Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 2
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
804
w
www.oriens.uz
February
2022
KIRISH
So’nggi yillarda yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, suv resurslarini
boshqarish tizimini takomillashtirish, suv xo’jaligi ob’ektlarini modernizatsiya qilish
va rivojlantirish bo’yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga,
global iqlim o’zgarishi, aholi sonining va iqtisodiyot tarmoqlarining o’sishi, ularning
suvga bo’lgan talabi yil sayin oshib borishi tufayli suv resurslarining taqchilligi
yildan-yilga kuchayib bormoqda. Foydalanilgan o’rtacha yillik suv miqdori 51 — 53
mlrd kub metrni,
jumladan, 97,2 foizi daryo va soylardan,1,9 foizi kollektor
tarmoqlaridan, 0,9 foizi
esa yer ostidan foydalanib, ajratilgan suv olish limitiga
nisbatan 20 foizga qisqargan.
Respublikada 2020 — 2030 yillarda aholini va iqtisodiyotning barcha
tarmoqlarini suv bilan barqaror ta’minlash, sug’oriladigan
yerlarning meliorativ
holatini yaxshilash, suv xo’jaligiga bozor tamoyillari va mexanizmlarini hamda
raqamli texnologiyalarni
keng joriy etish, suv xo’jaligi ob’ektlarining ishonchli
ishlashini ta’minlash hamda yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini
oshirishga qaratilgan kontseptsiyani ishlab chiqilishi aynan suv xo’jaligi sohasida olib
borilayotgan islohotlar natijasidir.
Ayniqsa bugungi suv tanqisligi sharoitida qishloq xo’jaligi
ekinlarini
yetishtirishda suv tejovchi sug’orish texnologiyalarini joriy qilishni yanada
kengaytirish va davlat tomonidan rag’batlantirish, ushbu sohaga xorijiy investitsiyalar
va grantlarni jalb qilish masalalarini amalga oshirish dolzarb vazifalardan sanaladi.
Ma’lumki, iqlim o’zgarishi O’zbekistonda suv taqchilligini yanada
keskinlashtirishini, 2000, 2008, 2011, 2014 va 2018 yillardagi kabi qurg’oqchilikning
davomiyligi va davriyligi ko’payishiga olib kelishini
hamda iqtisodiyotning suv
resurslariga bo’lgan ehtiyojini qondirishda jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi
mumkinligini ko’rsatmoqda. Keyingi 15 yil ichida aholi jon boshiga suv ta’minoti 3
048 kub metrdan 1 589 kub metrga qisqardi. Shu bilan birgalikda, respublikada aholi
soni yiliga o’rtacha 650 — 700 ming nafarga oshib, 2030 yilga borib 39 mln nafarga
yetishi, ularning sifatli suvga bo’lgan talabi 2,3 mlrd kub metrdan 2,7 — 3,0 mlrd
kub metrga (18 — 20 foiz) yetishi kutilmoqda.
Shu nuqtai nazardan suvtejamkor texnologiyalardan foydalanishda xorijiy
tajribalarning ahamiyatli jihatlarini ayrim davlatlar misolida ko’rib chiqamiz va uni
mamlakatimizning sug’oriladigan yerlarida foydalanish bo’yicha taklif va tavsiyalar
beramiz.