O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/160
Sana13.07.2024
Hajmi2,55 Mb.
#267489
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   160
Bog'liq
O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua

 
 
10.2. Real vaqt operatsion tizimlarini ishlatilish muhiti 
Real vaqt tizimlarini ishlatilish muhitiga qo‘yiladigan talablar quyidagilar: 

tizimning uncha katta bo‘lmagan hotirasi - uning o‘rnatish mumkin bo‘lishi 
uchun; 

tizim hotirada to‘liq rezident bo‘lishi kerak, sababi hotira betlarini o‘zgartirish 
yoki sug‘irib olishni bartaraft etish uchun; 

tizim ko‘p masalaliy bo‘lishi kerak – tizimning barcha resurslarini maksimal 
ravishda samarali ishlatilishini ta’minlash uchun; 


140 

uzilishlarga hizmat ko‘rsatishning ustunlikka egalik yadroning mavjutligi. 
Qandaydir ustunlikka ega bo‘lgan ishga tushirishga tayyor jarayon, nisbatan 
ancha past ustunlikka ega jarayondan albatta navbatda yuqori turish xuquqiga 
ega, yuqori ustunlikka ega jarayonni o‘zgartirib bajarishga tezda qo‘yib 
yuborilishi uzilishga ustunlikni bildiradi. Yadro har qanday servis ishini
yuqori ustunlikka ega masala kelishi bilan to‘xtatadi. Bu tizimni basharotlash 
mumkiniligiga kafolat beradi; 

ustunlikka ega dispetcher – amaliy dasturni loyihalashtiruvchiga har bir 
yuklanuvchi modulga tizimga bo‘ysinmaydigan ustunlik tayinlash 
imkoniyatini beradi. 
Ustunliklarni tayinlash bajarilishga tayyor dasturlarni ishga tushirish 
navbatini aniqlash uchun ishlatiladi. Bu turdagi dispetcherlashga alternativi bo‘lib 
“karusel” turidagi dispetcherlash hizmat qiladi, unda har bir bajarilishga tayyor 
dasturga ishga tushirilishga bir hil imkoniyat beriladi. Bu usulni ishlatilganda qaysi 
dastur qachon bajarilishi bo‘yicha nazoratni amalga oshirib bo‘lmaydi. Real vaqt 
muhitida bundek holatga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Asosiga ustunlikni tayinlash 
tamoili qo‘yilgan dispetcherlash va uzilishga ustunligi mavjut yadroni borligi, 
amaliy dasturlarni loyihalashtiruvchisiga tizimni to‘liq nazorat qilish imkoniyatini 
beradi. Agarda ustunligi yuqori voqea sodir bo‘lsa, tizim ustunligi past masalaga 
ishlov berishni to‘xtatadi va yangi kelgan so‘rovga javob beradi. 
Yuqorida bayon qilingan xususiyatlarni birgalikda bo‘lishi real vaqtda 
ishlatishga eng samarali muhit yaratadi. 
Bajarish muhiti xususiyatlaridan tashqari, real vaqt operatsion tizim (RV OT) 
yadrosi havola qiladigan servisni ham ko‘rib chiqish zarur. Real vaqtda har qandek 
bajarish muhitining asosi bo‘lib yadro yoki masalalarni boshqarish dispetcheri 
hizmat qiladi. Yadro maqsadli kompternning apparat vositalarini boshqaradi: 
markaziy protsessorni, hotirani va kiritish-chiqarish qurilmalarni; barcha boshqa 
tizimlarni ishlashini va amaliy harakterga ega dasturlarni nazorat qiladi (10.1-
chizma). 


141 
Real vaqt tizimlarida dispetcher maqsadli kompyuterning apparat vositalari 
bilan amaliy dasturiy ta’minot o‘rtasidagi joyni egallaydi. Yadro (Kernel) bilan
operatsion tizimning aniq chegarasi yo‘q. Ularni odatda vazifalar to‘plamining 
imkoniyati bilan ajratadilar. Yadro foydalanuvchiga masalani rejalashtirish va 
sinxronlash, masalalar o‘rtasidagi kommunikatsiya, hotirani boshqarish kabi asos 
vazifalarni havola qiladi. Operatsion tizim bunga qo‘shimcha faylli tizim, tarmoqni 
quvvatlash, operatorli interfeys va boshqa yuqori darajali vositalarga ega. 
Dispetcher ilovalarni real vaqtda ishlashi uchun muhim bo‘lgan mahsus servisni 
ta’minlaydi. Yadro tomonidan havola qilinadigan servis amaliy dasturlarga 
tizimning masalan quyidagi resurslariga ega bo‘lishini ta’minlaydi, hotira yoki 
kiritish-chiqarish qurilmalariga. 

Download 2,55 Mb.
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   160




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua

Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish