Ilmiy-tadqiqot ishlar bosqichi (ITI)




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/160
Sana13.07.2024
Hajmi2,55 Mb.
#267489
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   160
Bog'liq
O’rnatilgan tizimlar O’quv uslubiy majmua

Ilmiy-tadqiqot ishlar bosqichi (ITI). 
Ilmiy-tadqiqot ishlar bosqichi tizimni loyihalashtirish maqsadga muvofiqligi 
va umuman maxsulotni yaratish mumkinliginini aniqlash uchun mo‘ljallangan. 
Bosqichni tamom bo‘lishi bilan yoki tajriba-konstruqtorlik ishlarini (TKI) bajarish 
uchun texnik topshiriqqa (TT) dastlabki ma’lumotlarni to‘plash amalga oshiriladi, 
yoki bu shini bajarib bo‘lmasligini yoki maqsadga muvofiq emasligini asoslab 
beriladi. Baholashning asosiy ko‘rsatgichlari quydagilardan iborat: kutiladigan 
foyda miqdori, ishlab chiqarishdagi tavakkalchilik (risk) darajasi, maxsulotning 
hayot davrining davomiyligi, zarur bo‘lgan ish kuchi va xom ashyo resurslariga ega 
bo‘lishlik, raqobatga bardosh bera oladigan ishlab chiqarish imkoniyati. 
Texnik topshiriq
(TT) loyihaning asosiy hujjatlaridandir. TT maxsulotni 
asosiy belgilangan vazifasini, texnik ko‘rsatgichlarini, mahsulotni loyihalashtirish 
tartibini va muddatini, sifat ko‘rsatgichlarini va texnik-iqtisod talablarini, tizimga 
qo‘yiladigan talablarni bayon qiladi. Joriy etishning butun davrida TT turli 
baxslarni hal qilishda va loyiha ishlarini keyingi bosqichiga o‘tishida “yo‘l harita” 
vazifasini bajaradi. Ilmiy-tadqiqot ishlar bosqichiga ham TT yaratiladi. 
Ilmiy-tadqiqot ishlar bosqichida bajariladigan ishlar: 
1.Ilmiy – texnik axborotni yeg‘ish va o‘rganish, qo‘yilgan masalani mumkin 
bo‘lgan yechish yo‘nalishini shakillantirish va ularni qiyosiy baholash. 
2.Masalani yechim yo‘lini asoslangan holda tanlash, nazariy tadqiqotlarni
olib borish, ob’ektni boshqarish algoritm va modellarini qurish. 
3.Tizim arxitekturasini yaratish, tajriba nusxalarini va sinov vositalarini 
tayyorlash, tajriba tadqiqotlarini o‘tqazish, natijalarga ishlov berish. 
4.Arxitekturaga tuzatishlar kiritish, texnik-iqtisodiy tadqiqotlar o‘tqazish, 
yangi 
maxsulotning 
kutilayotgan 
ko‘rsatgichlarini 
aniqlash, 
iqtisodiy
samaradorligini baholash. 


163 
5.Tajriba-konstruqtorlik ishlari (TKI) doirasida keyingi tadqiqotlar bo‘yicha 
tavsiyalar ishlab chiqish. Katta TKI loyihalarga alohida TT yoziladi. 
Ilmiy-tadqiqot ishlar bosqichi tadqiqotlarni yaxshi natija bilan tugatilgach 
tajriba-konstruqtorlik ishlari (TKI) olib boriladi. TKI ning asosiy masalasi – 
maxsulotni seriyali ishlab chiqarish uchun konstruktorlik hujjatlar to‘plamini 
yaratish. 

Download 2,55 Mb.
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   160




Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish