241
➢
qarshilik 220 Om - 3 dona;
➢
ikki uchida razyomlari bo‘lgan simlar.
Laboratoriya ishini bajarish uchun qisqacha nazariy ma’lumot:
Arduino raqamli chiqishlariga xohishi kuchlanishni bera olmaydi, yoki +5 V
(HIGH), yoki 0 V (LOW) bera oladi. Ammo kuchlanish qiymati bilan ko‘p narsa
boshqariladi: masalan, yorug‘lik diodining yorqinligi yoki motorning aylanish
tezligi. To‘liq bo‘lmagan kuchlanishni hosil qilish uchun IKM (impuls kengligining
modulyatsiyasi yoki PVM) ishlatiladi.
IKM – bu o‘zgaruvchi analog qiymatni raqamli
signallar orqali olinish
operatsiyasi. Chiqishda raqamli signal doimiy maksimal va minimal qiymatlar
o‘rtasida bir holatdan ikkinchisiga o‘zgarib turadi. Holatlarning o‘zgarishi bir necha
ming gers chastotaga egadir. Ko‘z 50 Hz dan yuqori o‘chib yonib turishni sezmaydi,
shuning uchun bizga yoriqlik diodi o‘chib yonmayotgandek tuyuladi, balkim to‘liq
yoriqlik bilan yonmayotgandek bo‘ladi. Turli analog
kattaliklarni olish uchun
impulsning kengligi o‘zgartiriladi (5.1-chizmaga qaralsin) [2].
AnologWrite() vazifasi Arduino ning raqamli chiqishiga IKM-signalini hosil
qilib berish. AnologWrite() chaqirilgandan so‘ng Arduino ning raqamli chiqishida
berilgan kenglikdagi doimiy to‘g‘ri burchakli impuls to‘lqini hosil bo‘ladi toki
AnologWrite() ni keyingi chaqirilgunga qadar, IKM –
signalini beriladigan
chastotasi 490 Hz ga teng.
Arduino Nano va UNO platalarida IKM ni quvvatlovchi oyoqchalari 3, 5, 6,
9, 10 va 11, Mega platada esa – 2-13 oyoqchalar quvvatlaydi. Ushbu chiqishlar tilda
~ belgisi bilan belgilangan [2].
242
5.1-chizma. IKM signalining qiymatlarini impuls kengligiga bog‘liqligi
Ushbu mashg‘ulotda biz RGB-yorug‘lik diodidan foydalanamiz. RGB- (Qizil,
Yashil, Havo rang) so‘zlarnin bosh harfidan olingan qisqarma, bu ranglar yordamida
ularni surish orqali xohishiy ranglarni olish mumkin. RGB-yorug‘lik diodi oddiy
diodlardan farqi u uchta uncha katta bo‘lmagan
kristaldan iborat, ular harqanday
rangni sintezlashi mumkin. RGB-yorug‘lik diodining 4 ta oyoqchasi bo‘ladi (5.2-
chizmaga qaralsin).
5.2-chizma. RGB- yorug‘lik diodining oyoqchalari