228
IV. Laboratoriya mashg’ulotlari materiallari
1-laboratoriya ishi.
Mavzu: Yorug‘lik diodi. Arduino yordamida yorug‘lik diodini o‘chirib
yoqish.
Ishdan maqsad:
Yorug‘lik diodi va uning xususiyatlari
haqida tushuncha
berish, diodini boshqarishni tadqiq qilish, diodni o‘chirish
va yondirish
ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
Kerakli komponentlar
:
Quyida keltirilgan kerakl komponentlar va elementlar virtual platformada
mavjud va ulardan foydalaniladi.
➢
Tinkercad.com
➢
Arduino UNO kontrolleri;
➢
sxemani yig‘ish uchun plata;
➢
yorug‘lik diodi;
➢
qarshilik 220 Om;
➢
aloqa simlari.
Nazariy qism
Yorug‘lik diodi – bu elektr tokini bevosita yorug‘lik nuriga o‘zgartiruvchi.
Inglizchasiga yorug‘lik diodini lighte mitting diode deb ataladi yoki LED. Yorug‘lik
diodini yorug‘lik ko‘rsatgichlari unda ishlatilgan yarimo‘tkazgichning
kimyoviy
tarkibiga bog‘liq. Yorug‘lik diodi spektorning tor qismda nurlanadi, uning yorug‘ligi
tiniq. Yorug‘lik diodi mexanik jihatdan puxta va nixoyatda ishonchli, uning ishlash
muddati 100 ming soatgacha yetishi mumkin, lyuminessent lampaga nisbatan 5-10
marotaba ko‘p. Yorug‘lik diodi past voltli element bo‘lganligi uchun u xavsiz.
Yorug‘lik diodlari qutbli, ularni qaysi yo‘nalishda ulashning ahamiyati bor.
Yorug‘lik diodining musbat oyoqchasida (ozroq uzun)
anod deb ataladi, manfiy
oyoqchasi – katod. Barcha diodlar kabi yorug‘lik diodlari
ham tokni bir tarafga
oqishini ta’minlaydi – anoddan katodga. Tok musbatdan manfiyga qarab oqqani
229
uchun yorug‘lik diodining anodiga raqamli 5
V signal ulanishi kerak, katodi esa
yerga ulanishi kerak [2].