226
Katta toklar bilan ishlash uchun yana bir plata mo‘ljallangan – Arduino 4
Relays Shield. Unda to‘rtta rele joylashgan, uning yordamida turli yuqori tokli
qurilmalarni o‘chirish va yoqish mumkin. Rele Arduino ning asos modulining
chiqishlaridagi signal bilan boshqariladi. Relelar holati platada joylashgan yorug‘lik
diodili aks ettiruvchi orqali ko‘rsatiladi. Maksimal ulanish kuchlanishi o‘zgarmas
tokning 30 V teng, maksimal tok – 2A. Arduino tizimi uchun shuningdek turli
aksessuarlar taklif etiladi – modullarni joylashtirish uchun g‘iloflar, manbalar,
datchiklar, displeylar. Umuman kengaytirish platasi har bir asos plata uchun juda
ko‘p va har kuni yanada ko‘paymoqda.