157
joriy etilish variantini tanlash loyihalashtiruvchi uchun murakkab ilmiy-texnik
masalaga aylanishi mumkin. Loyihalashtirilishi kerak bo‘lgan predmet haqida aniq
tasavvurga ega bo‘lish, uni yaratish vosita va usullariga ega bo‘lish, tanlashni bilish
yoki unga o‘xshashini yaratish loyihalashtiruvchiga juda muhim.
Bundek tizimlar uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan arxitektura yechimlarining
keng doirasini hisobga olgan holda, o‘rnatilgan tizimlarni nazorat qilinuvchi yoki
boshqariluvchi ob’ekt bilan bevosita muloqatda bo‘luvchi va u bilan bir
konstruksiyaga birlashgan mahsuslashtirilgan (buyurtma) hisoblash tizimlaridek
qabul qilamiz. Bu tizimlar boshqariluvchi ob’ekt bilan “chuqur integrallashtirilgan”
(ob’ektga singdirilgan), shuning uchun ularning elementlari resurs bo‘yicha
amaliy
jixatdan har doim cheklangan, ko‘pincha alohida. O‘rnatilgan tizimlar o‘lchami va
murakkabligi bo‘yicha juda keng doirada o‘zgaradi.
Yuqorida etilganlarni hisobga olgan holda, loyihalashda ko‘rilayotgan
o‘rnatilgan tizimlar ikkita asosiy xususiyatlar bilan harakterlanadi:
➢
bu real vaqt tizimlari, ularda chiqish ta’sirini hosil qilish vaqti muhimdir
(transportni, texnologik jixozlarni, savdo terminallarini boshqarish);
➢
bu
hisoblash tizimi, u kompyuter yadrosini ishlov berish elementi sifatida
ishlatuvchi, ammo uning asosiy vazifasi boshqariluvchi ob’ektni samarali
ishlatishdir.
Ushbu o‘quv qo‘llanma doirasida keyinchalik o‘rnatilgan tizimni
loyihalashtirish ushbu qoida nuqtaiy nazaridan ko‘riladi.
O‘rnatilgan tizimni yaratish jarayoni yuqori
darajada murakkabligi bilan
harakterlanadi. Bu loyihalashtirishga berilgan shartlarning turliligi bilan belgilanadi,
masalalarni nostandartligi, yechimlarni texnik optimallik talablari (hisoblash
resurslarning cheklangan modeli), loyihalashtirishning minimal vaqt va moliyaviy
budjetlari, shuningdek qo‘shimcha talablar va cheklanishlarning borligi
(ishonchlilik,
real vaqtni cheklanganligi, foydalanishning og‘ir sharoiti va
boshqalar).
O‘rnatilgan tizimni yaratishning asosiy xususiyati bu kompleks
loyihalashtirish zarurligida, o‘rnatilgan tizimlarni tashkillashtirishni amaliy jixatdan
158
barcha bosqichlarini qamrab olinadi. O‘rnatilgan tizimlarni yuqori darajada
(arxitekturaviy, HLD – High Level Design) loyihalashtirishning usul va vositalarini
rivojlantirish birinchi
navbatli ahamiyat kasb etadi, unda loyihalashtirishning
maqsadi kabi markaziy o‘rinni hisoblash jarayonning barcha fazalarini
tashkillashtirishga yaxlit qarashni hosil qilish egallaydi.