133
9.4-chizma. Aralash arxitekturali operatsion tizim tarkibi
U shuningdek protsedura to‘plamini ham va ancha yuqori qatlam
konstruksiyasini joriy etish uchun bajaruvchi tizimning qolgan qismlari ishlatadigan
asos ob’ektlarni havola qiladi. Yadrodan pastda dinamik ulanadigan kutubxona
joylashadi (dynamic-link library, DLL). HAL - kod qatlami, yadroni va
apparaturani platformaga tobe xususiyatidan NT ning bajarish tizimini boshqa
qismlarini izolyatsiyalovchi. HAL bevosita qurilma bilan ishlaydi.
Aralash yadroli operatsion tizim arxitekturasi o‘zida monolit va mikroyadroli
arxitekturalar
xususiyatlarini mujassamlashtirgan. Qandaydir ko‘rinishda
modifikatsiyalashtirilgan mikroyadroning bu oraliq yechimi, u yadro xududida
operatsion tizim modulini ishga tushirish ishini tezlatish uchun imkon yaratadi.
Bundek aralash yadroli operatsion tizimlar, sozlangan monolit yadro kodini yaxshi
saqlagan holda, mikroyadroli arxitekturaning yaqqol ko‘rinib turgan afsalliklarini
ishlatishga urinish natijasida tug‘ildi.