252
8.1-chizma. Pezonurlatgichni Arduino ga ulanish sxemasi.
Laboratoriya ishini bajarish tartibi:
1.
Arduino platasiga pezoelementni 8.1 sxemadagidek ulanadi.
2.
Tinkercad.com platformasining code qismiga kod
yoziladi va tekshiriladi
(Listing shakillantiriladi va u hisobotga kiritiladi).
3.
Laboratoriya ishi bo’yicha berilgan shartlarni to’liq amalga oshiriladi [3].
Virtual platformada sxema yig’ilgandan so’ng
unga berilgan qiymatlarni
o’rnatib, sxemani ishlashi sinab ko’riladi.
Olingan
natijalar skrinshot qilinib, uslubiy qo’llanmaning 1.5-bandiga
muvofiq xisobot shakllantiriladi.
Xisobot elektron variantda tayyor bo’lgach, ushbu uslubiy ko’rsatmaning 1.6-
bandiga asosan lms.tuit.uz yoki xmn.tuit.uz tizimiga
belgilangan vaqtga rioya
qilingan xolda joylashtiriladi.
Joylashtirilgan so’ng, o’qituvchining belgilagan vaqtida zoom platformasida
bajarilgan virtual laboratoriya ishi uslubiy qo’llanmaning 1.7-bandiga
muvofiq
og’zaki topshiriladi.
O’qituvchi talabadan zoom platformasida talabaning bajargan ishini sifati va
og’zaki savol-javoblarga asosan ushbu uslubiy ko’rsatmaning 1.8-bandiga muvofiq
baholaydi. Talabaning laboratoriya ishini bajargani uchun olingan balini lms.tuit.uz
yoki xn.tuit.uz tizimiga kiritadi. Shu jarayondan so’ng talaba topshiriqlardan birini
bajargan bo’ladi. Topshiriqlar soni sillabusda keltirilgan.