152
ARINC-658 standarti
(Avionics Application Software Standarface) ARINC
kompaniyasi tomonidan 1997 yili loyihalashtirilgan.
Bu standart aviatsiya
kompyuterining operatsion tizimi va amaliy dasturiy ta’minot o‘rtasidagi universal
dasturiy interfeys ekanligini aniqlab bergan APEX (Application/Executive). Amaliy
dasturiy ta’minoi va operatsion tizim servislari o‘rtasidagi interfeysiga bo‘lgan
talablar shundek aniqlanadiki, amaliy dasturiy ta’minotga dispetcherlashtirishni
nazorat qilish, aloqa va ichki ishlov beruvchi elementlar holatini hal qilishi kerak
bo‘ladi.
OSEK standarti
OSEK /VDX standarti – standartlar kombinatsiyasi, ular azaltdan alohida ikki
avtomobil konsorsiumlarida
loyihalashtirilgan, keyinchalik ular qo‘shilib ketgan.
Dastlab OSEK /VDX loyiha operatsion tizimning ochiq arxitekturasi uchun standart
va avtomobil sanoatida ishlatiladigan tizimlar uchun API standartini yaratishga
mo‘ljallangan. Biroq loyihalashtirilgan standart ancha abstrakt bo‘lib
chiqdi va
ishlatilishi faqat avtomobil sanoati bilan cheklanib qolmada.
Standartni qabul qilgan konsorsiumning oxirgi tarkibiga yetakchi
Germaniyalik avtomobil ishlab chiqaruvchilari ham kirdi – BMW, Bosch, Daimler
Benz (xozir Daimler Chrysler), Opel,
Siemens va Volkswagen, shuningdek
Karlerue (Germaniya) universiteti.
Rossiya standartlari (GOST).
Real vaqt operatsion tizimning dasturiy ta’minotini aniqlab beruvchi talablar
orasida Rossiyaning quyidagi hujjatlarini sanab o‘tamiz:
GOST R ISO/MEK 51904-2002 “O‘rnatilgan tizimlarning dasturiy ta’minoti.
Loyihalashtirish va hujjatlashtirishga umumiy talablar”; GOST
R
ISO/MEK
12207-99 “Axborot texnologiyasi. Dasturiy vositalarning hayot sikl jarayonlari”;
GOST R ISO/MEK 15408-2002 “Havsizlikni ta’minlashning
vosita va
usullari. Axborot texnologiyalar xavsizligini baholash ko‘rsatgichlari”.
Yuqorida o‘rnatilgan tizimlarni real vaqt operatsion tizimlariga asoslangan
dasturiy ta’minot masalalari ko‘rib chiqilgan edi. Bu avvalam bor,
amaliy jarayonlar
o‘rtasida resurslarni taqsimlash va bu jarayonlarni tashkillashtirish vositalari.
153
Ikkinchidan, bu foydali vazifaga ega sozlangan (ya’ni minimal xatolar sonili)
dasturiy kod. Uchinchidan, RV OT odatda oldindan ma’lum bo‘lgan
arxitekturaning minus va plyuslari. To‘rtinchidan, bu vosita yetarli darajada ko‘p
apparat vositalar bilan aloqani tashkillashtirish uchun vosita (turli
kontrollerlar,
tashqi qurilmalar). Turli protsessorlar va kontrollerlarning ko‘plab almashuv
protokollarini
mustaqil dasturiy quvvatlash, o‘rnatilgan tizimlarni yaratuvchi
kompaniyalar uchun bazida qiyin joriy etiladigan masala ekan.
Biroq, ko‘p hollarda, ayniqsa qurilmalarni mahalliy boshqarish tizimlarida va
oddiy bajarish mexanizm to‘plamida dasturlanuvchi
mantiqiy kontrollerlarni
(DMK) tatbiq qilish zarurdir, u holda foydalanuvchi o‘zining
hisoblash va
boshqarish algoritmlari bo‘yicha dasturiy quvvatlashni o‘zi joriy etadi. Bu masala
quyida ko‘rib chiqiladi.