Alexa kabi aqlli yordamchilarning koʻpayishigacha kundalik hayotning bir qismiga aylanib borayotga texnologiyadir. Keng ma’noda, sun’iy aqlli tizimlar odatda insonning kognitiv funktsiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega aqilli
https://cedr.tsue.uz/
tizimdir. U buni qanday qilishni odatda katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va modellar shakillashtirish orqali amalga oshiradi.
|
| |