4-laboratoriya ishi. Mavzu: 10 qismdan iborat bo‘lgan yorug‘lik diodli shkala. Potensiometrni harakatlantirish orqali yonayotgan yorug‘lik diodlarining sonini o‘zgartirish Ishdan maqsad: Bu mashg‘ulotda Arduino ning analog kirishlarini ishlashini
ko‘rib chiqiladi, analog datchik sifatida o‘zgaruvchi qarshilikni va yorug‘lik diodida
238
hosil qilingan shkala yordamida analog datchikning ko‘rsatgichlarini namoyish
etiladi.
Kerakli elementlar :
Quyida keltirilgan kerakl komponentlar va elementlar virtual platformada
mavjud va ulardan foydalaniladi.
➢
Tinkercad.com
➢
Arduino UNO kontrolleri;
➢
sxema yig‘ish uchun plata;
➢
o‘zgaruvchi qarshilik 2kOm;
➢
10 segmentli yorug‘lik diodli shkala;
➢
qarshilik 220 Om - 10 dona;
➢
aloqa simlari.
Laboratoriya ishlarini bajarish uchun qisqacha nazariy ma’lumot: Oldingi mashg‘ulotlarda biz Arduino ning raqamli chiqishlarini ishini ko‘rib
o‘tgan edik, ular faqat ikkita bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatga ega: yoqiq yoki
o‘chiq, HIGH yoki LOW, 1 yoki 0. Ammo atrofimizni o‘rab turgan dunyo haqida
axborot olish uchun analog (uzluksiz) axborotlar bilan ishlashga to‘g‘ri keladi, u
turdagi axborotlar berilgan oraliqda cheksiz bo‘lishi mumkin bo‘lgan sonlar
qiymatiga ega bo‘ladi. Analog axborotlarni olish uchun Arduino da analog kirishlari
mavjud, ular analog axborotni raqamli axborotga o‘zgartirish uchun 10-razryadli
analog-raqam o‘zgartirirish qurilmalari (ARO‘) bilan jihozlanganlar. 10-razryadli
ARO‘ bildiradiki, ARO‘ qurilma analog signalni 2
10
turli qiymatlarga bo‘ladi.
Demak, Arduino signalni 2
10
= 1024 ta turli qiymatga bo‘ladi, 0 dan 1023 gachan.
Tayanch kuchlanish maksimal kuchlanishni aniqlab beradi, uning qiymati ARO‘ ni
1023 mos keladi. Tayanch kuchlanishni o‘zgartirish mumkin bo‘lishiga qaramay biz
5 V li tayanch kuchlanishni ishlatamiz [2].
O‘zgaruvchan qarshilikni analog datchigi sifatida qanday ishlatishni ko‘rib
chiqamiz. 4.1-chizma o‘zgaruvchan qarshilikni Arduino ga qanday qilib to‘g‘ri
ulanish kerakligini ko‘rsatadi. Chetdagi oyoqchalardan birini yerga ulanadi, boshqa
chetdagi oyoqchasini esa +5 V ga ulanadi. O‘zgaruvchan qarshilikning o‘rtadagi
239
oyoqchasini Arduino platasining AO analog kirishiga ulanadi. Analog portdan
axborotlarni o‘qish uchun Arduino da analogRead() funksiyasi mavjud.