• 10.4. Dasturiy modullar: masala, jarayonlar va oqimlar. 10.5. Real vaqt operatsion tizimlarining standartlari. Tayanch iboralar
  • -MA’RUZA  Mavzu: O‘RNATILGAN TIZIMLARNI DASTURIY TA’MINOTINING




    Download 2,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet80/160
    Sana13.07.2024
    Hajmi2,55 Mb.
    #267489
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   160
    Bog'liq
    O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua

    10-MA’RUZA 
    Mavzu: O‘RNATILGAN TIZIMLARNI DASTURIY TA’MINOTINING 
     
    XUSUSIYaTLARI 
     
    Reja: 
     
    10.1. Asosiy qoidalar 
    10.2. Real vaqt operatsion tizimlarini ishlatilish muhiti. 
    10.3. Real vaqt operatsion tizimlarini loyihalash muhiti. 
    10.4. Dasturiy modullar: masala, jarayonlar va oqimlar. 
    10.5. Real vaqt operatsion tizimlarining standartlari. 
     
     
    Tayanch iboralar:
    shaxsiy kompyuter, superkompyuter,
     
    UNIX operatsion 
    tizimi, dispetcher,
     
    masala, jarayon, oqim,
     
    resurslar, sinxronizatsiya, masalalarni 
    boshqarish.
     
     
    10.1. Asosiy qoidalar 
    Hozirgi vaqtda o‘rnatilgan tizimlarning apparat qismi asosan tayyor 
    komponentlardan yig‘iladi, ya’ni sanoatda ko‘p ishlab chiqarilgan elektron 
    komponentlardan hosil qilinadi. Boshqarishning o‘rnatilgan tizimlarini 
    loyihalashtirish masalasi uning arxitekturasini va tashkil etuvchi elementlarini 
    tanlashdan iborat. Tanlangan arxitektura o‘rnatilgan tizimning quyidagi asosiy 
    talablarini qoniqtirishi kerak: boshqariladigan ob’ekt bilan texnologik jixatdan 
    moslik, ishlashining ishonchlilik, energiya’ni kam istemol qili. 
    Loyihalashtirish jarayonida asosiy mexnatni ko‘p talab etadigan qismi, bu 
    o‘rnatilgan tizimning dasturiy ta’minotini yaratish bosqichidir, bunda funksional 
    to‘liqlik va real vaqt ish tartiblariga bo‘lgan talablar bajariladi. Ishning bu qismida 


    138 
    boshqarishning hisoblash algoritmlarini, bajarish muhitining operatsion tizimini va 
    ilovalarni yaratishning tilli vositalarini yaratilishi talab etiladi. Demak, o‘rnatilgan 
    tizimning dasturiy ta’minoti ishlashining umumiy samarasiga va o‘rnatilgan 
    apparaturaga hizmat ko‘rsatishda asosiy o‘rinni egallaydi. 
    O‘rnatilgan tizimlarning dasturiy ta’minotini xususiyatlariga yuqorida aytib 
    o‘tilganidek quyidagilarni kiritiladi: real vaqt; ishonchlilik; havsizlik; apparaturani 
    kam resursligi (hotira, tezlik, elektr manbai); platformani og‘ir holatlarda 
    ishlatilishi. 
    O‘rnatilgan tizimlarning dasturiy ta’minoti quyidagi usullarda qurilishi 
    mumkin: 

    aynan shu masala uchun (mahsuslashtirilgan DT); 

    real vaqt operatsion tizimi asosida (RV OT); 

    umumiy vazifalarga mo‘ljallangan operatsion tizim asosida; 

    dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerning virtual mashinasi asosida. 
    Har qanday operatsion tizim dasturiy ta’minotning to‘liq hayotiy siklini 
    ta’minlashga majbur: dastur ma’tinini yaratish, uning kompilyatsiyasi, 
    komponovkasi, sozlash, amalga oshirish, kuzatishni. Real vaqtning masalasi 
    hisoblash-boshqarish tizimlariga o‘zining talablarini qo‘yadi, shu bilan bir qatorda 
    real vaqtni ta’minlashning dasturiy ta’minoti joriy etilgan operatsion tizimiga ham. 
    Bu talablar tegishli standartlarda bayon qilingan va ular keyingi paragrflarda 
    ko‘riladi. Standart operatsion tizim real vaqt operatsion tizimligini aniqlab beradi, 
    agarda u talab etilgan darajadagi servisni aniq cheklangan vaqt davomida ta’minlay 
    olsa. Ya’ni real vaqt operatsion tizimi bashorat qilina oladigan bo‘lishi kerak. 
    To‘g‘ri, lekin tizimning tashqi xodisalarga kechikkan etibori atom elektr 
    siansiyasining havsizlik tizimida, xavo transportini boshqarish tizimida halokatli 
    bo‘lishi mumkin. Bunda nafaqat tizimning absolyut etibor vaqti muhim, yana u aniq 
    oldinroq bo‘lishi ham muhimdir. Prokat stanini boshqarish tizimida tizimning etibor 
    vaqti bir necha milli sekund oralig‘ida bo‘lishi kerak, atrof muhitni nazorat tizimida 
    esa – bir necha minut oralig‘ida bo‘lishi kerak. Shunga qaramay bu ikki misol – real 


    139 
    vaqt masalalari sohasidan. Umumiy vazifalarga mo‘ljallangan tizimlar yordamida
    real vaqt masalalarini yechish imkoniyatlari haqida savol hosil bo‘ladi. 
    Umumiy vazifalarga mo‘ljallangan tizimlarga qo‘yiladigan asosiy talab 
    quyidagidan iborat, ular barcha resurslarni barcha protsesslar o‘rtasida optimal 
    taqsimlanishini ta’minlashlari kerak. Albatta, yuqori ustunlikka ega bo‘lgan 
    masalalar bo‘lmasligi kerak, ular tizimning qaysidir resurslarini ularga qancha kerak 
    bo‘lsa, shuncha ishlatishlari kerak emas. Hisobga olish kerakki, baribir operatsion 
    tizim loyihalashtiruvchilari ustunlik mexanizmi bilan va aytilgan talab o‘rtasida 
    kelishuvga erishadilar. 
    UNIX umumiy vazifalarga mo‘ljallangan operatsion tizimi de-facto standart 
    bo‘ldi. U shaxsiy kompyuterlarda va superkompyuterlarda joriy etilgan. Ko‘p 
    halqaro dasturiy standartlar va kelishuvlar UNIX ga asoslangan, masalan, POSIX, 
    UNIX Socket. Biroq umumiy vazifalarga mo‘ljallangan tizimi kabi 
    loyihalashtirilgan UNIX operatsion tizimi masalalarni samarali ustunlik
    mexanizimiga ega emas va shuning uchun real vaqt masalalari uchun kam yaroqli. 
    Shu vaqtda ko‘p real vaqt operatsion tizimlarini UNIX-sifat kabi harkterlash 
    mumkin. Real vaqt masalalarini o‘ziga xost tizimli dasturiy muhit doirasida joriy 
    etish zarurligi oydinlashib qoldi. Yuqoridagi bobda o‘rnatilgan tizimlar
    uchun tatbiq qilinadigan turli operatsion tizimlar ko‘rilgan edi. Quyida o‘rnatilgan 
    tizimlar uchun operatsion tizimlarini yaratish va qo‘llash masalalari ko‘rib 
    chiqiladi.

    Download 2,55 Mb.
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   160




    Download 2,55 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MA’RUZA  Mavzu: O‘RNATILGAN TIZIMLARNI DASTURIY TA’MINOTINING

    Download 2,55 Mb.
    Pdf ko'rish