Oriental Renaissance: Innovative




Download 389,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana16.01.2024
Hajmi389,79 Kb.
#138910
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
110 Shoxojaeva Z.S. 803-810

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
808 
w
www.oriens.uz
February
2022
 
yetishtirishda tomchilatib sug’orishni qo’llash egatlab sug’orishga nisbatan suvni 1,5 
– 3,0 martagacha kamaytirish, paxtadan gektariga 35-43 tsentner miqdorida hosil 
olish mumkinligini tasdiqladi. 1990 yillarning ikkinchi yarmida O’zbekistonda yana 
600 ga maydonda tomchilatib sug’orish tizimlari joriy qilindi. Shu jumladan 1999-
2001 yillarda Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida uchta 100 gektarli maydonda 
Isroil davlati Netafim firmasining har biri 2,1 mln. AQSh dollari turadigan 
tomchilatib sug’orish tizimlari tadbiq qilindi. Qurilgan ushbu sug’orish tizimlari turli 
sabablarga ko’ra ko’ngildagiday faoliyat yuritishmadi.
O’zbekistonda 1975 - 2000 yillar oralig’ida qurilgan tomchilatib sug’orish 
tizimlaridan biri - Qashqadaryo viloyati «Varganza» xo’jaligidagi anorzorni 
tomchilatib sug’orish tizimi (1990 yilda qurilgan) hozirgi kunda ham faoliyat 
yuritmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 25 oktyabrdagi 
«Qishloq xo’jaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni rag’batlantirish 
mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-4499-sonli qarorida 
suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish uchun davlat byudjetidan 300 mlrd so’m 
subsidiya ajratilishi belgilandi va bunda tomchilatib sug’orish tizimlari uchun - 8 mln 
so’m, yomg’irlatib sug’orish tizimlari uchun - 4 mln so’m, diskretli sug’orish uchun - 
1 mln so’m mablag’ ajratilishi belgilandi. 
2013-2019 yillarda respublikada jami 76,2 ming gektar qishloq xo’jaligi ekin 
maydonlarida shundan, 52,5 ming gektar bog’ va uzumzorlarda, 11,9 ming gektar 
sabzavot va poliz mahsulotlari hamda 11,7 ming gektar paxta maydonlarda 
tomchilatib sug’orish texnologiyasi joriy etildi.

Download 389,79 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 389,79 Kb.
Pdf ko'rish