240
5.
Laboratoriya ishi bo’yicha berilgan shartlarni to’liq amalga oshiriladi.
Virtual platformada sxema yig’ilgandan so’ng unga berilgan qiymatlarni
o’rnatib, sxemani ishlashi sinab ko’riladi.
Olingan natijalar skrinshot qilinib, uslubiy qo’llanmaning 1.5-bandiga
muvofiq xisobot shakllantiriladi.
Xisobot elektron variantda tayyor bo’lgach, ushbu uslubiy ko’rsatmaning 1.6-
bandiga asosan lms.tuit.uz yoki xmn.tuit.uz tizimiga belgilangan vaqtga rioya
qilingan xolda joylashtiriladi.
Joylashtirilgan so’ng, o’qituvchining belgilagan vaqtida zoom platformasida
bajarilgan virtual laboratoriya ishi uslubiy qo’llanmaning 1.7-bandiga muvofiq
og’zaki topshiriladi.
O’qituvchi talabadan zoom platformasida talabaning bajargan ishini sifati va
og’zaki savol-javoblarga asosan ushbu uslubiy ko’rsatmaning 1.8-bandiga muvofiq
baholaydi. Talabaning laboratoriya ishini bajargani uchun olingan balini lms.tuit.uz
yoki xn.tuit.uz tizimiga kiritadi. Shu jarayondan so’ng talaba topshiriqlardan birini
bajargan bo’ladi. Topshiriqlar soni sillabusda keltirilgan.