• IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI
  • ABSTRACT
  • KIRISH
  • Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and




    Download 2,54 Mb.
    bet1/6
    Sana14.05.2024
    Hajmi2,54 Mb.
    #233679
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    iqtisodiyotni-raqamlashtirishning-zamonaviy-tendensiyalari (2)



    Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
    SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

    (E)ISSN:2181-1784
    www.oriens.uz
    3(6), June, 2023


    IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI


    Rashidov Azizbek Abduraxmonovich
    DTPI talabasi

    azizbekrashidov@gmail.com

    ANNOTATSIYA


    Ushbu maqola raqamli iqtisodiyotning asosiy tendensiyalarini tahlil qilishga qaratilgan bo’lib, hozirgi globallashuv jarayonida ularning rivojlangan davlatlardagi o’rni yoritib o‘tilgan.
    Kalit so’zlar: E-tijorat, kiber xavfsizlik, internet buyumlar (IoT), avtomatlashtirish, big data (katta ma’lumotlar), sun’iy intellekt (AI), blokchain, kriptovalyutalar, mobil ilovalar, bulutli xizmatlar, marketing avtomatlashtirish, dasturlash tillari, platformalar.

    ABSTRACT


    This article is aimed at analyzing the main trends in the digital economy, highlighting their place in developed countries in modern globalization processes.
    Keywords: E-commerce, cybersecurity, internet of things (IoT), automation, big data, artificial intelligence (AI), blockchain, cryptocurrencies, mobile apps, cloud services, marketing automation, programming languages, platforms.

    KIRISH


    Zamonaviy sharoitda turli mamlakatlar rivojlanishining bugungi kundagi asosiy tendensiyasi raqamli iqtisodiyotga o‘tishdir. Raqamli iqtisodiyot - bu raqamli hisoblash texnologiyalariga asoslangan iqtisodiyot. Raqamli iqtisodiyot ba’zan internet iqtisodiyoti, bazi o‘rinlarda yangi iqtisodiyot yoki veb iqtisod deb ham ataladi. Raqamli iqtisodiyot an’anaviy iqtisodiyot bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib, uni aniq ajratish biroz qiyin. Shuni ta’kidlash kerakki, hozirda ilmiy adabiyotlarda raqamli iqtisodiyot uchun tushunchaning aniq ta’rifi haligacha mavjud emas1.
    Hozirgi vaqtda dunyo iqtisodiyoti endigina raqamlashtirish sohasida rivojlanayotgan hamda allaqachon yetarli darajadi rivojlanib bo‘lgan davlatlar orasidagi tafovut bilan xarakterlanadi. Masalan, eng kam rivojlangan mamlakatlarda har beshinchi kishidan faqat bittasigia internetdan foydalansa, rivojlangan mamlakatlarda esa ushbu ko‘rsatkichlar o‘rtacha har besh kishidan to‘rt nafariga to‘g‘ri keladi. Bu raqamli bo‘linishning faqat bir jihatigina holos. Iqtisodiyotni



    1 Давыденко, Е.Л. Страны с малой экономикой в условиях интеллектуализации, дигитализации и экологизации / Е.Л. Давыденко [и др.]; под ред. Е.Л. Давыденко. — Минск: ИВЦ Минфина, 2019. — 346 с.

    raqamlashtirishning global tendentsiyalari shuni ko‘rsatadiki, yuqori rivojlangan mamlakatlar o‘z iqtisodiyotlarini raqamlashtirishning eng yaxshi darajasiga ega, chunki ular Internetga yuqori sifatli ulanishlarga ega va ilmiy va texnologik rivojlanishning yuqori darajasiga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Dunyo mintaqalari orasida eng koʻp internet foydalanuvchilari Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlariga toʻgʻri keladi. Bugungi kunda ushbu mintaqa jami aholisining qariyb 75 foizi internetdan foydalanadi. Boshqa hududlarda bu ko‘rsatkich 50 foizga yetadi2.

    Download 2,54 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 2,54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and

    Download 2,54 Mb.