Laboratoriya ishini bajarish tartibi




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/160
Sana13.07.2024
Hajmi2,55 Mb.
#267489
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   160
Bog'liq
O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua

Laboratoriya ishini bajarish tartibi: 
Biz yorug‘lik diodini Arduino ning raqamli D9 oyoqchasiga qarshilik bilan 
ketma-ket ulaymiz. Yorug‘lik diodlari har doim qarshilik bilan birga ketma-ket 
ulanishi kerak, qarshilik tok bo‘yicha cheklovchi sifatida ishlatiladi. Qarshilikning 
qiymati qancha katta bo‘lsa u shuncha katta tokdan chegaralaydi. Bu mashg‘ulotda 
220 Om qiymatga ega bo‘lgan qarshilik ishlatiladi. Laboratoriya ishini bajarish 
uchun asosiy 3 ta qadam keltirilgan [3]. 
1-qadam. Laboratoriya ishini bajarish uchun ulanish sxemasi tashkil qilinadi. 
Birinchi navbatda yorug’lik diodini ulashning strukturaviy sxemasi chiziladi (1.1-
chizmada keltirilgan). 
Arduino Uno
R
Л
1
2
3
4
1-Arduino Uno ni D9 oyog i
2-Qarshilikning 2 ta oyog idan biri
3-Qarshilikning 2 ta oyog idan biri
4-lampaning anod qismi
5-lampaning katod qismi
6-Arduino Uno ni gnd oyog i 
5
6
1.1-chizma. Yorug‘lik diodini ulashning strukturaviy sxemasi. 
2-qadam. Bu qadamda laboratoriya ishini amaliyotda qo’llash uchun elektron 
sxemasi chiziladi (1.2-chizmada keltirilgan). 
1.2-chizma. Yorug‘lik diodini ulashning elektron sxemasi. 
3-qadam. Laboratoriya ishining strukturaviy va elektron sxemasi yordamida 
Tinkercad.com platformasida ishni emulatsion formasi xosil qilinadi (1.3-chizma). 


230 
1.3-chizma. Yorug‘lik diodini ulashning emulatsion holati. 
Yorug‘lik diodini qarshilik bilan ketma-ket Arduino ning raqamli D9 
oyoqchasiga ulanadi. Sukut saqlash bo‘yicha Arduino ning barcha oyoqchalari 
kirish kabi o‘zgartirilgan. Biz Arduino ning oyoqchalarini chiqish kabi ishlatamiz, 
shuning uchun uni o‘zgartirish kerak bo‘ladi, buning uchun kontrollerga quyidagi 
tegishli buyuruq beriladi. 
pinMode(9,OUTPUT) 
Yorug‘lik diodini navbatma-navbat yonib o‘chishib turishi uchun Arduino 
ning oyoqchasiga ma’lum vaqt oralig‘i bilan HIGH signalini (mantiqiy 1) va LOW 
(mantiqiy 0) signalini berib turish kerak. Signalni o‘zgarish vaqti Arduino ning D9 
oyoqchasi orqali delay() buyurug‘i yordamida o‘rnatiladi, u buyruq sketchni 
berilgan vaqt oralig‘ida ushlanish vaqtini millisekundlarda (ms) amalga oshiradi. 
1-listingda (tuzilgan dasturni bosmadan chiqarilgan qog‘oz varog‘i) 
mashg‘ulot sketchi keltirilgan. 

Download 2,55 Mb.
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   160




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish