Arduino Yun - Arduino
Leonardo asosidagi plata, loyihalarda Internetni
ishlatish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan platalarning bazilarini ko‘rib chiqamiz.
Arduino Uno platasi. Arduino Uno kontrolleri (15.1-chizma) ATmega328
mikrokontrollerida yaratilgan. Aloqa uchun USB ishlatilgan FTDI USB
mikrokontrollerili barcha oldingi platalardan farqli yangi Arduino Uno da
Atmega8U2 mikrokontrolleri ishlatilgan.
214
15.1-chizma. Arduino Uno platasi
Arduino Uno platasining texnik ko‘rsatgichlari 15.1 jadvalda batafsil
keltirilgan.
15.1 jadval. Arduino Uno platasining texnik ko‘rsatgichlari
Mikrokontroller
ATmega328
Ishchi kuchlanishi
5 V
Kirish kuchlanishi (tavsiya
etiladigan)
7 -12 V
Kirish
kuchlanishi
(chegaraviy)
6 – 20 V
Raqamli kirish/chiqishlari
14 (ulardan 6 tasi KIM chiqishi sifatida
ishlatilishi mumkin)
Analog chiqishlari
6
Kirish/chiqishi
orqali
o‘zgarmas tok
40 mA
3,3 V li oyoqcha uchun
o‘zgarmas tok
50 mA
Flesh - hotira
32 Kbayt, shundan 0,5 Kbayti yuklash
uchun ishlatiladi
OXQ
2 Kbayt
EEPOM
1 Kbayt
Takt chastotasi
16 MGs
15.1-chizmada keltirilgan plataning ikki taomonida raz’emlar montaj
qilingan. Bir taraftda 14 raqamli kirish/chiqish portlari joylashgan, ulardan oltitasini
KIM-chiqish sifatida ishlatish mumkin. Ularni barchasi 5 V kuchlanish bilan
ishlaydi va 40 mA (20 mA tavsiya etilgan qiymat) tokgacha xisoblangan. Plataning
215
boshqa tomonda esa oltita analog kirish joylashgan. Har biri 10 – razryadli o‘n olti
kanalli ATmega328 mikrokontrolleriga o‘rnatilgan ARO‘ qurilmaga ulangan. Sukut
saqlash bo‘yicha analog kirishlaridagi kuchlanish “yer” bilan 5 V oraliqda
o‘lchanadi, lekin mahsus AREF kontaktga kerakli kuchlanish berib yuqori oraliqni
o‘zgartirish mumkin.
Arduino Uno platasi USB-port orqali manbaga ulanishi mumku va
shuningdek tashqi qurilmadan ham manbaga ulash mumkin (AC/DC-adapter yoki
batareka). Arduino Uno da bir necha tashqi kommutatsiya usullari inobatga olingan.
Kompyuter bilan aloqa o‘rnatish uchun USB orqali ( virtual SOM-port) RS-232
kanali ishlatiladi, qo‘shimcha mikrokontroller ATmega16U2 yordamida.
Axborotlarni uzatish jarayonini mahsus yorug‘lik diodlari aks ettirib turadi. Ketma-
ket asinxron UART kanalini to‘g‘ri ikkita mahsus raqamli chiqish orqali joriy etish
mumkin.
Shuningdek modulni standart ketma-ket I
2
C va SPI interfeyslarni ishlatib ham
ulash mumkin (ATmega328 mikrokontrolleri quvvatlovchi). Tashqi dasturlovchi
uchun SPI orqali raz’em o‘rnatilgan. To‘g‘ridan-to‘g‘ri qayta ishga tushirish uchun
platada RESET tugmasi inobatga olingan.
Demak, biz AVR-mikrokontrolleri asosida minimal yetarli apparat bilan
ta’minlangan sodda platani ko‘rib turibmiz.
Platalar nafaqat form-faktori bilan farqlanadi, mikrokontroller turi bilan ham
farqlanadi. Arduino ning asos platalarining imkoniyatlari mikrokontroller turi bilan
to‘liq belgilanadi. Arduino platalarini ishlatilishini boshlanish davrida Atmel ning
AVR mikrokontrolleri ishlatilgan. Bugungi kunda ARM Coretex yadroli
mikrokontroller arxitekturasi juda ham keng ishlatilmoqda. Ularni amaliy jixatdan
barcha yetakchi mikrokontroller ishlab chiqaruvchilari bozorga yetkazib
bermoqdalar, shu jumladan Atmel ham. Shuning uchun ARM Coretex yadroli
mikrokontrollerlar M0+ dan M4 gacha va M7 Arduino platalarida ishlatilishi tabiiy.
ARM Coretex-M3 yadroli 32-razryali protsessor bilan ishlab chiqarilgan
birinchi plata Arduino Due bo‘ldi (12.1-chizma), Atmel SAM3X8E
mikrokontrolleri bilan jixozlangan. Bu plata form-faktori bo‘yicha MEGA ga mos
216
keladi. Kontroller takt chastotasi – 84 MGs, JTAG-interfeysi quvvatlaydi, flesh-
hotira 512 Kbayt, juda operativ hotirasi 96 Kbayt. Manba kuchlanishi kamaytirilgan
3,3 V gachan.