ARM Cortex-M protsessor yadrosi




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/160
Sana13.07.2024
Hajmi2,55 Mb.
#267489
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   160
Bog'liq
O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua

ARM Cortex-M protsessor yadrosi

Cortex-M protsessor yadrosining kichik oilasi – energiya istemoli bo‘yicha
samarali pastdan yuqoriga mos, protsessor yadrolarini tatbiq qilinishi oson, 
loyihalashtiruvchilarga bo‘lajak o‘rnatilgan ilovalarning talablarini bajarishda 
yordam berishga mo‘ljallangan, ya’ni kam tannarx bilan ko‘p vazifalarni havola 
qilish, muloqat imkoniyatini oshirish, kodni takroran ishlatlish imkoniyatini 
oshirish va energiya’ni samarali ishlatilishini ta’minlashga imkon beruvchidir. 
Cortex-M seriyadagi har bir protsessor yadrosi o‘ziga xos xususiyatga ega, lekin 
barchasi fundamental texnologiya asosida bajarilgan, uning sharofati bilan 
o‘rnatilgan ilovalarning katta qatori uchun dolzarbdir. Cortex-M protsessor 
yadrosining kichik oilasi mikrokontrollerlarda va intellektual o‘lchov qurilmalarida 
ishlatiladigan signallarga aralash ishlov beruvchi vositalarda, foydalanuvchi 
interfeyslarida, avtomobil va sanoat boshqaruv tizimlarida, uy ro‘zg‘or va maishiy 
texnikada hamda ko‘rsatgichlariga mahsus talablar qo‘yiladigan tibbiyot 
qurilmalarida o‘z tatbiqini topadi.
Cortex 
seriyasi 
ishga 
tushirilishi 
bilan 
ARM 
kompaniyasi 
mikroprotsessorlarini barcha sohalarga birdaniga tatbiq etishni jiddiy maqsad qilib 
qo‘ydi. Birdaniga bir necha protsessorlar-profillar turlarini tatbiq sohasiga 


219 
mo‘ljallab yaratishga qaror qilindi. Cortex-A protsessorlari quvvatli qurilmalarda 
(masalan, smartfonlarda va noutbuklarda) ishlatiladi. Cortex- R yadrolari buyruqlar 
tizimi bo‘yicha Cortex-A protsessorlari bilan bir hil, lekin birinchi navbatda real 
vaqt tizimlari uchun mo‘ljallangan. Cortex- M protsessorlari – bu yuqori unumdorli 
mikrokontrollerlar, ular mavjut 8- va 16-bitli mikrokontrollerlarni o‘rniga 
almashtirish uchun taklif etilgan.
Cortex-5A 
2009 yili oktabr oyida savdoga chiqarilgan. U Cortex-A 
protsessorlarning kichik oilasini to‘ldirdi. Yadro kam energiya istemol qilishda
yuqori tezlikda ishlovchi tizimlarning virtual hotirasini boshqarishda talab 
etiladigan ilovalar uchun mo‘ljallangan. Cortex- A5 boshqa kichik oila yadrolariga 
nisbattan eng kam energiya istemolini ta’minlaydi. Uning unumdorligi 1,5 
DNIPS/MGs ni tashkil etadi. Cortex- A5 havsizlik texnologiyasini va multimedia 
axborotlariga ishlov berish texnologiyasini quvvatlashi media-axborotlarga ishlov 
berishni tezlatadi, yangi grafik protsessorlari va vidio-dvijoklar bilan birlashtirish 
esa grafikani yuqori sifatini ta’minlaydi. Cortex-A5 yadrosi ARM9 va ARM11
larni o‘rniga almashtirish uchun mo‘ljallangan, ularni hozirgi kunda ko‘p elektron
maxsulotlarning protsessorlarida topish mumkin – smartfonlardan to o‘yin 
platformalargachan. 
Cortex-A5 
protsessor 
yadrosi 
barcha 
arxitektura 
kengaytirishlarini va Cortex-A kichik oila mikrosxemasiga xos bo‘lgan 
xususiyatlarni quvvatlaydi hamda boshqa yadrolar uchun kompilyatsiyalangan
barcha ikkili kodlari bilan ham ishlaydi. 
Cortex-A5 kichik oila yadrosi asosidagi boshqa modellar kabi protsessorlar
bir yadroli va ko‘p yadroli (to‘rtta yadrogacha) variantlarda yetkazib beriladi. A5 
protsessor yadrosi ko‘p bosqichli konveyerli tarkibi xususiyatining sharofati tufayli 
yetarli darajada yuqori chastotalarda ishlashi mumkin (500 -600 MGs dan 1 GGs 
dan ortiqroq) kristall maydoni 0,68 mm
2
(ikki keshning har birini sig‘imi 16 Kbayt 
va NEON blokini hisobga olinganda) bo‘lganda. Cortex-A5 seriyasi asosidagi 
protsessorni ishlab chiqarishni 2012 yili o‘zlashtirilgan.

Download 2,55 Mb.
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   160




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish