154
mumkin. Bundek variant katta hisoblash quvvatni va ko‘p sonli kiritish-
chiqarishlarni bir joyga jamlash kerak bo‘lganda afsallikka ega.
Ikkinchi variantda DMK o‘zining kiritish /chiqarishlari umuman yo‘q yoki
ularning soni cheklangan. Kiritish yoki chiqarishlarning qo‘shimcha soni, kiritish-
chiqarish modulini mahsus sanoat tarmog‘i orqali ulash hisobiga ta’minlanadi.
Oxirgi variant tarqatilgan boshqarish tizim o‘lchamini
yetarli darajada
moslashuvchan o‘zgartirishga imkon berishi bilan qiziqarli.
Ko‘pincha DMK texnologik jarayonlarni avtomatizatsiyalashtirilgan
boshqarish tizimlarida sanoat kontrollerlari sifatida ishlatiladi. DMK larni
dasturlash dasturlashning mahsus tililari IEC1131-3, IEC61131-3, IEC-61499
yordamida olib boriladi, bu dasturlash tillarida dasturchidan to‘liq tizimli dasturlash
bosqichini ajratib qo‘yish, real vaqt o‘lchamida ishlash va ishlashning juda yuqori
natijalariga erishishga
imkoniyat mavjut.
DMK ikki turli joriy etish varianti bor.
Birinchi holda, apparatlar uchun asos sifatida
odatiy sanoat kompyuteri
olinadi va real vaqt operatsion tizimi bilan jixozlanadi yoki industrial ilova (Intel
protsessor asosli kompyuterlar uchun) uchun DOS olinadi. So‘ng, bu sanoat
kompyuterida mahsus dastur ishga tushiriladi – DMQ virtual mashinasi, u DMK
uchun dasturlash tillarida ishlatiladigan bir yoki bir
necha hisoblash modellarini
amalga oshiruvchi. Natijada Soft PLC deb ataluvchi hosil bo‘ladi. DMK bundek
qurish varianti o‘zining moslanuvchanligi bilan qiziqarlidir, oxirgi foydalanuvchi
dasturiy ta’minot ko‘rsatgichlarini keng oraliqda o‘zgartirishi mumkin. Bundek
yechimning kamchiligi tizim komponentlarining narxini yuqoriligidir.
Sanoat
kompyuterini, operatsion tizimni va DMK virtual mashinasini sotib olish kerak
bo‘ladi.
Ikkinchi holda apparat asos sifatida sanoat kompyuteri ishlatilmaydi,
mahsuslashtirilgan kontroller ishlatiladi. Barcha kerakli dasturiy ta’minot ishlab
chiqaruvchi tomonidan zavod sharoitida doimiy hotira qurilmasiga (DXQ)
yozib
qo‘yilgan bo‘ladi. Foydalanuvchiga odatda faqat tarmoq tarkibi bilan ishlash va
amaliy dasturni loyihalashtirish qoladi. Odatiy DMK ni foydalanuvchini
155
o‘zgartirishi uchun yopiq Soft PLC kabi joriy etish mumkin yoki DMK dasturlash
tillarida
ishlatiladigan
hisoblash
modellarini
apparatli
quvatlovchi
mahsuslashtirilgan hisoblash mashinasi kabi joriy etish mumkin. Mahsuslashtirilgan
DMQ
asosidagi tizimning avzalligi, bu uning narxini arzonligi, ishlatilishining
oddiyligi va yuqori ishnchliligidadir. Kamchiliklariga esa mahsuslashtirilgan
kontrollerning apparat qismini kam kengaytirlishi
va oxirgi foydalanuvchi
tomonidan tizimli dasturiy ta’minotini o‘zgartirib bo‘lmasligi kiradi.