• 1-rasm. Raqamli to‘lovning afzallik va kamchiliklari.
  • Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and




    Download 2,54 Mb.
    bet2/6
    Sana14.05.2024
    Hajmi2,54 Mb.
    #233679
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    iqtisodiyotni-raqamlashtirishning-zamonaviy-tendensiyalari (2)

    MUHOKAMA VA NATIJALAR


    Bugungi kundagi globallashuv jarayonlari shuni ko‘rsatadiki, raqamli iqtisodiyotning asosiy tendensiyalaridan biri raqamli to‘lov tizimi va har qanday hisob-kitoblarda foydalanish mumkin bo‘lgan elektron vositalar platformasi hisoblanadi. Raqamli to‘lovlar raqamli yoki onlayn rejimlar orqali amalga oshiriladigan to‘lovlar bo‘lib, naqd pul almashinuvi ishtirok etmaydi. Ba’zan bunday to‘lov qiymatni bir to‘lov hisobidan boshqasiga o‘tkazishdir, bunda to‘lovchi ham, oluvchi ham mobil telefon, kompyuter yoki kredit yoki debit kartalari kabi raqamli qurilmalardan foydalanadi. To‘lovchi va oluvchi tadbirkor yoki jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin. Bu shuni anglatadiki, raqamli to‘lovlar amalga oshirilishi uchun to‘lovchi ham, oluvchi ham bank hisob raqamiga, onlayn-banking xizmatiga, to‘lovni amalga oshirishi mumkin bo‘lgan qurilmaga va uzatish vositasiga ega bo‘lishi kerak, ya’ni ular to‘lov provayderiga yoki vositachiga, masalan, bankda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak. Iste’molchilar va korxonalar uchun raqamli to‘lovlar yanada havfsizlik, tezkorlik hamda shaffoflikni ta’minlaydi. To‘lovchida qo‘shimcha autentifikatsiyani barmoq izi yoki boshqa tekshirish yoki biometrik usul orqali ta’minlaydigan mobil telefon mavjud bo‘lib, xavfni kamaytiradi. Raqamli to‘lovlar, shuningdek, oluvchiga tahlil va bozor segmentatsiyasi uchun mijozlar ma’lumotlarini to‘plash imkoniyatini beradi. Bu esa o‘z navbatida mamlakatning mikro va makro iqtisodiyotiga sezilarli darajada ijobiy tasir etadi. Quyidagi tasvirda raqamli to‘lovlarning afzalliklari va kamchiliklari keltirilgan3:


    2 IMD World Digital Competitiveness Ranking 2022. https://data.worldbank.org (2022).
    3 https://www.forbes.com/advisor/banking/what-is-a-digital-payment-and-how-does-it-work/

    4

    1-rasm. Raqamli to‘lovning afzallik va kamchiliklari.


    Iste’molchilarning xarid qilish odatlari onlayn tarzda o‘zgargani va global elektron tijorat bozori ulushi oshgani sayin, onlayn to‘lov usullari ham u bilan o‘zgarib bormoqda. 2021 yil holatiga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab jami elektron tijorat xarajatlarining 49 foizi raqamli yoki mobil hamyonlar yordamida to‘langan va bu global iste’molchilar orasida eng mashhur onlayn to‘lov usuliga aylandi. Raqamli va mobil hamyonlar nafaqat onlayn toʻlov usullarining boshqa barcha turlaridan kuchli yetakchilikka ega, balki boshqa onlayn toʻlov usullaridan foydalanish kamaygani sababli kelgusi yillarda ular oʻzlarining yuqori oʻrinlarini mustahkamlashlari kutilmoqda5. Masalan quyida keltirilgan davlatlar misolida ko‘radigan bo‘lsak, 2021- yilning o‘zida amalga oshirilgan to‘lov yoki transfer operatsiyalarni ko‘rishimiz mumkin. Bundan kelib chiqadiki ushbu mamlakatlarning iqtisodiy salohiyati deyarli bir pog‘onada bo‘lmasa ham globallashuv tasiri tufayli dunyo innovatsion tajribalaridan foydalanib uninga qay darajada iqtisodiyotga ijobiy tasiri borligini sezgan holda ushbu sohani boshqa sektorlarga qaraganda ko‘proq rivojlantirishga harakat qilayotgan davlatlarni ko‘rishimiz mumkin.



    4 https://www.financemagnates.com/fintech/payments/advantages-and-disadvantages-of-virtual-payments/
    5 https://www.oberlo.com/statistics/most-popular-online-payment-methods




    Download 2,54 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 2,54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and

    Download 2,54 Mb.