Bajarish oqimi
(thread) – bu ketma-ket bajariluvchi dastur kodining elementi,
shu bilan bir vaqtda
jarayon
– bu OT bajarishi kerak bo‘lgan ishning mantiqiy
havola qilinishi. Oqim bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘p zarur masala ostidan birini
aks ettiradi. Operatsion tizimda jarayonlar ham va oqimlar ham mavjut bo‘ladi va
oqimlar o‘rtasida protsessor vaqtini taqsimlaydi. Jarayonga operatsion tizim manzil
xududini va resurslar to‘plamini tayinlaydi, ular birgalikda barcha uning oqimlar
tomonidan ishlatiladi. Har bir jarayon eng kamida bitta bajarilish oqimiga ega
bo‘ladi. Jarayondan farqli oqim yaxlit dasturiy modul doirasida axborotlar va
kodning umumiy qismlaridan foydalanishi mumkin. Ko‘p masalaliy dasturga yaxshi
148
misol bo‘lib WORD ma’tin muharriri bo‘lishi mumkin, unda bir ilova doirasida
ko‘pincha bir vaqtning o‘zida ma’tinni terish va to‘g‘ri yozilishini tekshirish sodir
bo‘ladi.
Operatsion tizimda oqimlar hisoblashlarni parallellashtirish vositasi sifatida
hosil bo‘lgan. Albatta, bir ilova doirasida hisoblashlarni parallelashtirish masalasi
ananaviy usulda ham yechilgan bo‘lishi mumkin. Biroq jarayonlarni yaratish uchun
operatsion tizimning standart vositalarini ishlatish quyidagi faktni hisobga olishga
imkon bermaydi, bu jarayonlar bir masalani yechishi, demak o‘zaro ko‘p
umumiylikka egaligi – ular bir hil axborotlar bilan ishlashlari mumkin, bir hil kodli
segmentni ishlatishi mumkin, hisoblash tizimining resurslariga bir hil xuquqda egali
berilishi mumkin.
Ko‘p masalalik tizimli resurslarni ishlatilish samarasini oshirish uchun
mo‘ljallangan.
Masala xususiyatlari
.
Ustunlik
– u boshqa masalalarga nisbattan muhimligini bildiruvchi, tizimda
bajariluvchi, masalani belgilanadigan butun son. Ustunlik asosan masalalarni
rejalashtiruvchi tomonidan ishlatiladi va uni ishlatishga tayyor dasturlardan qaysi
biri boshqaruvni olishi kerakligini aniqlash uchun ishlatadi. Tizimlarni dinamik va
statik ustunlik tizimi mavjutligi bo‘yicha turlarga ajratiladi. Birinchi holda masalalar
ustunligi bajarilish jarayonida o‘zgarishi mumkin, ikkinchi holda esa masala
ustunligi loyihalashtirish bosqichida qattiq o‘rnatiladi yoki tizimni boshlong‘ich
tarkiblashtirish vaqtida beriladi.
Deskriptor
– operatsion tizimning axborot tarkibi bo‘lib, masala haqida
shundek axborotlardan iboratki, ular yadroning qanday holatda bo‘lishidan qatiy
nazar hayot siklining oxirigacha zarur. Deskriptorlar ro‘yxatga birlashtirilib, jadval
hosil qilingan. Jadvalda bor axborotga asosan operatsion tizim rejalashtirish va
sinxronizatsiyalashni amalga oshiradi. Deskriptorda protsessorning operativ
hotiradagi joylashgan timsolini holati haqidagi axborot, ustunlik qiymati va bazi
boshqa axborotlar bo‘ladi.
|