9.3.”Mijoz-server” arxitekturasi (mikroyadro) Operatsion tizimlarini takiblashtirish uchun yondoshuv – bu “mijoz-server”
modeli.
Uning g‘oyasi operatsion tizimni bir necha jarayonlarga ajratishdan iborat,
ulardan har biri servisning bir to‘plamini joriy etuvchi: masalan, hotirani taqsimlash,
jarayonlarni yaratish yoki jarayonlarni rejalashtirish (9.3-chizma).
Амалий дастур
Амалий дастур
Хотира ва киритиш/чиқариш қурилмаларини бошқариш
Тизимли сервислар
Файллий тизим
Жараёнларни режалаштириш
Қурилмалар
Фойдаланувчи иш
тартиби
Ядро иш тартиби
131
9.3-chizma. Mikroyadro asosidagi operatsion tizimning tarkibi
Har bir server foydalanuvchi ish tartibida amalga oshiriladi, hizmat ko‘rsatish
uchun unga qaysidir mijoz murojat qilmadimi deb siklda tekshiradi. Mijoz, u yoki
operatsion tizimning boshqa komponenti bo‘lishi mumkin, yoki serverga ma’lumot
jo‘natib servisni bajarilishini so‘ragan amaliy dastur bo‘lishi mumkin. Operatsion
tizim yadrosi (yoki mikroyadrosi) serverga ma’lumotni yetkazadi; u so‘ralgan
harakatlarni bajaradi, shundan so‘ng yadro mijozga natijalarni boshqa ma’lumotda
qaytaradi.
Mijoz-serverli yondoshuvni ishlatilganda operatsion tizim alohida
komponentlardan tashkil topgan bo‘lib, uncha katta bo‘lmagan o‘lchamga ega
bo‘ladi. Barcha serverlar alohida jarayon kabi foydalanuvchi ish tartibida
bajarilganligi tufayli, ulardan birining avariyasi (va bo‘lishi mumkin qayta ishga
tushirish) operatsion tizimining qolgan qismlarini ishiga ta’sir qilmaydi. Undan
tashqari, turli serverlar ko‘p protsessorli kompyuterning turli protsessorlarida
bajarilishi mumkin yoki hatto turli kompyuterlarda, bu esa operatsion tizimni
tarqatilgan hisoblash muhitlarga ishlatsa bo‘ladigan qiladi.
Фойдаланувчи иш
тартиби
Ядро иш
тартиби
Жараёнлар
сервери
Файллар
сервери
Дисплей
сервери
Мижоз
иловаси
Хотира
сервери
Тармоқ
сервери
Микроядро
Қурилмалар
132
Turli mikroyadrolar va mikroyadroli operatsion tizimlar bozorda keng tavsiya
qilinadi. Bu toifaga, masalan, QNX, INTEGRITY RTOS, Genode, L4 yadro va
uning versiyalari tegishlidir.