• Tashqi qurilma so‘rovlariga ishlov berish
  • Muhim holatlarga ishlov berish
  • O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua




    Download 2,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet83/160
    Sana13.07.2024
    Hajmi2,55 Mb.
    #267489
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   160
    Bog'liq
    O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua

    Axborotlarni taqsimlash
    . Real vaqtda ishlovchi amaliy dasturlarda vaqt 
    bo‘yicha eng uzog‘i axborotlarni yeg‘ish hisoblanadi. Axborotlar ko‘pincha boshqa 
    dasturlarni ishlashi uchun zarur yoki tizimga qandaydir o‘zining vazifalarini 
    bajarish uchun kerak. Ko‘pchilik tizimlarda hotirani umumiy taqsimlanishiga ega 
    bo‘lishi inobatga olingan. Axborotlarga navbatni tashkillashtirish keng tarqalgan. 
    Navbatlarni ko‘p turi qo‘llaniladi, ularning har birini o‘z avzaliklari mavjut.
    Tashqi qurilma so‘rovlariga ishlov berish
    . Real vaqtda har bir amaliy
    dastur ma’lum turdagi tashqi qurilma bilan bog‘langan. Yadro kiritish-chiqarish 
    hizmati bilan ta’minlashi kerak, ya’ni amaliy dasturlarga bu qurilmalardan o‘qishni
    va ularga yozishni amalga oshirish orqali. Real vaqt ilovalari uchun ushbu 
    ilovalarga o‘ziga xos tashqi qurilma bo‘lishi odatiydir. Yadro qurilma drayverlari 
    bilan ishlashni yengillashtiruvchi servisni havola qilishi kerak. Masalan, yuqori 
    darajadagi tillarda yozish imkoniyatini berishi – Si yoki Paskal kabi. 
    Muhim holatlarga ishlov berish
    . Muhim holat – bu dasturni bajarilishida 
    yuzaga keluvchi voqeadir. U sinxron bo‘lishi mumkin, agarda uni sodir bo‘lishini 
    bashoratlash mumkin bo‘lsa, masalan, nolga bo‘lish kabi. Asinxron ham bo‘lishi 
    mumkin, agarda bashoratsiz (o‘z holicha, to‘satdan, kutilmagan holda) hosil bo‘lsa, 


    143 
    masalan, kuchlanish qiymatini tushib ketishi kabi. Bundek turdagi voqeaga ishlov 
    berishga imkoniyatni havola qilish real vaqt amaliy dasturlariga tez va bashorat qila 
    olinadigan darajada ichki va tashqi voqealarga javob berishga imkon yaratadi. 
    Muhim holatga ishlov berishning ikki usuli mavjut - holat qiymatini hatolik 
    shartlarni aniqlash uchun ishlatish va muhim holatlarni ishlov beruvchini odatiy 
    uzilishlarni uzish va ularni tuzatish uchun ishlatish.

    Download 2,55 Mb.
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   160




    Download 2,55 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua

    Download 2,55 Mb.
    Pdf ko'rish