147
o‘tqazish sodir bo‘ladi, bu o‘tishlar yetarli darajada ko‘p bo‘lganligi uchun
foydalanuvchi xayolida ilovalar bir vaqtda bajarilayotgandek tuyuuladi. Operatsion
tizimning haqiqiy ko‘p masalaligi faqat ko‘p protsessorli, ko‘p yadroli tarkiblarda
yoki tarqatilgan hisoblash tizimlarda bo‘lishi mumkin.
Ko‘p masalali real vaqt operatsion tizimlari uchun “masala” atamasining
turli
talqinlari mavjut. Biz
masala
deb tizimning mantiqiy tugallangan vazifasini bajarish
uchun mo‘ljallangan operatsiyalar (mashina ko‘rsatmalari) to‘plami deb
xisoblaymiz. Masalani ikki turga ajratish qabul qilingan: jarayonlar va oqim.
Jarayon
alohida yuklanadigan dasturiy moduldir (fayl),
u odatda bajarilish
vaqtida hotirada o‘zining kod va axborot uchun bog‘liq bo‘lmagan xududiga egadir.
Jarayon
– bajarilish ish tartibidagi dastur. “Jarayon” va “dastur” tushunchalarning
farqini to‘g‘ri tushunish muhimdir.
Dastur
- bu dasturlashning qandaydir formal
tilida
algoritmni bayoni, mashina buyruqlariga kompilyatsiyalangan,
bu statik
tushuncha.
Jarayon
– bu nafaqat dastur (kod), uning ishlashiga ajratilgan tizimli
resurslar birgaligi hamdir.
Operatsion tizimda jarayonlar bilan bir qatorda boshqa mexanizm ham kerak
- hisoblashlarni parallellashtirish, u bir ilova doirasidagi hisoblashlarning alohida
shoxlari o‘rtasidagi yaqin aloqasini hisobga ola oladigan mexanizm. Bu maqsadlar
uchun zamonaviy real vaqt operatsion tizimlari ko‘p
oqimli ishlov berish
mexanizmini (multihresding) taklif etmoqda. Shu bilan birga yangi ishlash birligi
kiritilmaqda –
bajarish oqimi
.