• Kerakli elementlar
  • Laboratoriya ishini bajarish uchun qisqacha nazariy ma’lumotlar
  • O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua




    Download 2,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet152/160
    Sana13.07.2024
    Hajmi2,55 Mb.
    #267489
    1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   160
    Bog'liq
    O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua

    9-laboratoriya ishi.
    Mavzu: 74HC595 suruvchi registr mikrosxemasi. 4 razryadli matritsani 
    boshqarish (Arduino oyoqchalarini tejash) 
    Ishdan maqsad: 
    Bu mashg‘ulotda Arduino ni 74HC595 – chiqishlar sonini 
    oshiruvchi mikrosxema bilan ishlashi ko‘riladi, u Arduino chiqishlarni 4-razryadli 
    yetti segmentli matritsani boshqarish uchun ishlatiladigan oyoqchalar sonini kam 
    ishlatilishini ta’minlaydi. 


    253 
    Kerakli elementlar

    Quyida keltirilgan kerakl komponentlar va elementlar virtual platformada 
    mavjud va ulardan foydalaniladi.

    Tinkercad.com 

    Arduino UNO kontrolleri; 

    sxema yig‘ish uchun plata; 

    qarshilik 510 Om –8 dona; 

    74HC595 mikrosxema; 

    8 ta led lampa; 

    ikki uchida razyomlari bo‘lgan simlar. 
    Laboratoriya ishini bajarish uchun qisqacha nazariy ma’lumotlar: 
    Arduino Nano va UNO larning raqamli chiqishlari va ba’zi hollarda Arduino 
    Mega ning ham oyoqchalari yetmay qolishi mumkin, agarda ko‘p sonli chiqishlarni 
    boshqarish kerak bo‘lib qolsa. Bu holda 74HC595 mikrosxemani ishlatish mumkin. 
    74HC595 mikrosxema-sakkiz razryadli ketma-ket 74HC595 mikrosxemani kiritishli 
    registr, axborotni ketma-ket yoki parallel chiqarishli, qayd qilish triggerili va 
    chiqishi uch holatli. 74HC595 mikrosxemaning ulanish nuqtalarining vazifasi 9.1-
    chizmada ko‘rsatilgan. 
    9.1-chizma. 74HC595mikrosxemasi 


    254 
    Bizga boshqarish uchun uchta oyoqchasi ham yetarlidir: SH_CP, ST_SP i DS. 
    Qachonki SH_CP takt kirishida mantiqiy bir paydo bo‘lsa, registr DS axborotlar 
    kirishidan bitni o‘qiydi va uni eng kichik razryadga yozadi. Takt kirishiga 
    navbatdagi impuls kelganda barchasi takrorlanadi, faqat oldin yozilgan bit bitta 
    razryadga suriladi, uning o‘rnini yangi kelgan bit egallaydi. Qachonki barcha 
    sakkista bitlar to‘lsa va to‘qqizinchi takt impulsi kelgach, registr yana qaytatdan 
    kichik razryaddan to‘ldirishni boshlaydi va barchasi yangitdan takrorlanadi. Q0...Q7 
    chiqishilarida axborotlar paydo bo‘lishi uchun ularni “qayd” qilish kerak. Buning 
    uchun ST_SP kirishiga mantiqiy bir berilishi kerak. Chiqishlarida axborotlar 
    o‘zgarishi uchun ularni “qayd” qilish kerak bo‘ladi [2]. 
    “Q7" chiqish suruvchi registrlarni ketma-ket ulash (kaskadlash) uchun 
    mo‘ljallangan. Bunday ulanishda birinchi registrdagi bitlar keyingi ulangan registrga 
    surilib o‘tadilar, undan keyingisiga va xokazo. Shunday qilib, ikkita 8-bitli 
    registrlardan iborat kaskad bitta 16 – razryadli suruvchi registr kabi ishlaydi. 
    Xohlagancha registrlarni shu kabi ulash mumkin. Keyingi mashg‘ulotda 74HC595 
    mikrosxemasini kaskadli ulash ko‘rib chiqiladi, bu mashg‘ulotda faqat bitta 
    mikrosxema ishlatiladi 74HC595 mikrosxemasini 8 ta chiqishlari matritsani 8 ta 
    segmentiga ulanadi, ulanish razryadlarini tanlash uchun matritsani 4 ta chiqishi 
    Arduino ning platasiga ulanadi [2].

    Download 2,55 Mb.
    1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   160




    Download 2,55 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua

    Download 2,55 Mb.
    Pdf ko'rish