• SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 809 w www.oriens.uz February 2022
  • -rasm. Suv tejovchi texnologiyalarni qo’llash ko’rsatkichlari




    Download 389,79 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet7/8
    Sana16.01.2024
    Hajmi389,79 Kb.
    #138910
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    110 Shoxojaeva Z.S. 803-810

    1-rasm. Suv tejovchi texnologiyalarni qo’llash ko’rsatkichlari 


    Oriental Renaissance: Innovative, 
    educational, natural and social sciences 
     
    VOLUME 2 | ISSUE 2 
    ISSN 2181-1784 
    Scientific Journal Impact Factor
     
     SJIF 2022: 5.947 
    Advanced Sciences Index Factor 
     ASI Factor = 1.7 
    809 
    w
    www.oriens.uz
    February
    2022
     
    Ushbu rasmdan ham ko’rinib turibdiki, mamlakatimiz qishloq xo’jaligida 
    suvtejamkor texnologiyalarni qo’llash samaradorligi va 2025 yilgacha bo’lgan 
    prognoz ko’rsatkichlari keltirilgan bo’lib, bugungi global iqlim o’zgarishi va suv 
    tanqisligi sharoitida sug’orishning suvtejamkor texnologiyalarni qo’llash davr talabi 
    ekanligini ko’rsatmoqda. 
    XULOSA 
    Xulosa qiladigan bo’lsak, xorijiy davlatlarda sug’orish texnologiyasini 
    takomillashtirishga katta ahamiyat berilgan. Dunyodagi ko’pgina mamlakatlarning 
    har bir melioratsiya va suv xo’jaligi bo’yicha o’z tarixiy an’analariga, suv 
    resurslariga bo’lgan ehtiyojiga, iqtisodiyotning rivojlanish yo’liga, sug’orish tarixiga 
    egadir va ular bir - biridan farq qiladi. Suvdan foydalanish yo’nalishlari ularda, 
    asosan, davlatning taraqqiyot darajasiga qarab belgilangan. 
    Mamlakatimizda, suvni tejovchi texnologiyalarni keng joriy qilish, bunda davlat 
    tomonidan yaratilayotgan qulayliklardan foydalanish qishloq xo’jaligi ishlab 
    chiqarishini yanada rivojlantirish maqsadida quyidagi takliflarni bermoqchimiz: 
    ❖ suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suvdan foydalanish va 
    suv iste’moli hisobini yuritishda «Smart Water» («Aqlli suv») va shu kabi raqamli 
    texnologiyalarni joriy qilish; 
    ❖ qishloq xo’jaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi sug’orish 
    texnologiyalarini joriy qilishni yanada kengaytirish va davlat tomonidan 
    rag’batlantirib borish, ushbu sohaga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish
    ❖ sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va barqarorligini 
    ta’minlash, yerlarning unumdorligini oshirishga ko’maklashish, tuproqning 
    sho’rlanish darajasini pasaytirish va oldini olish bo’yicha samarali texnologiyalarni 
    qo’llash; 
    ❖ suv xo’jaligida bozor iqtisodiyoti tamoyillarini, jumladan, suvni yetkazish 
    xarajatlarining bir qismini bosqichma-bosqich suv iste’molchilari tomonidan qoplash 
    tizimini joriy qilish, tushgan mablag’larni suv xo’jaligi ob’ektlarini o’z vaqtida sifatli 
    ta’mirlash-tiklash, raqamli texnologiyalarni joriy qilish hamda samarali boshqarishga 
    yo’naltirish; 
    ❖ suv xo’jaligida davlat-xususiy sheriklik va autsorsingni joriy etish, alohida 
    suv xo’jaligi ob’ektlarini fermer, klaster va boshqa tashkilotlarga foydalanish uchun 
    berish hamda tejalgan mablag’larni suv xo’jaligi ob’ektlarini modernizatsiya qilish va 
    xodimlar mehnatiga haq to’lash va rag’batlantirishga yo’naltirish; 



    Download 389,79 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 389,79 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Suv tejovchi texnologiyalarni qo’llash ko’rsatkichlari

    Download 389,79 Kb.
    Pdf ko'rish