159
qurilishi mumkin, ular dasturlash (C , Java, Prolog, Haskell, IEC 61131-3) va
loyihalash tili asosini tashkil etadi (Verilog, SystemC, AHDL, UML).
O‘rnatilgan tizim loyihalashtiruvchisi asos sifatida turli hisoblash
platformasini
ishlatishi mumkin, ular loyihalashtirish uchun turli sarf-harajatni talab
etadi, chunki ular turli darajada apparat-dasturiy ta’minlanishga ega, ulardan
birining asosida tugatilgan tizimni qurish kerak bo‘ladi. Yaratilayotgan tizimlar
reaktivligi bo‘yicha (real vaqtni voqeaga etibori), ishlash ishonchliligi va bashorat
qilinishi bo‘yicha, loyihalashtiruvchining talab etiladigan malakasi, ishning narxi
bo‘yicha jiddiy farq qiladi. Bu platformlarning hisoblashlarni tashkillashtirish
darajasini tahlillash ko‘rsatadiki, amaliyotda barcha darajalarda ishlar
bajariladi va
ayniqcha turli darajalar birgaligida.
Quyida asosiy bundek toifadagi loyiha ishlari sanab o‘tilgan:
➢
amaliy dasturiy ta’minotni tanlash yoki loyihalashtirish;
➢
tizimli dasturiy ta’minotni tanlash yoki loyihalashtirish;
➢
tayyor to‘plamdan ob’ekt bilan tashqi aloqa qurilma modullarini tarkibini
aniqlash;
➢
ob’ekt bilan aloqa qurilmasini loyihalash;
➢
tayyor komponent asosida o‘rnatilgan tizimning markaziy hisoblash
resurslarini loyihalash;
➢
komponent asosini loyihalash.
Loyiha platformasi, arxitektura darajasidagi yechim bo‘lib o‘rnatilgan
tizimlarni yaratishning ananaviy texnologiyasidek loyihalashtirishni
va yaratishni
amaliy jixatdan butun yo‘nalishini va qadamlarini aniqlab beradi. Shuning uchun
aynan u o‘rnatilgan tizimlarni yaratish texnologiyasini klassifikatsiya belgilari
sifatida namayon bo‘lishi mumkin. Platforma va hisoblash masalasini yechish
texnologiyasini, o‘rnatilgan tizimni loyihalashtirishning asosiy andozasi sifatida
qarash kerak bo‘ladi.
Bugungi kunda keng ko‘lamda ishlatiladigan platformalarga quyidagilar
kiradi:
➢
sanoat shaxsiy kompyuteri (SShK);
160
➢
dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlar (DMK, PLC);
➢
mobil va internet-qurilmalar (smartfonlar va planshetlar);
➢
kontrollerli va
sensorli tarmoqlar;
➢
mikrokontrollerlar;
➢
signal protsessorlari (DSP);
➢
dasturlanuvchi mantiq (dasturlanuvchi mantiqiy integral sxema, PLD FPGA);
➢
buyurtmali juda katta integral sxema (JKIS) (ASIS, ASIP, SoC, Network on
Chip).
Siniflanishning asosiga o‘rnatilgan tizimlarning servislari va resurslarini
pastki bosqichi qo‘yilgan, u loyihadagi hisoblash elnmentini asisiy turini
mustaxkamlaydi. Sanoat ShK va DMK platformalari nisbattan oson va tez amaliy
tizimni yaratish imkonini beradi, biroq bu samaradorlik faqat tipik texnik topshiriq
doirasida namoyon bo‘ladi.
Mikrokontroller
va
signal
protsessorlarni
loyiha
platformalari
loyihalashtiruvchiga keng imkoniyatlar yaratadi. Ular o‘zining xususiyatlariga ega,
birinchi navbatda tizimli dasturiy ta’minotni tashkillashtirishda
va arxitekturani
ochiqlik darajasida. Platforma sifatida dasturiy va apparatli moslashuvchanlikka ega
bo‘lgan dasturlanuvchi mantiqiy integral sxema (DMIS) muvaffaqiyatli
ishlatilmoqda. Mahsus komponent asosini yaratishni maqsad qilib olgan mahsus
loyihalar bor, birinchi navbatda SoC, ASIP, ASIC.
Mobil va internet-qurilmalar platformasi alohida o‘rinni egallaydi, u
o‘rnatilgan tizimlarning mobil terminallari sifatida faol ishlatila boshlandi, shu bilan
bir qatorda tarkibida SCADA bilan va tarmoq
kontroller platformalarida, ular
taqsimlangan tashkillashtirishli o‘rnatilgan tizimlarda tizimni hosil qiluvchi yechim
sifatida namoyon bo‘ladi.